g) iqtisodiy sohani tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlarni ishlab
chiqish va qabul qilish. Bunday qonunlar qatoriga monopoliyaga qarshi
qonunchilik, tadbirkorlik to‘g‘risidagi, bank sohalari, qimmatli qog‘ozlar
bozorining faoliyatini tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlar kiradi.
SHu orqali bozor munosabatlarining rivojlanishi qonun yo‘li bilan
kafolatlanadi, turli mulk shakllarining daxlsizligi ta'minlanadi, monopoliyalarga
yo‘l berilmaydi va erkin raqobat uchun sharoit yaratiladi.
Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga
ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va byudjet siyosatida o‘z ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |