Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universiteti
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021)
53
Zahiriddin Muhammad Boburning shoh asari “Boburnoma”ga ilova qilingan miniatyuralar, boshqa
asarlarga ilova qilingan jadvallar, chizmalar illyustrativ korpus namunalaridir. Alisher Navoiyning
“Majolis un-nafois”, “Nasoyim ul-muhabbat” asarlari mualliflik korpusiga namuna bo‘ladi.
Qayd etilgan asarlarning elektron varianti asosida ma’lumotlar bazasini shakllantirib, mumtoz matnlar
korpusi sifatida foydalanish mumkin. Korpusning muhim qiymatlaridan biri – tadqiqotlar uchun material
bo‘lish sifati fikrimizni dalillaydi.
Korpuslar lingvistik tadqiqotlar uchun material sifatida amaliy ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, filologik
tadqiqotlar uchun korpuslarning o‘rni beqiyos.
O‘zbek tilining Milliy korpusi o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyotini yoritishda, so‘z boyligini ham diaxron,
ham sinxron nuqtayi nazardan tahlil qilishda muhimdir.
Korpuslar bir necha turga ajratilgan. Tadqiqotchi A.Raxmanova korpuslarni ifoda tili nuqtayi nazaridan
yondashib, ikki guruhga ajratadi [Raxmanova,2021]: bir tildagi matnlar korpusi va parallel matnlar
korpusi.
Korpuslarning barcha turlari bir tilli matnlar korpusiga oiddir.
Bir tildagi matnlar korpusi o‘z ichida kichik guruhlarga ajratilgan: turli janrdagi matnlar
qiyoslangan korpuslar, muammolar aks etgan korpuslar, sarlavhali korpuslar, tadqiqotlar korpusi,
illyustrativ korpuslar, sohaga doir korpuslar, mualliflik korpuslari, tadqiqotlar korpusi, publitsistik
matnlar korpusi, lingvodidaktik (ta’limiy korpuslar).
Parallel matnlar korpusi ikki tilli (o‘zbek-ingliz, rus-ingliz) va ko‘p tilli (rus-ingliz-fransuz)
bo‘lishi mumkin [Raxmanova,2021].
Korpuslarning lingvistik tadqiqotlardagi ahamiyatini quyidagi korpus turlari bo‘yicha ko‘rib chiqamiz.
Milliy korpuslarning lingvistik tadqiqotlardagi ahamiyati:
Milliy korpuslarda o‘zbek tilining lug‘at boyligi keng qamrovda jamlab olinadi. Adabiy til, shevalar,
sotsiolektlar; tilning tarixiy qatlamlari: arxaik va tarixiy so‘zlar ham aks ettiriladi.
Milliy korpus tilning tarixiy taraqqiyotini o‘rganish uchun material bo‘ladi.
Milliy korpuslar ajdodlar va avlodlar o‘rtasidagi “olis masofa”ni yaqinlashtirishga xizmat qiladi. Arxaik
va tarixiy so‘zlarning ma’nosini tadqiqotchi maxsus lug‘atlarsiz ham bilishi mumkin bo‘ladi.
Milliy korpuslar tilning asosiy, tayanch boyligi hisoblangan shevalar haqida ham keng ma’lumot beradi.
Yaratilayotgan milliy korpuslar shevalarning rang-barang ko‘rinishlarini qamrab olishi, hudud kesimida
farqlanadigan belgilarini ham aks ettirishi lozim. Milliy korpuslar shevalarga oid tadqiqotlar uchun faktik
material bo‘la oladi.
Parallel matnlar korpusi ikki yo‘nalishda yaratilishi mumkin:
1.Qardosh tillarga oid parallel matnlar korpusi.
2.Turli oilaga mansub tillarning parallel matnlar korpusi.
Turkiy tillarga oid parallel matnlar korpusi umumturkiy taraqqiyot bosqichlarini tahlil qilishda, turkiy
tillarning keyingi rivojlanish xususiyalarini aniqlashda muhimdir. Turkiy tillarga xos singarmonizm
hodisasining saqlanib qolish darajasi, eng qadimgi fonetik hodisalar, leksik va morfologik elementlarning
keyingi davrlarda qo‘llanish holati masalasida ham korpuslar amaliy manba sifatida xizmat qiladi.
Sohalar kesimida yaratiladigan korpuslar tilshunos uchun zarur materialdir.
Birinchi navbatda soha terminologiyasini tadqiq etish imkoniyati yaratiladi. Terminlar, ularning
shakllanish manbalarini aniqlashda sohalar doirasidagi korpuslar tadqiqotchiga amaliy yordam beradi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarida belgilangan vazifalarni amalga
oshirishda, terminlarni shakllantirishda va o‘zbek tilining lug‘at boyligini ichki manbaga asoslanib
boyitishda sohalarga doir korpuslarning o‘rni muhimdir.
Mualliflik korpuslari muayyan ijodkorning so‘z qo‘llash mahoratini yoritish, yozuvchining tildan
foydalanish malakasini o‘rganish, yozgan asarlari matnini zamondosh ijodkorlar bilan qiyoslashda
tadqiqotchiga material sifatida xizmat qiladi.
Og‘zaki matnlar korpusi xalq og‘zaki ijodi materiallarining fonetik xususiyatlarini o‘rganishda,
turkiy tillar tabiatiga xos singarmonizm qonuniyatini yoritishda, fonetik hodisalarni tahlil qilishda amaliy
ahamiyat kasb etadi.
O
‘
zbek tilining Milliy korpusini yaratishda tizimli ravishda yondashish zarur. Mualliflik korpuslari,
ta’lim korpuslari, og
‘
zaki matnlar korpusi, parallel matnlar korpusi, sheva so
‘
zlari korpusi, ta’lim
korpuslari kabi korpus turlarini alohida shakllantirish kerak bo
‘
ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |