Bank faoliyati indd


Bank faoliyati tahlilining turlari



Download 282,88 Kb.
bet12/81
Sana23.01.2022
Hajmi282,88 Kb.
#405729
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81
Bog'liq
bank faoliyati tahlili (2)

Bank faoliyati tahlilining turlari

Bank faoliyati tahlilining turlari asosan belgilangan maqsad va vazifalar- ga bog‘liqdir. Bundan tashqari, tahlil amalga oshirilayotgan zamon va makon, tahlil obyekti va subyektlari masalalari ham inobatga olinmog‘i zarur.

Bank faoliyatini tahlil etish subyektlari nuqtayi nazaridan ular ikki turga bo‘linadi.

Bular birinchidan tashqi va ikkinchidan ichki tahlilga bo‘linadi. Banklari tashqi tahlili asosan Markaziy bank, Tashqi auditor tashkiloti va Soliq inspeksiyalari tomonidan amalga oshiriladi.

Ichki tahlil odatda bankning ichki audit guruhi, tegishli departament va boshqarmalar hamda har bir bank xodimining funksional vazifalari yuzasidan amalga oshiriladi.

Bank faoliyati tahlili tashqi va ichki subyektlar tomonidan amalga oshi- rilishini quyidagi chizmada aks ettirish mumkin.



1-chizma

Markaziy bank


Ichki audit boshqarmasi




Tashqi audit tashkiloti


Mustaqil departament va boshqarmalar


Soliq inspeksiyasi


Xodimlar

Tashqi moliyaviy tahlil kompleks ravishda amalga oshiriladi, lekin u tahlil etuvchining maqsadiga muvofiq farqlanadi. Markaziy bank tomoni- dan o‘tkaziladigan kompleks tahlildan asosiy maqsad bank barqarorligini ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi, banklar tomonidan Markaziy bankning o‘rnatilgan iqtisodiy normativlarga rioya qilish darajasi o‘rganiladi. Bu- ning uchun Markaziy bankning maxsus inspeksiyasi tomonidan banklarning o‘z mablag‘lari tarkibi, uning monandligi bank aktivlarining likvidliligi va risklilik darajasi, kredit va investitsiyalarning tasniflanishi hamda muammoli kredit va investitsiyalarni qoplash uchun zurur bo‘lgan zaxiralarning ha- qiqatda tashkil etilganligi o‘rganiladi. Haqiqiy holat iqtisodiy normativlar bi- lan taqqoslanadi va undan chekinishlar mavjud bo‘lgan taqdirda harakatdagi qonun-qoidalar doirasida chora-tadbirlar belgilaydi hamda zaruriy jazolarni ko‘rish mumkin.

Harakatdagi qoidalarga muvofiq har bir tijorat banki har yili bir marta tashqi auditdan o‘tishi va uning tegishli xulosalariga ega bo‘lmog‘i kerak. Tashqi audit tashkilotini bank aksionerlarining umumiy yig‘ilishida tanlana- di. Yirik banklar o‘zining imijini oshirish maqsadida xalqaro audit tashkilot- larini tanlashlari mumkin.

Tashqi audit tashkilotlari ham banklar faoliyatini kompleks tarzda tah- lilini amalga oshiradi. Audit jarayonida bank faoliyati natijalarining xalqaro andozalarga mos kelish darajasi o‘rganiladi. Audit xulosasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy tavsiflar hamda xalqaro bank faoliyatiga mos ravishda hisobot yili natijasi baholanadi.

2009-yil natijalari bo‘yicha umumiy aktivlari mamlakat bank tizimi ak- tivining 90 foizidan ortig‘ini tashkil qiladigan 14 Banki «Fitch Reyting»,

«Mudis» va «Standart end Pur» kabi yetakchi xalqaro reyting kompani- yalarining «barqaror» degan yuqori reyting bahosini olishga muvaffaq bo‘ldi.

Soliq inspeksiyasi tomonidan ham bank faoliyati tahlili kompleks ra- vishda amalga oshiriladi. Ushbu kompleks tahlildan maqsad albatta bank to- monidan davlat budjetiga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larning o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilishini nazorat qilishdan iboratdir. Buning uchun inspeksiya tomonidan dastlab bank daromadlarining hisobotlarda o‘z vaqtida va to‘liq aks ettirilishi, soliqqa tortiladigan daromad miqdorining to‘g‘ri hisoblangan- ligi, xarajatlar tarkibi va ularning haqiqiyligiga hamda daromaddan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarning haqiqiyligi, to‘liq va o‘z vaqtida budjet hisob raqamlariga o‘tkazilganligi tahlil qilinadi.

Bundan tashqari, soliq inspeksiyasi bank tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa soliq turlari, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, ekologiya to‘lovlari kabilarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga oshirilishiga ham e’tibor qaratadi. Shu



bilan birga, bank tomonidan harakatdagi to‘lovlar ketma-ketligiga rioya etish darajasi ham o‘rganiladi.

Ichki tahlilning asosiy maqsadi, faoliyat samaradorligini oshirishga qara- tilgandir. Bunda faoliyatdagi qonun va qoidadan chetlashishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, bankning har operatsiyasiga ta’sir etuvchi omillar aniq- lanishi lozim. Tahlil natijasida Bank boshqaruvi va Kuzatuv kengashiga zarur informatsiyalar taqdim etish, hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yu- zasidan fikr mulohazalar bildirish asosiy vazifa hisoblanadi. Bank faoliya- tini yoki ayrim hududlar doirasida kompleks ravishda tahlil qilish bank ichki audit xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Ayrim faoliyat turlari bo‘yicha tahlil asosan ushbu faoliyatni tashkil etish uchun tashkil etilgan departament yoki boshqarmalar xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Bankning har bir operatsiyasi yuzasidan asosiy tahlil esa joriy ravishda ushbu operatsiyani amalga oshirish uchun mas’ul hisoblangan xodimlar to- monidan amalga oshirilishi lozim. Bu uning funksional vazifalari sirasiga kiradi.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, tashqi tahlil ma’lumotlaridan foydalanuvchilar, kreditorlar, investorlar, omonatchilar, auditorlar va boshqa bank faoliyati bilan qiziquvchi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi.

Ichki tahlil natijalaridan foydalanuvchilar esa faqat bank bo‘linmalari hi- soblanadi. Bu ma’lumotlaridan bank rahbariyati, ya’ni Bank boshqaruvi va Kuzatuv kengashi tomonidan operativ qarorlar qabul qilish uchun foydalani- ladi. Bundan tashqari Bank faoliyati tahlili uning mazmuni jihatidan quyidagi turlarga bo‘linadi.


Download 282,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish