Faylli oʻzgaruvchi—bu faylli tipdagi oʻzgaruvchi boʻlib, faylning nomi va manzilini bir qiymatli koʻrsatish uchun hizmat qiladi.
Fayllarni ochish
Matnli fayllarni ochish uchun Python tilida ichki open() metodidan foydalaniladi. Bu metod yordamida komp’yuter xotira qurilmalaridan birida saqlanayotgan ihtiyoriy faylni ochish mumkin. Amalda, bu buyruq asosida Python ob`ekt yaratadi. Buyruqning umumiy koʻrinishi quyidagicha:
f = open(file_name, access_mode)
bu yerda f-faylli oʻzgaruvchi, file_name – ochilayotgan faylning nomi, access_mode = faylni ochish rejimi (maqsadi). Bunday e`londan soʻng, f-faylli oʻzgaruvchi koʻrsatilgan manzildagi file_name faylini anglata boshlaydi va f-fayli bilan bogʻliq barcha amallar ana shu fayl ustida bajariladi.
Faylni ochish rejimlari quyidagilardan biri boʻlishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |