ILOVALAR:
FAN DASTURLARI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Ro’yxatga olindi:
№BD – 5230900 – 18.08.
|
|
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
______________________
|
201___ yil “___”___________
|
|
201___ yil “_____”__________
|
|
AUDIT
FAN DASTURI
Bilim sohasi:
|
200 000
|
-Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq;
|
|
|
|
Ta’lim sohasi:
|
230 000
|
-Iqtisod;
|
|
|
|
Ta’lim yo’nalishlari:
|
5111000
|
-Kasb ta’limi (5230900-Buxgalteriya hisobi va audit);
|
|
5230700
|
-Bank ishi;
|
|
5230800
|
-Soliq va soliqqa tortish;
|
|
5230900
|
-Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha);
|
Toshkent – 2019
Fan dasturi Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari bo’yicha O’quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 201__ yil “___”_________ dagi ____ -son bayonnomasi bilan ma’qullangan.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 201__ yil “___” _____dagi ______ - son buyrug’i bilan ma’qullangan fan dasturi tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlashga rozilik berilgan.
Fan dasturi Toshkent moliya institutida ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
|
Avloqulov A.Z.
|
- TMI, “Audit va iqtisodiy tahlil” kafedrasi dotsenti, i.f.d.
|
|
Xojiev M.S.
|
-TMI, “Audit va iqtisodiy tahlil” kafedrasi katta o’qituvchisi, PhD.
|
|
Avazov I.R.
|
-TMI, “Audit va iqtisodiy tahlil” kafedrasi katta o’qituvchisi
|
|
|
|
Taqrizchilar:
|
Karimov N.F.
|
O’zbekiston Auditorlar Palatasi Markaziy Kengashi raisi, i.f.d. (kadrlar buyurtmachisi)
|
|
Muqumov Z.X.
|
–TDIU, “Iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi mudiri, i.f.n. (turdosh OTMdan)
|
Fan dasturi Toshkent moliya instituti Kengashida ko’rib chiqilgan va tavsiya qilingan (201__ yil “___” _________dagi ____- sonli bayonnoma).
I. O’QUV FANINING DOLZARBLIGI VA OLIY KASBIY TA’LIMDAGI O’RNI
Ushbu fan iqtisodiyot tarmoqlarida auditning kasbiy faoliyati, auditning nazariyasi, auditorlik faoliyati, auditorlik tekshiruvi, boshqa xizmat ko’rsatish sohalarida audit fanlarini o’rganishda umumiy ma’lumotlarni qamrab olgan. O’zbekiston Respublikasida oliy ta’limning o’rni, Toshkent moliya institutining faoliyati, oliy o’quv yurtlaridagi o’qish jarayonini tashkil etishning ilmiy asoslari, mustaqil ish va talabalar mehnatini ilmiy tashkil etish, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishini tashkil etish, auditorlik kasbining tarixiy rivojlanishi, auditorlik faoliyatining huquqiy asoslari, audit kasbiga qo’yiladigan talablar, audit faniga kirish, auditorlik faoliyati, auditorlik tekshiruvlarini tashkil etish, auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish va ularning amaldagi ijrosini ta’minlash, auditorlk tekshiruvlarida dalillar olish, auditorlik tekshiruvlarini tashkil etish va auditorlik malaka sertifikatini olish va unga qo’yiladigan talablar, auditning xalqaro standartlari, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar auditi, investitsiyalar auditi, materiallar auditi, tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini auditi, pul mablag’lari va ular bilan hisoblashishlar auditi, mehnat va ish haqi muomalari auditi, majburiyatlar auditi, xususiy kapital auditi, moliyaviy natijalar auditi, moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish muomalalari auditi, xarajatlarni turkumlash va baholash ularning auditi, mahsulot tannarxini muomalalari auditi, byudjetlashtirish va xarajatlar auditini o’tkazish, O’zbekiston Respublikasida ichki audit xizmatini tashkil etish va uni rivojlantirish yo’nalishlari bugungi kunda buxgalteriya hisobini rivojlanishga olib keladi hamda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jixatdan taraqqiy etishiga xizmat qiladi.
Talabalarning ushbu fanni chuqur o’rganishi audit fani nazariyasi, auditorlk tekshiruvlarini tashkil etish, daromadlar va xarajatlar hamda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar auditi mavzulari hamda xo’jalik sub’ektlari moliyaviy hisobot auditini tashkil etishda zamin bo’lib xizmat qiladi.
Ushbu “Audit” fani “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi o’quv rejasi tarkibida modulli tizimi asosida auditning nazariy asoslari, aktivlar va majburiyatlar auditi, xususiy kapital shakllanishi hamda daromadlar va xarajatlar auditi kompleks ravishda o’rganilishini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |