Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

jadidchilar  haqida  hech  bir  nimarsa  aytganim  yo’q...—  boshqa  aytganlariga  munkir 
bo’lubdir. 
Biz  bu  so’zni  yozmas  edik,  ammo  butun  xalq  orasinda  shuhrat  topgani  va  jomei 
sharafda  so’ylang’ani  uchun  va  Turkistondagi  yuz  ming  otalarki,  bolalari  usuli  jadid 
maktabiga  o’qiydur,—  alarg’a  daf’i  ishtiboq  qilmoq  uchun  va  xaloyiqni(ng)  har 
                                                
64
Ш.Турдиев  Маҳмудхўжа Беҳбудий. «Фан ва турмуш» журнали, 1989, 1- сони.
 


116 
 
nimarsadan  aziz  imonig’a  chang  urulg’on  uchun  yozib  fursatingizni  favt  qilarmiz.  Va 
a’lon turib, munkir bo’lg’uvchi kishi so’zining bir pullik e’tibori yo’qdur»
65
,— deyiladi. 
Qisqasi,  Mahmudxo’ja  Behbudiy  jadidlardan  xalqning  ixlosini  qaytarishga  intilgan 
jaholatparast  ruhoniylarning  bunday  xurujlariga  zo’r  bilimdonlik  bilan  shariat  nuqtai 
nazaridan g’oyat asosli ravishda qaqshatqich zarba bera olgan edi. 
Xullas,  Mahmudxo’ja  Behbudiy  butun  ongli  faoliyati  davomida  faqat  xalq 
manfaatlarini himoya qildi, xalqni baxtiyor etish, farzandlarini esa savodxon qilish uchun 
kurashdi.  1914  yilda  yozilgan  «Yoshlarga  murojaat»  maqolasida:  “...islomiyat  shunday 
bir dini metin va qobili taraqqiydurki, naqadar ilmi zamoniy ko’p o’qulsa, insonning dini 
islomg’a  shuncha  aqidasi  mahkam  bo’lur...  hatto  lozim  bo’lganda  mulkingizni 
sotsangizda,  o’g’lingizning  zamoncha  o’qumog’a  sa’y  qilingiz
66
  deb  ta’kidlaydi. 
Adabiyotshunos  Sherali  Turdievning  yozishicha,  Behbudiy  Buxoro  amirining  dahshatli 
zindonida  o’z  qotilini  kutib  yotgan  og’ir  damlarda  hom  Turkiston  va  Buxoroda  maorif 
nurlarini  yoyish,  xalqni  jaholatdan  qutqazish,  ularga  haqiqat,  adolat,  ozodlik  yo’lini 
ko’rsatishga,  bu  yo’lda  qurbon  bo’lganlarni  unutmaslikka  undovchi  vasiyat  xatini 
zindondan  ozodlikdagi  do’stlariga  chiqarishga  muvaffaq  bo’ladi
67
.  Bu  xatda  «Ey, 
Turkiston maorif ishlarida bo’lg’on o’rtoq va o’g’lonlarim! Men, o’zim garchand bandi 
bo’lsam-da, sizlarni esimdan chiqarmayman va sizlarga birov vasiyat qilib o’taman: 
Mani  sevar  o’rtoqlarim!  Manim  so’zlarimni  quloqlaringizga  olinglar!  Biz  ikki 
oydan  beri  Buxoro  shaharlarida  bandi  bo’lib  yurib,  oxir  o’n  kundan  beri  bu  erda  bu 
zolimlarning  qo’liga  tushib  bandi  bo’ldik,  jadid-kofirlik  otini  ko’tardik.  Bu  erdan 
qutilmog’imiz gumon bo’ldi. 
O’rtoqlarim Siddiqiy, Ayniy, Fitrat, qori va Akobir Maxdum va o’g’lonlarim Vadud 
Maxdum, Abduqodir Shakuriy! 
Sizlarga  vasiyat  qilaman:  Maorif  yo’lida  ishlayturg’on  muallimlarning  boshini 
silangizlar! Maorifga yordam etingiz! O’rtadan nifoqni ko’taringiz! Turkiston bolalarini 
ilmsiz qo’ymangizlar! Har ish qilsangiz jamiyat ila qilingizlar! Hammaga ozodlik yo’lini 
ko’rsatingizlar!  Bizdek  maorif  qurbonlarini  yo’qlangizlar!  Buxoro  tuprog’iga  tezlik  ila 
yo’l  boshlangizlar!  Ozodlikni  tezlik  ila  yuzaga  chiqaringizlar!  Bizning  qonimizni  zolim 
beklardan talab qilingizlar! Maorifni Buxoro tuprog’ida joriy qilingizlar”
68
 – deyiladi. 
Shunday qilib, Mahmudxo’ja Behbudiy o’zbek xalqining milliy mustaqilligi yo’lida 
ulkan  iste’dodini,  bilimini,  butun  kuch-g’ayratini,  aziz  umrini  fido  qildi.  Uning 
hamfikrlaridan  toshkentlik  jadidlardan  MUNAVVAR      QORI      ABDURAShIDXON   
O’G’LI (1878—1931) ham «usuli savtiya»  maktabiga ixlos bilan qarab, chor hukumati 
Turkiston o’lkasidagi aholini qanday ma’naviy-madaniy uzlatda saqlayotganini va undan 
qutulish choralari faqat maktab ta’lim-tarbiyasidagi keskin islohotga bog’liqligini to’g’ri 
tushungan holda chor hukumatining mustamlakachilik boshqaruv usuliga qarshi kurashda 
faollik  ko’rsatdi:  mana  shu  maqsad  yo’lida  Toshkentda  ilg’or  fikrli  ziyolilar  va  turli 
guruhlardan  iborat  «Turon»  jadidlar  jamiyatini  tashkil  etdi.  Uzi  ta’kidlaganidek:  «Chor 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish