Mahsus konstantalar. Math moduli matematik amallarni bajarishda foydalaniladigan bir qator oʻzgarmas sonlarni oʻz ichiga oladi. Bular π (“pi” soni), e (natural logarifm asosi), nan (“son emas”) hamda Infinity (cheksizlik-∞) . Bu sonlar dasturda mos ravishda math.pi, math.e, math.nan, math.inf shaklida koʻrsatiladi.
Koʻchuvchi vergulli sonlar ustida bajariladigan amallar ikki hil mahsus sonlar yuyzaga keltirishi mumkin. Ularning biri inf (cheksizlik) - sonlarni saqlash uchun ajratilgan xotira yacheykalarining toʻlib ketishi natijasida yuzaga keladi. Ikkinchisi nan - sonni cheksizlikka boʻlish amalining natijasi hisoblanadi. CHeksiz sonlar ustida amallar bajarish aniqlanmagan.
a=10.0 ** 200
print(a)
a1= a*a
print('a1 =', a1)
b=a1/a1
print('a1/a1 =', b)
print('1/a1 =', 1/a1)
Eslatma: 1. nan soni boshqa biror songa, hattoki oʻziga ham teng boʻlmaydi. SHuning uchun, nan sonini tekshirishda isnan() funksiyasidan foydalanish mumkin.
2. Biror qiymatni oddiy son, inf yoki nan lardan biri ekanligini aniqlash uchun isfinite() fukntsiyasi xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |