Davlatning iqtisodiy roli



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/17
Sana10.09.2021
Hajmi0,5 Mb.
#170285
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
9AV2OaMLDcVBJAV y JMtp86Qac3ft83

Xulosalar: 

 

1.  Bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  sharoitida  davlatning  milliy  iqtisodiyotga 

aralashuvi uning bozor vositasida o‘zini-o‘zi tartibga solish orqali bajarish mumkin 

bo‘lmagan  yoki  samarali  ravishda  amalga  oshirib  bo‘lmaydigan  vazifalarni  o‘z 

zimmasiga  olishi;  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  ishlab  chiqarish  va  iste'molning 

xususiy  tavsifi  keltirib  chiqaruvchi  salbiy  oqibatlarni  bartaraf  etish  zarurligi; 

iste'molchilarning  manfaatlarini  himoyalash;    bozorning  tabiatidan  kelib 

chiqadigan  ayrim  holatlarni  qisman  engillashtirish,  jumladan,  aholining  kam 

ta'minlangan  qatlamining  turmush  darajasi  haqida  g‘amxo‘rlik  qilish,  bepul  (yoki 

imtiyozli)  bilim  berish,  tibbiy  xizmat  ko‘rsatish  va  shu  kabilarni  o‘z  zimmasiga 

olishi;  hozirgi  sharoitda  barqaror,  izchil  iqtisodiy  o‘sishni  rag‘batlantirish 

vazifasini ham o‘z zimmasiga olishi orqali izohlanadi. 

                                                             

1

 Инсон манфаатлари устуворлигини таъминлаш  – барча ислоҳот ва ўзгаришларимизнинг бош мақсадидир. 



Ўзбекистон  Республикаси  Президенти  Ислом  Каримовнинг  2007  йилда  мамлакатни  ижтимоий-иқтисодий 

ривожлантириш якунлари ва 2008 йилда иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштиришнинг энг муҳим устувор 

йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамаси мажлисидаги маърузаси // Халқ сўзи, 2008 йил 9 февраль. 



 

498 


2.  Iqtisodiyotni  davlat  tomonidan  tartibga  solish  deganda  davlatning  jamiyat 

a'zolari  ehtiyojlarini  qondirish  darajasini  oshirish  uchun  cheklangan  ishlab 

chiqarish  resurslaridan  yanada  samarali  foydalanishni  ta'minlovchi,  umumiy 

iqtisodiy  muvozanatga  erishishga  yo‘naltirilgan,  ijtimoiy  takror  ishlab  chiqarish 

jarayonini tashkil etish bo‘yicha faoliyati tushuniladi.  

3. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning vazifalari 

orqali  ifodalanib,  ular  asosan  bozor  tizimining  amal  qilishini  engillashtirish  va 

himoya  qilish,  iqtisodiyotni  tartibga  solishning  umumiy  tamoyillaridan  kelib 

chiqadi.  YA'ni,  bozor    tizimining  samarali  amal  qilishiga  imkon  tug‘diruvchi 

huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta'minlash; raqobatni himoya qilish; daromad va 

boylikni 

qayta 


taqsimlash; 

resurslarni 

qayta 

taqsimlash; 



iqtisodiyotni 

barqarorlashtirish,  iqtisodiy  tebranishlar  vujudga  keltiradigan  inflyasiya  va 

bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish. 

4.  Davlat  milliy  iqtisodiyotni  tartibga  solishda  bevosita  va  bilvosita  ta'sir 

qilish  usullari  hamda  tashqi  iqtisodiy  usullardan  foydalanadi.  Tartibga  solishning 

bevosita ta'sir qilish usullari foydalanilganda yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni 

yoki  uning  alohida  tomonlarini  to‘g‘ridan-to‘g‘ri,  ma'muriy  tartibga  solish  ko‘zda 

tutiladi.  Bu  usullar  qatoriga  quyidagilarni  kiritish  mumkin:  iqtisodiyotning  ayrim 

bo‘g‘inlarini  bevosita  boshqarish;  narxlar  va  ish  haqini  «muzlatib»  qo‘yish 

siyosati;  ish  bilan  bandlik  xizmati  (mehnat  birjalari)  faoliyatini  tashkil  qilish; 

iqtisodiy  sohani  tartibga  solishni  ko‘zda  tutuvchi  qonunlarni  ishlab  chiqish  va 

qabul qilish va h.k.  

5.  Iqtisodiyotni  bilvosita  tartibga  solishda  iqtisodiy  dastak  va  vositalarga 

ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va byudjet siyosatida o‘z ifodasini topadi. 

Pul-kredit  siyosatining  asosiy  vositalari  quyidagilardan  iborat  bo‘ladi:  hisob 

stavkasini  tartibga  solish;  moliya-kredit  muassasalalarining  Markaziy  bankdagi 

zaxiralari  minimal  hajmini  o‘rnatish  va  o‘zgartirish;  davlat  muassasalarining 

qimmatli  qog‘ozlar  bozoridagi  operatsiyalari  (davlat  obligatsiyalarini  chiqarish, 

ularni  sotish  va  to‘lash).  Davlat  byudjet  siyosati  uning  daromadlar  va  harajatlar 

qismini  o‘zgartirishga  qaratilib,  bu  usulning  eng  asosiy  dastagi  soliqlar 

hisoblanadi.  

 


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish