63
faoliyati. Bu faoliyat o'z nomidan, o'z mulkiy ma‘suliyati va yuridik shaxsning
yuridik mas‘uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor qonun tomonidan
ta‘qiqlanmagan barcha xo'jalik faoliyati,
shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib
olish, maslahat berish, qimmatbaho qog'ozlar bilan ish olib borish bilan
shug'ullanishi mumkin. Tadbirkorlik shaxsiy va ijtimoiy foydalarni ko'zlagan holda
daromad olish uchun sarflanayotgan mablag' bilan bog'liq faoliyatdir .
Jumladan mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta‘kidlaganlaridek:
―…«O‗ztadbirkoreksport» va «O‗zsanoateksport»
aktsiyadorlik jamiyatlari,
shuningdek, Milliy bank huzuridagi Kichik biznes
va xususiy tadbirkorlik
sub‘ektlarining eksportini qo‗llab-quvvatlash jamg‗armasi yo‗nalishi bo‗yicha
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlari eksporti bilan bog‗liq. Bu borada
kamida 1 milliard 500 million dollarlik eksportni ta‘minlash kerak.‖Davlat
moliyasini barqarorligini ta‘minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
sub‘ektlari faoliyatini amalga oshirishning tutgan o'rni jamiyat taraqqiyotida,
siyosiy va ijtimoiy o‘zgarishlarning eng muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.
Ayniqsa o‘tish davrida bozor islohotlari turlicha namoyon bo‘layotgan
mamlakatlar, xususan, MDH davlatlarida bu tendentsiya yaqqol ko‘zga
tashlanmoqda. Bunday sharoitda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlari
faoliyatini amalga oshirishda qator funksiyalarni bajaradi. Uning siyosiy funksiyasi
jamiyat iqtisodiyotining asosiy bo‘g‘ini — o‘rta mulkdorlar sinfining shakllanish
manbai sifatida namoyon bo‘lishidadir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
sub‘yektlari – foyda olish maqsadida resurslardan yanada samarali foydalanishga
qaratilgan xo‘jalik faoliyatining muhim turidir. Ushbu jarayon quyidagilar orqali
izohlanadi:
- tadbirkorlik kishilarning tavakkalchilik va mas‘uliyat bilan bog‘liq
tashabbuskorlik faoliyati demakdir;
- tadbirkorlik cheklangan va innovatsion yondashuvni talab qiladigan
resurslardan yanada oqilona foydalanishga qaratiladi;
- tadbirkorlik faoliyati qo‘shimcha daromad va foyda keltirgan taqdirdagina
o‘zini oqlagan hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyati davomida, bozor iqtisodiyotining
nimani, qanday, kim
uchun ishlab chiqarish kerak, degan muhim masalalari o‘z
yechimini topadi .
Iqtisodiy erkinlik (mustaqillik), to‘liq moddiy javobgarlik, maksimal
darajada foyda olishga qaratilgan tijorat faoliyati tadbirkorlikning eng muhim
iqtisodiy tamoyillari hisoblanadi. Tadbirkorlikning ikkita muhim turi –
savdosotiqqa asoslangan, narxlardagi farqlar hisobidan
foyda olishni nazarda
tutadigan hamda aniq iste‘molchining ehtiyojlariga mos holda mahsulot ishlab
chiqarish va sotishga asoslangan faoliyatni ajratib ko‘rsatish mumkin. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning barcha shakli – davlat, xususiy
64
(rivojlanishda ustunlikka ega), jamoa, shaxsiy hamda aralash shakllari teng huquqli
tarzda taraqqiy etadi .
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik fuqarolar bandligini
ta‘minlashning muhim sharti hamda aholi daromadining barqaror manbai bo‘lib
bormoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekistonda
kichik biznesning
ulushi yalpi ijtimoiy mahsulotning bor-yo‘g‘i 1,5 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2011
yilda ushbu raqam 31, 2012 yil yakunida esa 52,5 foizga ko‘tarildi. 2013 yilda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi evaziga 500 mingga yaqin
yangi ish joylari tashkil etildi. 2013 yilda yalpi ichki mahsulotda kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikning ulushi 55,8 foizga yetkaziladi va 2014 yilda yalpi ichki
mahsulot tarkibida kichik biznes ulushi 31,1 foizdan 52,5 foizga o'sdi, ushbu
sohada bandlik darajasi iqtisodiyot tarmoqlarida
ish bilan band aholi umumiy
sonining 49,7 foizidan 74,5 foizigacha oshdi. 2015 yilda bu ko‘rsatkich 77,9 foiz,
2016 yilda 78,1 foizga oshgan bo‘lsa, 2017 yilning birinchi choragida 77,7 foizga
yetganini kuzatishimiz mumkin.
Aholi daromadlarining 47 foizdan ziyodi tadbirkorlik faoliyatidan tushgan
daromadlar hissasiga to'g'ri keladi. Rivojlangan mamlakatlarda ushbu ko‘rsatkich
70 foizga yaqinligini hisobga olsak, bizda ushbu yo‘nalishning kelajagi
porloqligini e‘tirof etish mumkin. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar jarayonida
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa qishloq
joylarida uni ravnaq toptirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ishlab
chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayonlari
eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish
hamda yurtdoshlarimizning
turmush farovonligini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda .
Do'stlaringiz bilan baham: