Sakkizinchidan, bank qimmatbaho qog‘ozlarining jozibadorligini ta’- minlashga erishish. Bankni o‘z mablag‘larining ko‘payib borishi asosan uning aksiyalarini sotishdan tushgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. Aksiyalarning sotilishi esa uning jozibadorligiga bog‘liqdir. Qaysi bankning aksiyalari uning sohiblariga ko‘p daromad keltirsa, unga bo‘lgan talab ortib boradi. Bu hol o‘z navbatida ushbu aksiyalarning jozibadorligini ta’minlaydi. Ayniqsa, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida bank barqarorligini ta’- minlashda uning kapitalining miqdori oshib borishi muhim ahamiyat kasb eta- di. Bank aksiyalarining qanchalik ko‘p miqdorda sotilishini ta’minlash ham, uning faoliyatini uzluksiz ravishda har tomonlama tahlil etilishini talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |