B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/120
Sana07.06.2023
Hajmi1,99 Mb.
#949546
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   120
Bog'liq
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samar

Nazorat uchun savollar 
o
Kichik 
biznes 
va 
tadbirkorlikning 
iqtisodiy 
rivojlanishdagi 
ahamiyatini ilmiy asoslang. 
o
Davlatning mikroiqtisodiy siyosati yo‘nalishlarini tushuntiring. 
o
Kichik biznes to‘g‘risida asosiy me‘yoriy huquqiy hujjatlarni 
tavsiflang. 
 
7-BOB: IQTISODIYOTDA MONOPOLIZMGA QARSHI SIYOSAT VA 
RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH 
7.1. Raqobat kategoriyasining mohiyati va shakllari . 
7.2. Monopoliya va uning vujudga kelish sabablari . 
7.3.Iqtisodiy monopolizm va uning salbiy oqibatlari 
 
Tayanch iboralar: 
raqobat, monopoliya, oligopoliya, tabiiy monopoliya, legal 
monopoliya, trest, sindikat, konsern
 
 
7.1. Raqobat kategoriyasining mohiyati va shakllari . 
Bozor va bozor iqtisodiyotini tartiblashtirish va uni boshqarishda talab, 
taklif, narx va raqobat usullari qo‘llaniladi. Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy xodisa 
bo‘lib, u bozorning barcha sub‗ektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni 
ifodalaydi . 
Raqobat – bozor sub‗ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat 
bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun 
kurashni anglatadi. Raqobatning mazmuni, uning vazifalarini ko‘rib chiqish orqali 
yanada kengroq namoyon bo‘ladi . 
Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib 
ko‘rsatish mumkin: 


75 
1. Tartibga solish vazifasi; 
2. Resurslarni joylashtirish vazifasi; 
3. Innovatsion vazifa; 
4. Moslashtirish vazifasi; 
5. Taqsimlash vazifasi; 
6. Nazorat qilish vazifasi . 
Raqobat ishtirokchilari quyidagi sub‗ektlardan iborat bo‘ladi: 
1. Ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar o‘rtasida; 
2. Iste‗molchi va xaridorlar o‘rtasid
а

Raqobatning tartibga solish vazifasi - bu ishlab chiqarishni talabga (iste‗mol) 
muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta‗sir o‘tkazishdan iborat. Talab ko‘p bo‘lsa, 
taklif ko‘payadi va narxga ham bog‘liq bo‘ladi, iqtisodiyot bozor qonunlari asosida 
tartibga solinadi . 
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng 
ko‘p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish 
imkonini beradi
 . 
Raqobatning innovatsion 
vazifasi– 
fan-texnika 
taraqqiyoti 
yutuqlariga 
asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub‗ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi 
turli kurinishdagi yangiliklarning joriy etilishini bildiradi . 
Raqobatning taqsimlash vazifasi– ishlab chiqarilgan ne‗matlar yalpi hajmi 
(YaIM)ning iste‗molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta‗sir 
o‘tkazadi
 . 
Raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba‗zi ishtirokchilarning boshqa bir 
ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o‘rnatishiga yo‘l qo‘ymaslikka 
yo‘naltiriladi
.
Raqobatning to‘rtta shakli mavjud: 
1. Erkin raqobat; 
2. Monopolistik raqobat; 
3. Monopoliya; 
4. Oligopoliyadir

Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda 
ko‘p sonli korxonalar mavjud bo‘ladi. Korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz 
nazoratni amalga oshiradi, chunki korxonalar soni ko‘p bo‘lganligi sababli 
umumiy ishlab chiqarish hajmi unga katta bo‘lmaydi. 
Sof monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo‘lishi sabali, u mavjud 
mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka 
hukmronlik shakllanadi. 
Monopolistik raqobat o‘z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini 
oladi. Tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning unlab ishlab chiqaruvchilari bir-birlari 


76 
bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida 
raqobatlashadilar. 
Oligopoliya tarmoqda u qadar ko‘p bo‘lmagan korxonalarning mavjud 
bo‘lishi va hukmronlik qilishidir. Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan 
ham sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq 
hisoblanadi. Masalan, po‘lat, mis, alyuminiy, qo‘rg‘oshin, temir sanoatning bir 
turdagi mahsulotlaridir, iste‗molchilik tovarlari: avtomobillar, yuvish vositalari, 
sigaretlar, maishiy elektrbuyumlarini ishlab chiqaruvchilar tabaqalashgan 
oligopoliya hisoblanadi. 
Turli monopollashuv darajasidagi tuzilmalar o‘rtasida mavjud bo‘lishiga 
ko‘ra quyidagi raqobat turlari mavjuddir: 
1) monopollashmagan korxonalar o‘rtasidagi raqobat; 
2) monopoliyalar hamda monopolistik birlashmalarga kirmagan ishlab 
chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat; 
3) turli monopoliyalar o‘rtasidagi raqobat; 
4) monopolistik birlashmalar o‘rtasidagi raqobat.O‘z miqyosiga ko‘ra raqobat ikki 
turga bo‘linadi: 
1. Tarmoq ichidagi raqobat 
2. Tarmoqlararo raqobat . 

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish