O’g’il meniki, sizga nima? O’qiganni biri siz, emoqqa noningiz yo’q, bu holingiz ila
menga nasihat qilursiz. Xayrullah mehmonxonani qulfla, uyqum keldi...”. Bu satrlarda
Boyning maktab-ma’rifat, ta’lim-tarbiya ishlariga tamoman yot bir unsur ekanligi
ifodalangan. O’zida tarbiya bo’lmagan kimsa, birovga tarbiya berolmaydi, shuning uchun
bolalar bilan birga, ularning ota-onalarini ham tarbiyalash zamonaning eng katta
muammosi sifatida kun tartibiga qo’yiladi. Bu jihatdan asardagi Domla obrazi ham
muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Domla Boydan nihoyatda ranjib, oxiri uning
huzuridan ketayotganida yoshlar tarbiyasiga oid fikrlarini shunday izhor etadi: “O’qimoq
va mullo bo’lmoq uchun pul kerak, badavlatlarimiz xoli bul, bas, bu ketish ila
navzambilloh dunyo va oxiratda rasvo bo’lurmiz, o’qimoq barcha musulmonga, erkak va
xotin bo’lsin farz edi. U qayda qoldi? Oh, voy, bizni holimizga.... Boy, men sizga amri
ma’ruf etdim va menga shariat bo’yicha lozim bo’lgan ishni bo’ynimdan soqit qildim.
Insholloh, mo’ylab chiqarib alifni tayoq demay turgan o’g’lingiz xoyo holatini ko’rarmiz
va ham o’qitmaganingiz uchun gunohkor bo’lursiz”.
61
Domlaning qanchalik haq ekanligi
asar xotimasida Toshmurod va Boy hayotining fojiali yakunida ko’rsatilgan.
Behbudiy Turkiston aholisi orasidagi kaltabin, o’jar, o’zbilarmonlarni g’aflat
uyqusidan uyg’otishga, ularni yangi zamon taqozosi bilan etuk shaxslar darajasiga
ko’tarishga butun qobiliyatini sarflaydi. Zotan u millatni halokatdan saqlab qolish,
qaramlikdan qutqarishning yagona yo’li shu deb biladi. Boy singari kattalarda ko’ringan
nuqsonlar ularning bolalariga ham yuqub borayotgani Behbudiyni va butun jadidlarni
tashvishga soladi. Bu jihatdan “Padarkush” dramasidagi Ziyoli obrazi va uning faoliyati,
ayniqsa, katta ahamiyat kasb etadi. Ziyoli Domlaga nisbatan ilg’or mulohazalarni bayon
qiladi. Ziyoli evropacha ta’lim olgan, uning tashqi qiyofasi, kiyim-kechaklari, gap-
so’zlari ham yangicha, zamonaviy ruhni ko’rsatib turadi. U Domlaning fikr-
mulohazalarini yanada kengroq ko’lamda davom ettiradi. Shariatda ta’kidlangan ilm-
ma’rifatga oid aqidalarni ham hozirgi dunyo miqyosida rivojlanib borayotgan aniq fanlar,
madaniy taraqqiyot haqidagi ma’lumotlarni ham ancha chuqur bayon qilishga intiladi. U
bildirgan mulohazalar ham Boyga ta’sir ko’rsatmaydi. Ziyoli o’z mulohazalarida
Turkistonda milliy maktablarni rivojlantirish, shunga yarasha o’qimishli fuqarolarni
ko’paytirish uchun, avvalo, bolalarni ilm-ma’rifatli qilib tarbiyalash lozimligini
tushuntiradi.
Ziyoli mulohazalarida Behbudiy va butun jadidchilik oqimining yoshlar tarbiyasiga
oid, ilm-ma’rifat, ta’lim maktab-maorif haqidagi qarashlari to’liq ifodalangan. Binobarin,
unda fuqaroni g’aflat uyqusidan uyg’onishga da’vat o’z ifodasini topgan. Uning
so’zlaridagi yoshlarni dastlab milliy maktabda xat-savodini chiqarish, ularga diniy
ilmlarni o’rgatish, o’z milliy urf-odatlarimizni singdirish, undan keyin Frantsiya,
Amerika, Istambul singari rivojlangan mamlakatlarining oliy o’quv yurtlariga yuborib
o’qitish, fan-texnika, iqtisod, huquqshunoslik singari muhim siyosiy ilmlarni egallashga
erishish masalalariga oid fikrlar hamon e’tiborni jalb etadi.
“Padarkush” asarida mustamlakachilik siyosati tufayli mahalliy aholi va ayniqsa,
yoshlar o’rtasida ichkilikbozlik, maishiy buzg’unchalik tarqala boshlagani ham
61
Маҳмудхўжа Беҳбудий. Падаркуш “Шарқ юлдузи” журнали, 1989 йил 7-сон. 113-115-бет.
113
ko’rsatiladi. Liza singari rus ayollari mahalliy millatga mansub yoshlarni ko’plab
ergashtira boshlagan, bunday buzilishlar yoshlar tarbiyasini izdan chiqarib, ularni
halokatga surgab borayotgani Behbudiy singari tarbiyachilarni tashvishga soladi. Bir
to’da yoshlar – Tangriqul, Davlat, Nor va shular bilan birga Boyning o’g’li Toshmurod
pivoxonada ichkilikbozlik qilib o’tirishadi. Qadah ko’tarib, og’izlaridan “bodi kirib –
Do'stlaringiz bilan baham: |