shodi chiqib” turadi. Mast-alast holda hech kimdan tortinmay, ko’ngillariga kelgan
bema’ni, beparda gaplarni aytishadi, “oh, Lizaxon qaydasan!” deb baqirishadi....
Toshmurodni maqtashib, uning salomatligiga ketma-ket ichishadi. Unga yasama
muomala qilib, yolg’ondan “Boyvuchcha, Boyvuchcha!” deyishib, Toshmurodni battar
gerdaytirib yuborishadi. Yoshlar tarbiyasining buzilayotgani Lizani qiziqtirmaydi.
Bolalar Liza talab qilgan pulni topish uchun o’g’rilik qilishadi: bezori, ichkilikboz Nor,
Davlat, Tangriqullar maslahatlashib, Boyning boyligini o’g’irlashga boshchilik qilishni
Toshmurodga uqtirishadi. Bu erda gap shundaki, Behbudiy har bir bola o’z ota-onasi,
oilasiga dushman demoqchi emas, ota-ona bilan bola o’rtasiga rahna solish maqsadi ham
yo’q. Uning asosiy maqsadi, odamlarda ilmsizlik, o’qimaslik, savodsizlik orasida kelib
chiqadigan johillik va ongsizlik tufayli ro’y beradigan jinoiy ishlarga qarshi nafrat
uyg’otish, ularni bundan ogohlantirishdir. Boy, agar Ziyoli va Domla so’zlariga amal
qilib, o’z bolasini qunt bilan o’qitgan-da, Toshmurod, avvalo, yomon doiraga – Nor,
Davlat va Tangriqullarga qo’shilmas, Lizaga ham duch kelmasdi.
Toshmurod Tangriqulni kechasi o’z uyiga boshlab keladi. Davlat bilan Nor
ko’chada poyloqchilik qilishadi. Uylarning eshigini ochib, otasi yotgan xonaga kirib,
uning boyliklari, pullari solingan sandiqni ochib, hammasini olishadi. Otasi uyg’onib
qolganini ko’rgan Toshmurod to’pponchadan tepaga qarab o’q uzadiki, uy egalari qiy-
chuv bo’lib qolishadi, qo’ni-qo’shnilar ham yugurishadi... shu orada Tangriqul Boyga
pichoq urib o’ldiradi, Toshmurod bilan birga uydan qochib chiqishadi, yana Davlat, Nor
hammasi birgalashib, maishatni davom ettirishadi. Liza ham bularga qo’shilib o’tiradi.
Toshmurod ham go’yo hech narsa bo’lmaganday, yana kayf-safoda... Ulfatlar yanada
ko’proq ichishadi, endi Lizaning salomatligiga – “ura-ura” deb qadah ko’tarishadi. Ayni
shu paytda tashqaridan shov-shuv eshitilib, mirshablar bostirib kelishadi. Liza qochib
qoladi. Toshmurod, Davlat, Tangriqul va Nor qo’lga olinib, qamaladilar”. (“Padarkush”,
153-154-betlar).
Asarda Ziyoli bunday fojiadan qutilish yo’llari haqida o’z mulohazalarini shunday
bayon etadi: “Ilm va tarbiyasiz bolalarni oqibati shuldir. Agarda bularni otasi o’qitsa
edi, bu jinoyat va padarkushliklardan sodir bo’lmas va bular ichkilikni bo’yla ichmasdi,
xun begayri haqqin qilmas edi. Umri boricha Sibirga va qiyomatga jahannamga qolmas
edi”. (“Padarkush”, 153-154-betlar).
Behbudiy ta’lim-tarbiyasi buzilgan bolalar tufayli hayotda sodir bo’lishi mumkin
bo’lgan fojialar dahshatini iloji boricha kishilar qalbiga chuqurroq ta’sir ettirish niyatida
Boy boyligining talon-taroj bo’lishiga, o’ldirilishiga o’z bolasi boshchilik qilganligini
tasvirlaydi. Sodir bo’lgan jinoyatning ikki dunyodagi oqibotlarini ham izohlab o’tadi.
Hayoti Sibirda chirisa, oxirati do’zaxga mahkumligini ochiq aytadi.
Ziyolining keyingi so’zlarida Behbudiy mustamlakachilar keltirgan va
keltirayotgan salbiy ta’sirlardan qutilish uchun ham aholi saviyasini ko’tarish, o’zligini
anglashga o’rgatish lozimli-gini uqtiradi: “Bizlarni – deydi u, – xonavayron, bachagiryon
va bevatan va bandi qilg’on tarbiyasizlik va jaholatdir; bevatanlik, darbadarlik, asorat,
faqir va xorliklar hammasi ilmsizlik va betarbiyalikning mevasi va natijasidir...
Modomiki, bizlar tarbiyasiz bolalarimizni o’qitmaymiz, bu tariqa yomon hodisalar va
badbaxtliklar oramizda doimo hukmron bo’lsa kerak. Bu ishlarni yo’q bo’lmog’iga
114
Do'stlaringiz bilan baham: |