Bank hisobi va audit” kafedrasi g’aniyeva umida abdugaffarovna mirzayeva matluba g’aybulla qizi “pul va banklar” fanidan


Monometallizm pul tizimi sharoitida



Download 7,38 Mb.
bet52/100
Sana24.10.2022
Hajmi7,38 Mb.
#855726
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   100
Bog'liq
УМК ПБ 2020-2021 18.10.2021

Monometallizm pul tizimi sharoitida – bitta qimmatbaho metall (oltin va kumush, asosan oltin) umum ekvivalent vazifasini bajardi. Shu bilan birga, pul timizining monometallizm davrida muomalaga oltin tangalarga maydalanadigan boshqa pul belgilari (xazina biletlari, banknotlar va mayda monetalar) ham kirib kela boshladi.
Xalqaro valyuta – kredit munosabatlarini amalga oshirishda XIX asrda to’liq va XX asrning boshlarigacha muomalada oltin asosiy rol o’ynadi. Oltin standartining rivojlangan davri 1880 – 1914 yillarga to’g’ri keladi.
Monometallizm o’z navbatida oltin tanga, oltin quyma va oltin deviz standartini o’z ichiga olar edi.
Oltin tanga standarti tovarlarning bahosi oltinda ifodalanadi, mamlakat bozorlarida oltin to’lov vositasini bajaradi va erkin ravishda zarb etiladi. Oltin pulning barcha funktsiyalarini bajaradi. Oltin tanga standarti sharoitida pul tizimi talab va taklif asosida tartibga solinib, muomaladan ortiqcha bo’lgan oltin tanglar “avtomatik ravishda” jamg’armaga yo’naltirildi, muomalada qo’shimcha to’lov vositasiga ehtiyoj tug’ilganda ular jamg’armadan muomalaga qaytariladi. Oltin tanga standarti sharoitida mamlakatda pul tizimini tashkil etish silliq va samarali tarzda amalga oshirildi, biroq kishilarning tovar moddiy qiymatlarga bo’lgan talabining hajmi iqtisodiyotdagi mavjud oltin zaxiralari hajmidan sezilarli darajada ortib bordi, shuningdek, oltin tanga standarti sharoitida Markaziy banklarda ma’lum darajadagi oltin zaxiralarini shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqardi.
Oltin tanga standartining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat edi:
– oltin tangalarni qat’iy o’rnatilgan qiymatlarda erkin ravishda zarb etish;
– o’zining qiymatini oltinda ifoda etadigan pullarni maydalash;
– oltinning mamlakatlar o’rtasida erkin ayirboshlanuvi;
– oltin pulning barcha funktsiyalarini bajarishi.
Birinchi jahon urushi juda katta miqdordagi moliyaviy xarajatlarni vujudga kelishiga sabab bo’ldi, buning natijasida hukumat byudjet taqchilligini qoplash maqsadida muomalaga qog’oz pullarni emissiya qildi. Bu o’z navbatida birinchi jahon urushida ishtirok etgan barcha mamlakatlarda (AQShdan tashqari) oltinni qog’oz pullarga almashtirish va xorijga olib chiqib ketish qonunan ta’qiqlab qo’yildi. Birinchi jahon urushidan keyin, birorta mamlakat oltin tanga standartiga qaytish imkoniyatini qila olmadi. 1920 yillarda qator mamlakatlarda oltin quyma standarti joriy etildi.
Oltin quyma standarti sharoitida banknotalar davlat tomonidan o’rnatilgan summada oltin quymalarga ayirboshlanadi, oltin quyma standarti sharoitida muomalada oltin tangalarning to’lov vositasi sifatida harakati va erkin zarb qilinishi amal qilmaydi.
Oltin quyma standartlari asosan oltin zaxiralariga boy bo’lgan AQSh, Angliya, Frantsiya va Yaponiyada hukm surdi. Unga ko’ra muomalaga oltin tangalarning erkin zarb qilinishi barham topib, pullarni oltinga almashtirish quyilmalarning qiymati asosida chegaralanib qo’yildi. Masalan, Buyuk Britaniyada bir oltin quyilmasi 12,4 kg.ga to’g’ri kelar edi. Ushbu quyilmani olish uchun 1700 funt sterling zarur edi. Frantsiyada bir quyilma 12,7 kg bo’lib, ushbu quyilma 215 ming frankka baholanar edi.
Katta miqdorda oltin zaxiralariga ega bo’lmagan mamlakatlarda (Avstraliya, Germaniya, Daniya, Norvegiya va boshqalar) oltin deviz standarti amal qilar edi. Oltin deviz standarti joriy etilgan mamlakatlarda milliy valyutalar devizlarga, ya’ni oltinga erkin almashadigan chet el valyutalariga ayirboshlanishi joriy etildi. Buning natijasida bir mamlakatning ikkinchi mamlakatga valyutaviy bog’liqligi vujudga keldi.
1929 – 1933 yillarda yuz bergan butun jahon iqtisodiy inqirozi natijasida oltin monometallizmining barcha shakllari amal qilish faoliyatini to’xtatdi, AQSh dollarining oltinga nisbatan pariteti saqlanib qoldi. 1930 yillardan boshlab xalqaro va mahalliy hisob – kitoblarda qog’oz – kredit pul tizimi faoliyat yurita boshladi.
Ushbu tizimning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat edi:
– oltinning umumekvivalent sifatida muomaladagi harakati to’xtatildi, bankotlarning oltinga ayirboshlanishi va maydalanishi barham topdi, oltin ichki va tashqi oborotdan chiqib zaxira sifatida saqlanadigan bo’ldi;
– banklarning kredit operatsiyalari asosida muomalaga naqd va naqdsiz pul belgilari chiqarildi;
– pul oborotining asosiy ulushini naqd pulsiz hisob – kitoblar egallay boshladi;
– davlat tomonidan pul muomalasini tartibga solish kuchaytirildi, iqtisodiyotda pul muomalasini tartibga solishning instrumentlari ishlab chiqildi.

Download 7,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish