ATAMANING O’ZBEK TILIDA NOMLANISHI
|
ATAMANING INGLIZ TILIDA NOMLANISHI
|
ATAMANING RUS TILIDA NOMLANISHI
|
ATAMANING MA’NOSI
|
Auditorlik riski
|
Audit risk
|
Auditorskiy risk
|
Auditorlik riski – bu auditorlik tekshiruvi natijalari bo’yicha auditorlar tomonidan sub’ektiv aniqla-nadigan, moliyaviy hisobotda, uning ishonchliligi tasdiq-langanidan so’ng xatolar mavjudligini tan olish yoki moliyaviy hisobotda bunday kamchiliklar haqiqatan ham yo’q bo’lgan-da, unda kamchiliklar mavjud deb tan olinish ehtimolidir.
|
Auditning muhimlik darajasi
|
Materiality of audit
|
Sushchestvennost audita
|
Muhimlik tushunchasi auditor tomonidan yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatoning hajmini va o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvining ko’lamini aniqlash hamda tuziladigan auditorlik xulosasining shaklini belgilash (ijobiy yoki salbiy) uchun birlamchi va asos bo’luvchi manba hisoblanadi.
|
Ichki xo’jalik riski
|
Internal risk
|
Vnutrennoxozyaystvennoe risk
|
Ichki xo’jalik riski – bu mazkur buxgalteriya schyotida, balans moddasida, bir turdagi xo’jalik muomalalari guruhida yaxlitlanganda, xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobotida jiddiy kamchiliklarning, bunday kamchiliklar ichki nazorat tizimi vositalari yordamida aniqlangunga qadar yoki ichki xo’jalik nazorati umuman yo’q bo’lganda, auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlanish ehtimoli tushuniladi.
|
Aniqlanmaslik riski
|
Detektion risk
|
Risk neobnarujeniya
|
Aniqlanmaslik riski - bu xatolar va moliyaviy hisobotdagi kamchiliklarning aniqlanmaslik (ko’zga tashlanmaslik) riski tushunilib, bu auditorlik tekshiruvi jarayonida qo’llaniladigan auditorlik amallarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda haqiqatan mavjud bo’lgan har biri alohida-alohida yoki birgalikda jiddiy hisoblangan xatolar hamda kamchiliklarni aniqlash imkoni yo’qligining ehtimolidir.
|
Nazorat riski
|
Control risk
|
Konrolniy risk
|
Nazorat riski – bu korxonaning mavjud va muntazam qo’llanilib kelinayotgan buxgalterlik hisobi tizimi va ichki nazorat tizimi vositalari alohida-alohida yoki birgalikda jiddiy ahamiyatga ega bo’lgan kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlay olmaslik va tuzata olmaslik (yoki bunday kamchiliklar vujudga kelishining oldini olish) ehtimolining auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlangan ko’rsatkichdir.
|
Tahliliy amallar
|
Analytical procedures
|
Analiticheskie protseduri
|
Auditor tomonidan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va baholash, g’ayrioddiy va buxgalteriya hisobida noto’g’ri aks ettirilgan xo’jalik faoliyati faktlarini aniqlash, hamda bunday xatolar va chalkashliklarning sabablarini aniqlash maqsadida tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi subektning muhim moliyaviy va iqtisodiy ko’rsatkichlarini o’rganish tushuniladi.
|
Auditorlik risklarining maqbul to’plami
|
Acceptable audit risk
|
Priemlememie auditorskie risk
|
O’tkazilgan auditorlik tekshiruvlari natijasida yanglish mulohazaga kelish va natijada noto’g’ri auditorlik xulosasi tuzish ehtimoli(xavfi) tushuniladi
|
Auditorlik tekshiruvining hajmi
|
the volume of audit
|
Ob’em auditorskie proverki
|
To’laqonli auditorlik tekshiruvini o’tkazish va auditorning asosli xulosasini tayyorlash uchun zarur bo’lgan auditorlik tekshiruvlari miqdori va ularni o’tkazish ko’lami auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun sarflanadigan vaqt, unda ishtirok etadigan mutaxassislar tarkibi va sonining auditor (auditorlik firmasi) tomonidan baholanishdir.
|
Buxgalteriya hisobidagi tovlamachilik
|
Accounting fraud
|
Moshennichestvo ucheta
|
Hisob yozuvlaridagi arifmetik yoki mantiqiy xatoliklar hisob ma’lumotlariga e’tiborsizlik yoki xo’jalik faoliyati faktlarini, mulkning holati va mavjudligini majburiyatlar va hisoblash ishlarini noto’g’ri tasavvur etish orqali hisob vahisobot ma’lumotlarining ko’zda tutilmagan holatdagi buzilishi
|
Ahamiyatlilik
|
Materiality
|
Sushchestvennost
|
Potentsial hamkorning qarorlariga ta’sir qiladigan va qilish mumkin bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning xo’jalik faoliyatining mulkdor o’lchovi yoki sifat bahosi
|
Buxgalteriya hisobotining jiddiy ravishda buzib ko’rsatilishi
|
Serious distortion of financial statements
|
Sereznie iskajeniya buxgalterskoy otchetnosti
|
Buxgalteriya hisobotining ishonchligiga sezarli darajada ta’sir ko’rsatuvchi jiddiy xarakterdagi buxgalteriya hisobotini buzilishi
|
Maxsus auditorlik topshirig’i
|
Special commission to audit
|
Spetsialnaya komissiya dlya provedeniya audita
|
Auditorlik tashkiloti bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan rasmiy buxgalteriya hisobotidan farqli bo’lgan maxsus hisobotning tekshirish yoki buyurtmachi bilan kelishilgan boshqa tekshirishlarni amalga oshirish
|