Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

«...asrimizda esa insonlarni milal soira (o’ziga millat —mualliflar) tarafidan doim 
bir nazar tahqir ila ko’rungan Turkiston millatini qutilaturg’on va qutiltiraturg’onlarni 
tayyorlaydigan yolg’iz muallimlar bo’lg’onidan, muallimlarning Turkistondagi jaholatni 
yiqub,  millatni  bu  razolatdan,  bu  jaholatdan  qutqarmoqlarini  tamomila  va  bu  kunda 
hukumatlarni  bir-birlari  ila  bo’lgan  mujdalari,  muharabalari  ham  bir  millatni  boshqa 
millatga dushmanligidan emas, balki jahl birla ilm g’avg’osini, yashasin ilm va ma’rifat! 
So’nggi ikki yil ichida Turkiston xalqining boshiga kelgan falokatlar har bir yolg’iz 
nodonlik  va  maorifsizlik  orqasindagina  bo’lg’onligi  har  kimga  ma’lumdir.  Kelajakda 
bunday  falokatlardan  qutulmoq  va  Turkiston  xalqi  tilagan  ravishda  idora  qilmoq  va 
dushmanlardan saqlamoq yolg’iz sanoyi’ va maorif vositasi ilagina mumkindir»
76

Ha, bu Munavvar qorining imon-e’tiqodidan, vijdonidan sizib chiqqan so’zlar edi. 
Munavvar  qori  ovro’pacha  usuldagi  bunday  xalq  dorilfununi  tashkil  etish  bilan  bir 
qatorda, mavjud madrasalarni isloh qilish va ularda asosan dunyoviy fanlar o’qitib, milliy 
ziyolilar  tayyorlash  g’oyasini  ham  ilgari  suradi.  Bu  qarashlarini  –  u  1923  yil  iyunda 
Toshkentda bo’lib o’tgan xalq maorifi mudirlari qurultoyidagi ma’ruzasida bayon etgan, 
1923  yilda  bu  yangi  usulda  30  dan  ortiq  madrasa  va  eski  maktablarda  talabalar 
o’qitilganligi ma’lum. 
Munavvar  qori  1922  yildan  Turkiston  maorif  noziri,  keyin  esa  Toshkentning  eski 
shahar  maorif  bo’limi  muboshiri  (inspektori)  bo’lib  ishladi,  o’sha  yili  23-25  martda 
bo’lib  o’tgan  II–Umumturkiston  maorif  xodimlari  qurultoyida  ishtirok  etib,  maktab 
bo’limiga  a’zolikka  saylandi.  Keyinchalik  Alisher  Navoiy  nomli  ta’lim-tarbiya  bilim 
yurtida va turli maktablarda o’zbek tili va adabiyotidan dars berdi. Do’stlari va shogirdi 
Qayum  Ramazon  va  Shorasul  Zunun  bilan  hamkorlikda  uch  bo’limdan  iborat 
«O’zbekcha  til  saboqlari»  kitobini  (1925  yil)  nashr  ettirdi.  Ustoz  Munavvar  qorining 
o’sha  ta’lim-tarbiya  bilim  yurtidagi  faoliyati  to’g’risida  hazratning  shogirdi: 
jumhuriyatda xizmat ko’rsatgan o’qituvchi, keksa yozuvchi Rahmat Azizxo’jaev shunday 
deb yozadi: 
«Men  1926-27  o’quv  yilining  ikkinchi  yarmida,  kechikib  bo’lsa-da,  o’qishga 
kirganimda Munavvar qori ona tilidan saboq berganlar. U kishi saboqxonamizda mendan 
imtihon olgani, birinchisidan yaxshi o’tganim hali-hali yodimda. Dars o’tganlarida ba’zi 
muallimlar  kabi  kitob-daftarga  qaramas,  ortiqcha  bir  og’iz  so’z  aytmas,  qunt  bilan  dars   
tinglar,   kitoblardan ko’ra saboqlaridan ko’proq bahramand bo’lar edi. Puxta bilim olish 
uchun, ko’proq insho yozdirib, ularni tekshirishdan zerikmas zdilar... 
Men ustozga «O’tgan kunlar» romanini o’qiganligim va undagi o’zim tushunmagan 
ba’zi  arab-fors  so’zlarini  yozuvchimiz  Abdulla  Qodiriyga  uchrashib,  aniqlab,  yaxshi 
maslahatlar  olib  kelganimgacha  aytar  ekanman,  u  kishi  xursand  bo’lib,  bosh  irg’ab, 
ma’qulladilar.  So’ng  jiddiy  tus  olib,  dedilar:  «Xalqimiz  o’qirmikin,  ko’zlari  ochilib 
maktab-ma’rifat  yo’liga  astoydil  bel  bog’larmikan?»  Kitob,  gazetalarni  orqalagan,  turli 
ta’qiblar  ostida  qolgan  kunlarni  esladilar.  So’ng,  chehralari  yorishib:  «Mana,  sizlar, 
                                                
76
 Сирожиддин Аҳмад   Мунаввар қори, «Шарқ юлдузи», 1992 йил, 5-сон. 


121 
 
endilikda  xalqimiz  bolalariga  ta’lim  berishda  ziyo  tarqatuvchilar  bo’lursizlar»,  dedilar. 
Ustoz  talabalar  yozgan  insholar  haqida  to’xtab,  mening  yozgan  inshoimni  namuna 
sifatida baholadilar. Quvonar edim, ammo quvonchim uzoqqa cho’zilmadi. 
Mart oyi edi shekilli talabalardan kimdir «Adabiyot parchalari», she’rlar to’plamini 
olib keldi, u saboq chog’i: «Qori aka, shu kitobdagi mana shu she’rni bir o’qiylik», deya 
iltimos  qildi.  Shunda  qori  yana  qo’llar  bilan  rad  etib,  «Yo’q  o’qimang,  u  Cho’lponning 
she’ri,  hozir  uni  mafkurasi  buzuq  deb  tanqid  etishgan...  Ammo  talaba  esa,  keling,  bir 
o’qiylik,  dedi-yu,  Cho’lponning  «Buloq  boshida»  she’rini  o’qidi.  Shunday  qilib,  hech 
kim kutmagan hodisa yuz berdi, kelasi hafta ustoz saboqxonaga zo’r hayajon bilan kirib 
kelib, qo’llaridagi gazetani baland ko’tarib, dedilar: 
— Mana, sizlarga nima degan edim?! Nima degan edim? Mana, Akmal qurultoyda 
meni  Cho’lponning  she’rlarini  talabalarga  o’qitib,  ularning  miyasini  zaharlabdi,  dedi. 
(Ushanda Samarqandda Uzkomfirqa qurultoyi kunlari edi.) 
Oradan  ko’p  kun  ham  o’tmadi.  Darsxonamizga  «Qizil  O’zbekiston»  (hozirgi 
«O’zbekiston ovozi») gazetasining muharriri Abdusalom Niyoziy kirib keldi. U qori aka 
haqida  so’ragan  bo’ldi,  talabalar  bo’lgan  gapni  aytib  berishdi.  Kelasi  sabog’imizda  esa 
biz  xalqimiznnng  fidoiy  farzandi,  ma’rifatparvar  ustozimiz  Munavvar  qori  hazratlarini 
boshqa ko’rmadik»
77

Darhaqiqat,  Munavvar  qori  ana  shu  xulosadan  so’ng1926  yili  GPU  tomonidan 
qamoqqa  olinib,  «yovuz  niyatli  jadid  va  turkparast»,  «millatchi»,  «Xalq  dushmani» 
sifatida 1931 yilda otishga hukm etildi. 
Aslida  Munavvar  qori  millatchi  ham,  islomparast  ham,  turkparast  ham  emasdi. 
«Ovro’pa va Omriqo xalqlari havoda uchar, dengiz ostida suzar, dunyoning eng narigi 
burchaklari  bilan  vositasiz  xabarlashar,  bir  holg’a,  bir  madaniyatga  etishdilar»
78

deganda xalqimizni kallavaram bo’lib qolmaslikka, umumjahon madaniyati yutuqlaridan 
bahramand  bo’lishga  undagan  edi.  U  o’z  xalqining  hur,  millat  sifatda  shakllangan, 
ijtimoiy-siyosiy  jihatdan  barkamol  bo’lishini  orzu  qilgan  va  shu  yo’lda  istiqlol  uchun 
kurashgan edi. Uni mana shuning uchun ham qurbon qilishdi. 
Munavvar  qorining  pedagogik  qarashlariga  to’xtaladigan  bo’lsak,  insonlarni  faqat 
olijanob  fazilatlarga,  yoshlarni  esa  halol  mehnat  qilishga,  ilm-ma’rifat  va  kasb-hunar 
o’rganishga,  rostgo’y  bo’lishga  chorladi.  Masalan:  «Bizda  hamiyat»  hikoyasida  bayon 
etilishicha, yo’lda suhbatlashib turgan ziyolilar oldidan ko’zi ojiz etim bola chiqib qolib, 
ulardan  sadaqa.  so’raydi.  Ulardan  biri  achchiq  til  bilan  ishlash,  o’qish  kerakligini 
uqtiradi.  Bola  ojiz  va  majolsiz  ekanini  aytadi,  shunda  boyagi  ziyolilardan  biri  o’zining 
jahldorligini fosh etib, jahl bilan: «Ovro’paliklar ko’r, quloqsiz kar va hokazo o’qimog’i 
mumkin  bo’lmagan  insonlarga  maxsus  maktablar  ochganlar  va  u  maktab-dardan  ko’r, 
karlardan  o’qib  chiqqan  insonlarniig  had  va  hisobi  yo’q,  sen  ham  shundog’  maktabda 
o’qshi», deydi. Bola ziyolining nodonligi va jaholatparastligini shunday go’zal iboralar 
bilan  fosh  qiladi!  «Siz  bu  so’zlaringizni  qaysi  erda  so’zlayursiz?  Berlindami,  yo 
Londondami, o’zingizni zan etarsiz... aqlingiz qaerda? 
«O’z  qilmishidan  mulzam  bo’lgan  ziyolining  chehrasi  burishadi.  Do’stlaridan 
arazlaydi».  Murabbiy  Munavvar  qori  asar  qahramoni  tilidan  gapirib,  haqiqiy,  ya’ni 
madaniyatli  va  aql-farosatli,  ziyoli  qanday  bo’lishi  kerakligi  haqida  shunday  deydi: 
«Ziyoli millat, Vatan nima ekanini bilur va ziyoli millat uchun jonini, molini fido etar va 
                                                
77
Р.Азизхўжae в. Устоз Мунаввар қори «Фан ва турмуш», 1991 йил, 7-сон.
 
78
Сирожиддин  Аҳмад.   Мунаввар қори,   «Шарқ юлдузи», 1992 йил, 5-сон.
 


122 
 
millatning  taraqqiysi  uchun  doimo  harakat  etar.  Vaqti  kelganda  millat  uchun  o’zini 
halokat kartasiga tashlamoqqa muhayyo bo’lur... 
Millat,  vatan,  madaniyat...  shunga  o’xshash  so’zlarni  bilmak  bilan  ziyoli 
bo’lmaydir»
79

Munavvar  qorining  «Tug’ishganlik  sevgisi»  hikoyasida  mardlik,  insof,  diyonat, 
mehr-oqibatlilik,  «Dev  pechka»  hikoyasida  esa  mehnatsevarlik,  bugungi  ishni  ertaga 
qo’ymaslik, ota kasbini o’rganish va uni e’zozlash kabi g’oyalar ilgari suriladi. «Qullikka 
qanday  tushdi?»  hikoyasida  esa  bolalarga  xushfe’l,  rostgo’y,  savodli  bo’lishga, 
yoshlikning qadriga etish to’g’risida pandu nasihatlar qilinadi. Zero, Munavvar qori o’z 
asarlarida targ’ib qilgan tarbiyashunoslikning bunday dolzarb masalalari bugungi  kunda 
ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q, albatta. 
Toshkentdagi  jadidlar  harakatining  faol  vakillaridan  biri 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish