Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o„zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/138
Sana25.04.2022
Hajmi3,88 Mb.
#581651
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   138
Bog'liq
kompyuter lingvistikasi

Gipotetik 
(nazariy) modellarga xos xususiyatlar sifatida o‗z-o‗ziga 
zid emaslik, tavsifning to‗liqligi, modelning soddaligini keltirish mumkin. 
Yaratuvchi modellar tilshunoslik rivojlanishi natijasida yuzaga keldi. 
Bunda lingvistik modellar mavjud tushunchani tekshirishdan o‗tib, 
yaratuvchanlik xususiyatini kasb etadi. Yaratuvchi modellar invariantligi 
asosida variantlar haqida xulosa chiqariladi. 
Olimlar modellashtirish metodining bir qator afzalliklari va pragmatik 
jihatlarini nazarda tutadilar. Buni quyidagicha izohlash mumkin: 
- modellashtirish tavsifiy emas, amaliy metod hisoblanadi;
-
modellashtirish metodi har qanday sharoitda optimal («eng qulay», 
«eng maqbul») hisoblanadi; 
-
modellashtirish metodi tejash prinsipiga tayanadi. Bunda uzun ta‘rif 
va tavsiflarga ehtiyoj bo‗lmaydi; 
-
obyektni tushuntirish va izohlashni osonlashtiradi va soddalashtiradi. 


60 
Modellashtirish metodining pozitiv va pragmatik tomonlari bilan birga 
cheklangan jihatlari ham bor. Ular quyidagilarda namoyon bo‗ladi: 
- modellashtirishda faqat struktur va formal belgilarga asoslaniladi. 
Bunda mazmuniy tomon, semantik qirralar e‘tibordan chetda qoladi. 
Vaholanki, har qanday hodisaning, xususan, lisoniy hodisaning mohiyati 
shakl va mazmun birligida o‗z ifodasini topadi; 
-obyekt haqidagi bilimlar rivojlanib borgan sari modellar eskiradi. 
Fan, ma‘lum ma‘noda, avvalgi bilimlarni inkor qilish hisobiga rivojlanadi. 
Mavjud modellar bilimlar chegarasini nisbatan cheklaydi va xato 
tasavvurlarga olib kelishi mumkin; 
-tabiat va jamiyatdagi hech bir narsa boshqa obyektlar ta‘siridan xoli 
bo‗lmaydi. Ya‘ni modellar nisbiylik xarakteriga ega, ularni mutlaq haqiqat 
sifatida qabul qilib bo‗lmaydi. 
Modellashtirish tilshunoslikda strukturalizm yo‗nalishi ta‘sirida faol 
tatbiq qilina boshlandi. Gap strukturasini modellashtirish g‗oyasi XX 
asrning 50-yillarida amerikalik tilshunos Charlz Friz tomonidan ilgari 
surildi. Olim o‗z qarashlarini umumlashtirib 1952-yilda «The Structure of 
English» nomli tadqiqotini yaratdi. Ch.Friz o‗z konsepsiyasini 
distributiv 
model
deb nomlagan. Unga ko‗ra, gap muayyan turkumlarga oid bo‗lgan 
so‗zlar zanjiri hisoblanadi va tahlilda morfologiya bazasiga tayaniladi. 
Masalan, 
«The young man painted the door yesterday» 
jumlasi distributiv 
model asosida quyidagicha tahlil etiladi: D 3 P 2-d D I
b
4. Bu yerda D – 
otning aniqlovchisi (inglizcha 
determiner
), 3 – sifat, I – birlikdagi ot, 2-d – 
o‗tgan zamon shaklidagi fe‘l, 4 – ravishni anglatadi. Demak, mazkur 
modelda turli turkumlarga mansub so‗z shakllarining nutq zanjiridagi 
distributsiyasi (tarqalishi, qurshovi) gap strukturasini modellashtirishning 
asosiy mezoni sanaladi
1

So‗z turkumlarini modellashtirishda quyidagi shartli belgilar e‘tirof 
etilgan. 

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish