Asbob-uskuna tanlash uchun hisoblash shartlari


KUCHLANISHI 1000 VOLTGACHA BO'LGAN ELEKTR ASBOB-USKUNALAR



Download 2,97 Mb.
bet6/15
Sana20.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#827685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
5. El stansiya o\'tkaz va el asbob uskuna tanlash

KUCHLANISHI 1000 VOLTGACHA BO'LGAN ELEKTR ASBOB-USKUNALAR
Rubilniklar va qayta ulagichlar
lkki (ulangan va uzilgan) holatga qo'lda o'tkaziladigan kommutatsion asbob-uskuna rubilnik deb aytiladi. Ikkita va undan ortiq zanjirlarga navbati bilan ulash uchun xizmat qiladigan kommutatsion asbob-uskuna qayta ulagich deb aytiladi. Rubilniklar va qayta ulagichlar 500 Voltgacha bo'lgan nominal kuchlanishga bir, ikki va uch qutbli qilib ishlab chiqariladi. Yoy so'ndiruvchi qurilmasi bo'lmagan rubilniklar toksiz zanjirlarni uzish va ochiq uzilishlar hosil qilishga mo'ljallangan. Yoy so'ndiruvchi qurilmali rubilniklar nominal tokkacha bo'lgan tokni uzish imkoniga ega.
Paketli va kulachokli qayta ulagichlar bir vaqtning o'zida bir necha elektr zanjirlarida murakkab qayta ulashlar uchun, masalan, boshqarish, o'lchash va shunga o'xshash zanjirlarda ishlatiladi. Qayta ulagichlarning nol holatiga o'zi qaytadigan yoki bir necha holatlarni ushlab turadigan tuzilmalari mavjud. Bunday qayta ulagichlardagi kontaktlar soni 2 dan 32 gacha bo'lishi mumkin. R va P (uch qutbli) yoki RO, PO (bir qutbli) turdagi markaziy dastakli rubilnik va qayta ulagichlar 100—600 A toklar uchun ishlab chiqariladi. Rubilnikning hamma detallari izolyatsion plitaga o'rnatiladi. O'tkazgichlar yoki orqa tomonidan ulanishi mumkin. Bunday rubilnik va qayta ulagichlar bilan tokni uzishga ruxsat etilmaydi, chunki hosil bo'ladigan yoy qisqa tutashuvga olib kelishi yoki ishlayotgan xodimni kuydirishi mumkin.
Richag bilan harakatlantiriladigan rubilnik va qayta ula­gichlar ikki tomondan xizmat ko'rsatadigan shitlarda keng qo'llaniladi. Bunday rubilniklar yoy so'ndiruvchi panjarali kamera 4 ga ega. Yuritma markaziy (RPS, PPS) yoki yon tomondan (RPB, PPB) bo'lishi mumkin. Nominal toklar katta bo'lganda rubilniklar bir necha parallel pichoqlarga ega bo'ladi. Rubilnikning harakatchan pichog'i bilan kontaktli stoykasi orasida yaxshi kontaktli ta'minlash muhim ahamiyatga ega (4-rasm).

4-rasm. Rubiiniklardagi kontaktlatning tiplari.


Hozirgi paytda kichik o'tish qarshiligini ta'minlovchi chiziqli kontakt qo'llaniladi. Detallarning o'zini prujinalanish xossasi va maxsus po'lat prujinalar 3 hisobiga kontaktda siqish ta'minlanadi. Rubilniklar yoy so'ndiruvchi kontaktlar yoki bir onda kesadigan pichoqlar bilan ta'minlangan bo'lishi mumkin. Bunday rubilniklarni uzganda avval bosh kontaktlar ajraydi, lekin ular orasida yoy hosil bo'lmaydi, chunki tok yoy so'ndiruvchi kontaktlar yoki bir onda kesadigan pichoqlar ajratiladi. Bir onda uzish quyidagicha bajariladi: bosh pichoq bilan parallel holda ikkinchi bosh prujina bilan bog'langan bir onda kesadigan pichoq ulanadi. Yoy so'ndiruvchi kamera bilan jihozlangan o'zgarmas tokning 220 V va o'zgaruvchan tokning 380 V ga mo'ljallangan rubilniklari Inom gacha bo'lgan tok­larni uza oladi, kameralari tegishlicha 0.2 va 0.3 Inom ni uzadi. O'zgarmas tokning 440 V va o'zgaruvchan tokning 500 V ga mo'ljallangan kamerali rubilniklari 0.5 • Inom tokni uza oladi, kamerasiz yuklama tokini uzish ruxsat etilmaydi.
Rubilniklar quyidagilarga qarab tanlanadi:
• Qurilmaning kuchlanishi bo'yicha Uqur < Unom ;
• Yuklama toki bo'yicha Inorm < Inom ; Imax < Inom ;
Konstruktiv tuzilishiga qarab:
Elektrodinamik mustahkamlik iu < i ;
• Termik mustahkamligi bo'yicha VK< PTtT
Nominal to Inom chegara tok i termik mustahkamlik vaqti va toki tt, It katalog va ma'lumotnomalarda keltiriladi.

Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish