3. Fayl v papkalarni oʻchirish
Fayl va papkalar bilan ishlaganda, ularni oʻchirishga ehtiyoj paydo boʻlishi mumkin. Fayllarni oʻchirish uchun os modulida remove(), papkalarni oʻchirish uchun esa rmdir() funktsiyalari xizmat qiladi. Bu funktsiyalarning umumiy koʻrinishi quyidagicha:
os.remove('faylning manzili va nomi')
os.rmdir('oʻchiriladigan papkaning nomi')
Bu amallarni pathlib moduli yordamida ham hal qilish mumkin. Bu modulda fayllarni oʻchirish uchun - unlink(), papkalarni oʻchirish uchun esa— rmdir() funktsiyalari javob beradi.Bu funktsiyaarning har ikkisi ham Path ob`ektining nusxalari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |