Barno turdixodjaevna xalmatova, maktuba xabibullaevna mirraximova


Terining yallig’lanish kasalliklari



Download 1,27 Mb.
bet155/170
Sana12.10.2022
Hajmi1,27 Mb.
#852584
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   170
Bog'liq
Халматова 2014-узб.лотин

19.3. Terining yallig’lanish kasalliklari
Piodermiya - bu terining yallig’lanish kasalligidir. Chaqaloqlarga piodermiya tashhisi qo’yilsa, ular shifoxonaga yotqizilishi va izolyasiya qilinishi zarur. Bunday chaqaloqlarni parvarishlashda steril choyshablardan foydalanish kerak.
Vezikulopustulez. Terining yiringli zararlanishi bo’lib, chaqaloqlarda va bir oylik bolalarda ko’p uchraydi. Bu kasallik seroz - yiringli pufakchalar bilan to’la ajralmalar bilan xarakterlanadi, bu pufakchalar asosan tabiiy burmalarda, ko’krak qafasida, oyoq-qo’llarda joylashadi.Pustulalar soni turli xil bo’lib, yallig’lanish vali bilan o’ralgan bo’ladi.Toshmalar soni kam bo’lsa, bolaning umumiy ahvoli o’zgarmaydi.Tana harorati normal, ba'zida, subfebril bo’ladi.
Davosi - mahalliy: 96°C spirtli tampon bilan pufakchalarni tozalash, brilliant ko’ki surish tavsiya etiladi. UBN (ultra binafsha nuri) tavsiya etish ham maqsadga muvofiqdir.
Chaqaloqlar sachratqisi- ko’pincha bola hayotining birinchi haftasida rivojlanadi, bo’yinda, qorinda, oyoq-qo’llarda yuzaki pufakchalar paydo bo’ladi (diametri 0,5-2 sm), xira suyuqlik bilan to’lgan bo’ladi.
Pufakchalar tez yoriladi, yuzasi eroziyalangan, qonashga moyilligi yuqori bo’ladi.Toshmalarpolimorf ko’rinishga ega.
Eroziyalangan sohalarning epitelizasiyasi tez bo’ladi, uning o’rnida oq pushti dog’lar qoladi.Terida ko’pgina pufakchalar paydo bo’lsa, bolaning umumiy ahvoli yomonlashadi, tana harorati 38-39°C gacha ko’tariladi. Bola holsiz, injiq tana vazniga kam qo’shiladi va ko’krakdan bosh tortadi.
Davosi. Toshmalar kam bo’lsa, mahalliy davo o’tkaziladi: steril igna yoki qaychi bilan pufakcha yoriladi, keyin steril tampon bilan pufakcha tozalanadi, eroziyaga brilliant ko’ki surtiladi. UBN tavsiya etiladi.
Og’ir holatlarda qo’zg’atuvchining antibakterial doriga sezgirligini aniqlab davo o’tkaziladi, dezintoksikasion, simptomatik va vitaminoterapiya buyuriladi.
Ritterning eksfoliativ dermatiti. Bu kasallik sachratqining og’ir shakli hisoblanadi. Kasallik bola hayotining birinchi kunida yuzaga keladi va og’iz atrofi va kindikda giperemiya paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi. Jarayon tezda oyoq-qo’llarga, ko’krak qafasiga tarqaladi. Keyinchalik epidermis ostida ekssudat to’planadi, "pufak" paydo bo’ladi, tezda yoriladi va eroziyaga aylanadi.
Oyoq-qo’llarida terisi plastinkali ko’chadi (bemor II-darajadagi kuyish ko’rinishini oladi). Oqibati yomon.
Davosi.Sepsis kasalligidagidek davo buyuriladi. Mahalliy davo steril igna yoki qaychi bilan pufakcha yoriladi va steril paxtali tampon bilan tozalanadi, keyin eroziya joyiga metil ko’ki yoki brilliant ko’ki surtiladi, gormonal malhamlar bilan steril salfetka qo’yiladi ("Sinapar", "Lokakorten").
Psevdofurunkulez (terining ko’pgina abssesslari)
Ter bezlarining kirish joyida yallig’lanish jarayoni rivojlanadi. Chaqaloqlarda va bir oylik bolalarda ter bezlarining chiqish yo’li keng bo’ladi. Ensa sohasida, ko’krak qafasining orqa qismida no’xotdan yong’oq o’lchamigacha bo’lgan tugunlar paydo bo’ladi (infiltrasiya bosqichi).
Yallig’lanisho’chog’i markazida flyuktuasiya yuzaga keladi.Absess kesilganda quyuq yashil-sariq tusli yiring ajraladi.Yallig’lanisho’chog’i bitganda o’rnida chandiq qoladi.
Bolalarda ko’pgina absesslar umumiy intoksikasiya belgilari bilan kechadi: yuqori tana harorati, holsizlik, distrofik o’zgarishlar. Kasallik uzoq to’lqinsimon kechadi.
Davosi umumiy va maqalliy terapiyanio’z ichiga oladi. Mahalliy davosi kasallik bosqichlariga bog’liq: infiltrasiya bosqichida Vishnevskiy yoki ixtiol malxami, yoki aloe bilan bog’lam qo’yiladi;
Keyin flyuktuasiya xirurgik yo’l bilan kesiladi, so’ngra natriy xloridning gipertonik eritmasi yokistafilokokkli bakteriofag bilan steril boylam qo’yiladi.
Lokal yiringli infeksiyalarda bemorning asosiy muammolari:
Hozirgi: tana haroratining 38°C gacha ko’tarilishi, teri va shilliq qavatlardagi yiringli o’choqlar paydo bo’lishi.
Potensial: ishtahasizlik, holsizlik, uyquning buzilishi, qo’zg’aluvchanlik, yig’loqilik, vaznning kam qo’shilishi, qusish, ko’krakdan bosh tortish, teri va shilliq qavatlar butunligining buzilishi, infiltrasiya, teri sog’lom sohalarining infisirlanishi, mahalliy yallig’lanish jarayonining generalizasiyalashgan infeksiyaga o’tishi.
Ustivor: teri va shilliq qavatlarda yiringli o’choqlar mavjudligi.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish