Bank hisobi va audit


Tijorat banklarini qayta moliyalash siyosati (hisob stavkasi)



Download 11,58 Mb.
bet216/383
Sana15.01.2022
Hajmi11,58 Mb.
#369643
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   383
Bog'liq
УМК ПБ 2020-2021 18.10.2021

Tijorat banklarini qayta moliyalash siyosati (hisob stavkasi). Bozor iqtisodiyotining doimiy ravishda rivojlanib va takomillashib borishi iqtisodiyotda qo’shimcha pul resurslariga bo’lgan talabni keltirib chiqaradi. Tijorat banklari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining moliyaviy resurslariga bo’lgan talabini iqtisodiyotda vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini o’ziga jalb qilish orqali qondiradi.

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ushbu talabining o’z vaqtida va past kredit foizlari asosida ta’minlanmasligi mamlakat iqtisodiyotining rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Albatta, bu jarayonni iqtisodiyotda pul taqchilligi sifatida ham izohlash mumkin. Bir jihatdan, iqtisodiyotda vujudga kelgan pul taqchilligi milliy valyutaning inflyatsiya darajasini pasayishiga olib keladi, lekin iqtisodiyotda pul taqchilligi darajasining ortib borishi ishlab chiqarish sur’atining pasayishi va ishsizlik darajasining oshishi kabi xavfli ijtimoiy – iqtisodiy tanglikni keltirib chiqaradi. Markaziy bank aynan mana shunday ijtimoiy – iqtisodiy xavfni tijorat banklarining qo’shimcha moliyaviy resurslarga bo’lgan talabini o’zining qayta moliyalash siyosati orqali bartaraf etadi. Ya’ni, Markaziy bank tijorat banklariga arzon moliyaviy resurslarini berishi orqali iqtisodiyotda pul massasi va tovar massasi o’rtasidagi muvozanatni ta’minlaydi.

Demak, Markaziy bank qayta moliyalash siyosati orqali mamlakatdagi pul resurslari bozoridagi foiz stavkasiga ta’sir etib, miliy valyutaning barqarorligini mustahkamlaydi. Chunki qayta moliyalash stavkasining pasaytirilishi iqtisodiyotda pul massasining ortishiga, aksincha uning oshirilishi esa tijorat banklarining pul resurslariga bo’lgan talabini kamayishi natijasida iqtisodiyotda pul massasining pasayishiga olib keladi.

Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi orqali faqat pul bozoriga emas, balki mamlakat fond bozoriga ham ta’sir o’tkazadi. Qayta moliyalash stavkasining ortishi pul bozoridagi depozit mablag’larning foizini va bank krediti foizining oshishiga olib keladi. Pul bozorida depozit mablag’larning va bank krediti foizining ortishi o’z navbatida fond bozorida qimmatli qog’ozlarga bo’lgan talabning pasayishiga va ularning taklifini ortishiga olib keladi. Chunki pul bozorida depozit mablag’larga to’lanadigan foizlar miqdorining ortishi pul bozori ishtirokchilarini to’g’ridan – to’g’ri moliyalashtirishga bo’lgan manfaatdorligini oshiradi.




Download 11,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish