Nazorat savollari
Aksonometriya qanday tasvir?
Siz qanday aksonometrik proyeksiyalarni bilasiz?
3.To‘g‘ri burchakli izometriyada ellipsning katta va kichik o‘qlari qanday qiymatga teng?
4.To‘g‘ri burchakli dimetriyada ellipsning katta va kichik o‘qlari qanday qiymatga teng?
5.Izometrik va frontal dimetrik proyeksiyalardagi tasvirlarni hosil qilish uchun proyeksiyalovchi nurlar proyeksiyalari tekisliklariga nisbatan qanday yo‘nalgan?
6.Izometrik va frontal dimetrik proyeksiyalarning o‘qlari qanday joylashtiriladi?
7.Aksonometrik proyeksiylar chizishning umumiy bosqichlarini aytib bering?
8.Texnik rasm aksonometrik tasvirdan nimalari bilan farq qiladi?
47
4-mavzu: Mashinasozlik chizmalari va proyeksion chizmachilik
Reja:
Mashinasozlik chizmasi va uning vazifasi. Detallarning ish chizmalari, ularning turlari va vazifalari
Mashinasozlik chizmalarida shartlilik va soddalashtirishlar. Ko‘rinishlar.
Qo‘shimcha simmetrik va mahalliy ko‘rinishlar. Kesimlar. Chiqarilgan kesim
Ustiga chizilgan kesim.Qirqimlar. Pog‘onali siniq va mahalliy qirqimlar.
Kesim deb, jismning tekislik bilan kesishishi natijasida hosil bo‘lgan yassi shaklga aytiladi. Ko‘pyoqlikning tekislik bilan kesishishidan ko‘pburchak (yopiq siniq chiziq) hosil bo‘ladi.
Aylanish jismlari tekislik bilan kesishsa, egri chiziq bilan chegaralangan ellips, aylana, parabola, giporbola ko‘rinishidagi kesim shakli hosil bo‘ladi.
Texnikaviy chizmachilikda kesim chizig‘i bo‘lgan detallar ko‘p uchraydi va ularning grafikaviy bajarilishi kesimlar yasashga asoslangan.
Kesik detallar sirtlarini yoyish uchun yassi materiallarni bichishga to‘g‘ri keladi. Ularga bunkerlar, mashina va dastgoh to‘siqlari kiradi. Kesik detallarning yaqqolligini oshirish uchun ular aksonometrik proyeksiyalarda tasvirlanadi.
Jismning tekislik bilan kesimi va uning yoyilmasi kompleks chizmalarda quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
Geometrik jism uchta proyeksiyalar tekisliklariga proyeksiyalanadi.
Proyeksiyalovchi tekislik bilan jismni kesimi aniqlanadi.
Kesim shaklini haqiqiy kattaligi aniqlanadi.
Kesik jismni aksonometriyasi quriladi.
Kesik jism sirtining yoyilmasi quriladi.
Proyeksion chizmachilikda jism kesimining uch ko‘rinishi qo‘llaniladi:
Gorizontal-proyeksiyalovchi tekislik yordamida (4.1-chizma).
Frontal-proyeksiyalovchi tekislik yordamida (4.2-chizma).
Umumiy vaziyatdagi tekislik yordamida (4.3-chizma).
48
4.1-chizma. 4.2-chizma. 4.3-chizma.
Prizma kesimlarining hamma usullari bilan tanishganimizdan so‘ng, keyinchalik ko‘p hollarda gorizontal proyeksiyalovchi va frontal-proyeksiyalovchi tekisliklarda foydalanamiz.
Umumiy vaziyatlardan tekisliklar ayrim hollarda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |