Azallariga sharhlar


Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar

Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 

26 



library.ziyonet.uz/ 

 

chiroq qilib borayapti». Bunday tashbihni boshqa birorta shoirda uchratmaymiz: yorning 



kiprigi — zulmatni yorib borayotgan mash’ala, goʻyo zim-ziyo tunda chaqilgan 

chaqmoq. Albatta, ma’shuqa kiprigini chaqmoqqa qiyos etganda Navoiy koʻzni ham 

nazarda tutgan, chunki aslida kiprik birovga qarab otilmaydi, balki nazar, qarash 

yoʻnaladi, ya’ni koʻzning nuri, quvvati ta’sir etadi, joziba, kuch bagʻishlaydi. Shuning 

uchun kiprik chaqmoq samoviy miqyosda ilohiy nurning yarq etib, koʻngilni yorit-shi 

yoki zaminiy miqyosda sohibkaromat pirning nazar qilishi, bir nigoh bilan qalblarga 

gʻulgʻula solishi tarzida talqin etilishi mumkin. Oddiy hayotda ham qalb kitobi boʻlmish 

koʻzlarning koʻngillarni bogʻlashi, sevgiga zamin hozirlashi koʻp uchraydigan hodisa. 

 

Uchinchi bayt: 



Erur sukutu fano ishq lozimi, bulbul 

Ne voqif oncha figʻonu ulugʻ dimogi bila. 

Navoiy «Asarlar»i kulliyotining 1988 yilgi yangi nashrida (3-jild. 428) mazkur baytning 

birinchi misrasida «fano» va «bulbul» soʻzlaridan keyin vergul qoʻyilgani uchun ma’no 

buzilgan. Agar shu nashrga suyanadigan boʻlsak, «Sukut va fanodir, ishqqa lozim 

boʻladigani bulbul, buncha figʻoni va ulug dimogʻi bilan nimadan xabardor?» degan 

gʻalati gap kelib chiqadi. Bunday «tahrir» oʻquvchini chalgʻitishi, Navoiy asarlarini 

tushunishni qiyinlashtirishi aniq (Buni ta’kidlashga majburmiz, chunki hozirgi yozuvga 

koʻchirilgan klassik she’rlarda tinish belgilarining ahamiyati katta, vergul notoʻgʻri 

qoʻyilgani uchun ma’nosi mavhumlashgan baytlar ancha). Xoʻsh, Navoiy bu baytda nima 

ma’noni ifodalagan? Bu ma’no qoʻyidagicha: «Sukut saqlash va fano — jismu nafs 

ehtiyojlaridan batamom qutulish ishqning zaruratidir, shuncha nola-figʻoni, sarxushu 

oshuftaligi bilan bulbul buni qaydan bilsin». Ha, shoir bu yerda oshiqlik ramzi, nafosat 

oshuftasi, ishqni yonib kuylovchi bulbul bilan bahsga kirishgan. Bu qiziq, chunki 

Navoiyning bir qancha gʻazallarida bulbul xonishi madh etiladi, lekin bu baytda u bulbul 

ishqning mohiyatiga tushunib yetmaydi, degan fikrni bayon etadi. Balki boshqa ma’no 

bordir bu gapning tagida, balki shoir biror-bir mazhab aqidasini, biror-bir tariqat 

peshvosining koʻrsatmalarini tasdiqlayotgandir? Darhaqiqat, matlubga yetishish yoʻli 

faqat ohu nola emas, figʻon chekmay, zohiran sukutda boʻlib, dardni elga oshkor qilmay, 

botinan koʻngilni ma’rifatdan sarob etib, fano martabasini egallash ham mumkin. 

Masalan, Bahoviddin Naqshbandning aqidasi shunday. (Bahoviddin Naqshbanddan siz 

samo’ga qanday qaraysiz, deb soʻraganlarida, u kishi: «Mo inkor nakunemu in kor 

nakunem» — «Biz inkor qil-maymiz, ammo bu ishni qilmaymiz», deb javob berganlar). 

Samo’ va zikrga berilmay, muayyan kasb bilan shugʻullanib, odamlarni haqni tanishga 

da’vat etgan darveshlarning yoʻli shuni taqozo etardi. Ulugʻ mutafakkir ramziy yoʻsinda 

tariqat ahlining ikki toifasi sulukini taqqoslagan: tinch, xotirjam zikr bilan, ichki olamni 

taraqqiy ettirib, haqqa yaqinlashuvchilar va samo’, raqs, qoʻshiq-kuy orqali 

muhabbatlarini ochiq izhor etuvchi betoqat, bezovta odamlar. Shunday oshiqlik har doim 

ham figʻonu nola emas ekan, «anjuman-da hilvat» koʻruvchilarning botiniy ma’rifati, 

koshiflik yoʻlida oʻzgacha yonish, oʻzgacha fidoyi qat’iyat bor. Toʻrtinchi bayt mazmuni 




Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish