b) narxlar va ish haqini «muzlatib» qo‘yish siyosati. Bu iqtisodiyotni
tartibga solishning inflyasiyaga qarshi tadbirlari hisoblanib, inflyasiyani
yumshatishga qaratiladi. Mazkur siyosatni yuritishda narxlar va ish haqini oshirish
qonun bilan taqiqlandi yoki ma'lum doira bilan cheklanadi. Inflyasiyaga qarshi
tadbirlar ta'sirida inflyasiya darajasining pasayishi investitsiyalar hajmining
oshishini rag‘batlantiradi;
v) ish bilan bandlik xizmati (mehnat birjalari) faoliyatini tashkil qilish.
Davlat bu faoliyatni tashkil qilish bilan ishsizlikni qisqartirish choralarini ko‘radi.
Ularni zarur kasblarga qayta tayyorlaydi, ish bilan ta'minlanmaganlarga nafaqa
beradi, muhtojlarga yordam ko‘rsatadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |