Bank faoliyatining asosiy pirovard maqsadi daromadni maksimal dara- jada olishdan iboratdir. Shu nuqtayi nazardan olganda, bank aktivlarining daromadliligini baholash muhim ahamiyat kasb etadi.
Bank aktivlari faoliyat natijasida daromad keltirishiga qarab; daromad keltiradigan aktivlar va daromad keltirmaydigan aktivlarga bo‘linadi.
Daromad keltiruvchi aktivlarni baholash muhim ahamiyatga ega. Ular kredit salohiyatining asosini va bankning ssuda portfelini tashkil etadi.
Daromad tahlili sifat ko‘rsatkichiga nisbatan miqdor ko‘rsatkichiga ko‘proq tegishlidir, shu sababdan u bank faoliyatini baholashda katta ahami- yatga ega. Bank kapitalini oshirish va kredit potensialini mustahkamlash uning mustahkamligiga bog‘liqdir. Bankning daromadi, asosan, kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi, kredit qo‘yilmalari hajmi va bank likvidliligiga bog‘liq.
Bankning daromad keltiradigan aktivlarga:
barcha turdagi turli xil kreditlar berishga sarflangan mablag‘lar;
DQMO va boshqa qimmatbaho qog‘ozlarga sarflangan mablag‘lar;
qimmatli qog‘ozlar, lizing va faktoring operatsiyalri va boshqalar kira-
di.
Bank aktivlarining asosiy qismini, odatda mijozlarga beriladigan kreditlar
va banklararo kreditlar tashkil etadi. Bank amaliyotida bank krediti, bank ola- digan daromadlarning asosiy qismini ta’minlaydi. Bank krediti iqtisodiyotda kredit munosabatlarining keng tarqalgan shakli bo‘lib, bunda pul mablag‘lari kredit obyekti bo‘lib xizmat qiladi.
Ma’lumki bankda daromad keltiruvchi aktivlar katorida kreditlardan tashqari, qimmatli qog‘ozlar, chet el valyutasiga jalb qilingan mablag‘lari ham mavjud. Albatta ushbu aktivlarning ham tarkibini o‘rganib chiqish muhimdir.
Aktivlarning maqsadga muvofiq joylashishi bo‘yicha umumiy ko‘rsatkich bu daromad keltiruvchi aktivlarning umumiy aktivlar summasiga nisbati bilan aniqlanadi. Bankning daromad keltiruvchi asosiy aktivlari bu mijozlarga be- rilgan kreditlardir. Bankning ikkinchi daromad keltiruvchi aktiv turi bu dav- latning qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO)ga jalb qilingan aktivlardir. Banklarning daromad keltiruvchi aktivlari qatorida banklararo kreditlar va investitsiyalar kichik salmoqni tashkil qiladi.
Bankining aktiv operatsiyalarida daromad keltiruvchi aktivlarni ko‘paytirish, ya’ni bank likvidligini saqlagan holda aktivlarning qolgan qis- mini daromad keltirish uchun joylash muhim ahamiyat kasb etadi. Daromad keltiruvchi aktivlarning asosiy daromad tarkibi foizli daromadlardir. Foizli daromad manbayi kreditlarni bir soha yoki tarmoqqa emas, balki bir nechta tarmoqqa joylashtirish kerak. Banklarda daromadlar tarkibini ko‘paytirish uchun bank daromad keltiruvchi xizmatlar turini ko‘paytirishi kerak.
Bankning daromad keltirmaydigan aktivlariga quyidagilar kiradi;
kassadagi naqd pullar va boshqa pul mablag‘lari;
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar;
kapital va boshqa joriy xarajatlar;
Markaziy bankdagi vakillik va zaxira fondi hisobraqamlar qoldig‘i.
Bank aktivlari xajmida daromad keltirmaydigan aktivlar salmog‘ini yuqori bo‘lishi bankning resurslar bazasidan samarasiz foydalanilganini ifo- dalaydi.
Bankka daromad keltiruvchi va daromad keltirmaydigan aktivlarni tahlil qilish, ularning funksiyalari iqtisodiy sharoitga bog‘liq holda ular tarkibini o‘zgartirib turish kerakligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon bermoqda. Iqti- sodiy beqarorlik sharoitida faoliyatsiz aktivlarning ko‘pgina qismi faoliyat qila- yotgan aktivlarning elementlariga aylanadi, ko‘pincha bu valyuta va harakatsiz aktivlarga tegishlidir. Bank o‘zlarining balanslari strukturasini doimiy ravishda uning daromadliligi nuqtayi nazaridan tahlil qilib borishlari kerak.
2.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |