Test 1. Egalik qo‘shimchasini olib, kishilik olmoshini uchala shaxsda ham ko‘rsata oladigan so‘zni toping.
A) kim?
B) hamma;
C) o‘sha;
D) o‘z.
2. Boshqalarni hurmat qilish o‘z-o‘zini hurmat qilishga olib keladi. Ushbu gapda olmoshning qaysi turi qo‘llangan? A) kishilik olmoshi;
B) o‘zlik olmoshi;
C) ko‘rsatish olmoshi;
D) gumon olmoshi;
3. Belgilash olmoshi ishtirok etgan gapni toping. A) Axloqqa tayanmagan ilm hech narsaga arzimaydi;
B) O‘zini hurmat qilgan odam boshqalarni ham izzat-ehtiromga
o‘rgatadi;
C) So‘z qanday ishga yo‘llashi bilangina qimmatlidir;
D) Hamma qiyinchiliklardan faqat mehnat bilan qutulish mumkin.
4. U, bu, shu, o‘sha olmoshlari qaysi kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanganda bir -n tovushi orttiriladi? A) jo‘nalish, o‘rin-payt, tushum kelishigi;
B) o‘rin-payt, qaratqich, jo‘nalish kelishigi;
C) jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi;