ATAMANING O’ZBEK TILIDA NOMLANISHI
|
ATAMANING INGLIZ TILIDA NOMLANISHI
|
ATAMANING RUS TILIDA NOMLANISHI
|
ATAMANING MA’NOSI
|
Uzoq muddatli majdburiyatlar
|
long term duties
|
Dolgosrochnie obyazatelstva
|
Uzoq muddatli majdburiyatlar – uzoq muddatli majburiyatlar korxonaning bir yildan ortiq (12 oydan ko’p bo’lgan) bo’lgan muddatda to’lanishi lozim bo’lgan qarzidir. Uzoq muddatli majburiyatlar o’z ichiga obligatsiyalar va ipoteka qarzlarini oladi. Uzoq muddatli majburiyatlarning murakkabroq turi ta’minlangan ipoteka obligatsiyasi, qaytarib sotib olish huquqi, moliyaviy fyucherslar, derivativlar, optsion va rejalashtirilmagan boshqa moliyaviy instrumentlardir.
|
Favqulodda zararlar
|
Extraordinary losses
|
Chrezvichaynie ubitki
|
Favqulodda zararlar – bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki muomalalar natijasida vujudga keladigan va ro’y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlardir.
|
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar
|
Income from financial activity
|
Doxodi ot finansovoy deyatelnosti
|
Tekshirilayotgan mijoz-korxonaning olingan royaltilar va kapital transferti, O’zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida ulush qo’shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aktsiyalar bo’yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli qimmatli qog’ozlar bo’yicha daromadlari, mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing to’lovini olish)i, valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi muomalalar bo’yicha ijobiy kurs tafovutlari, sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, sho’’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag’larni qayta baholashdan olingan daromadlari va
moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarining jami yig’indisi tushuniladi
|
Favqulodda foyda
|
Extraordinary gain
|
Chrezvichaynie pribil
|
Tekshirilayotgan mijoz-korxonaning favqulodda foyda moddalari – bu ko’zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega bo’lgan hodisa yoki xo’jalik yurituvchi sub’ektning odatdagi faoliyat doirasidan chetga chiqadigan tusdagi muomalalar natijasida paydo bo’ladigan va olinishi kutilmagan foydasidir.
|
Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar
|
Financial operating expenses
|
Finansovie rasxodi
|
Tekshirilayotgan mijoz-korxonaning moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlari deganda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari darajasida va ulardan ortiqcha olingan qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar bo’yicha, shu jumladan to’lov muddati o’tgan va uzaytirilgan ssudalar bo’ycha to’lovlar, mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo’yicha foizlarni to’lash xarajatlari, chet el valyutasi bilan muomalalarga doir salbiy kurs tafovutlari bo’yicha zararlar, sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, sho’’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag’larni qayta baholashdan ko’rilgan zararlar, o’z qimmatli qog’ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog’liq xarajatlarining jami yig’indisi tushuniladi
|
Nazorat amallari
|
Control activities
|
Kontrolnie deystviya
|
Nazorat amallari - korxona xodimlari tomonidan bajariladigan maxsus tekshiruvlar.
|
Nazorat muhiti
|
Control environment
|
Kontrol okrujayushchey obstanovki
|
Nazorat muhiti - korxonada ichki nazorat uchun qulay bo’lgan o’zaro xizmat munosabatlarini aniqlaydigan belgilar yig’indisidir;
|
Riskni baholash
|
Risk assessment
|
Otsenka riska
|
Riskni baholash — Tadbirkorlik sub’ekti va uning faoliyati muhitini, jumladan, ichki nazoratini tushunish, firibgarlik yoki xato sababli muhim buzib ko’rsatish riskini moliyaviy hisobot va taqdimnomalar darajalarida aniqlash va baholash uchun bajariladigan audit tartib-taomillardir.
|
Auditorlik riski
|
Audit risk
|
Auditorskiy risk
|
Auditorlik riski – bu auditorlik tekshiruvi natijalari bo’yicha auditorlar tomonidan sub’ektiv aniqla-nadigan, moliyaviy hisobotda, uning ishonchliligi tasdiq-langanidan so’ng xatolar mavjudligini tan olish yoki moliyaviy hisobotda bunday kamchiliklar haqiqatan ham yo’q bo’lgan-da, unda kamchiliklar mavjud deb tan olinish ehtimolidir.
|
Nazorat riski
|
Control risk
|
Konrolniy risk
|
Nazorat riski – bu korxonaning mavjud va muntazam qo’llanilib kelinayotgan buxgalterlik hisobi tizimi va ichki nazorat tizimi vositalari alohida-alohida yoki birgalikda jiddiy ahamiyat-ga ega bo’lgan kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlay olmaslik va tuzata olmaslik (yoki bunday kamchiliklar vujudga kelishining oldini olish) ehtimolining auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlangan ko’rsatkichdir.
|