12.2. Fayllar ustida amallar bajarish
Faylar ustida qandaydir amallarni bajarish uchun avval bu fayllarni ochish lozim. Fayl ochilganidan soʻng, unda saqlanayotgan ma’lumotlar doirasida quyidagi amallarni bajarish mumkin:
a) faylni yangidan tashkil qilish;
b) yangi ma’lumotlarni yozish (davomiga qoʻshish);
s) fayldagi ma’lumotlarni oʻqish.
Python tili yozilgan dasturlarda fayllar bilan ishlash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1. fayl manzilini koʻrsatgan holda ma’lum bir maqsad bilan (oʻqish yoki yozish) maxsus funktsiya yordamida ochiladi;
2. fayldagi ma’lumotlarni faylli oʻzgaruvchi yordamida qayta jarayonini tashkil qilinadi;
3. fayl yopiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |