Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 7,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/398
Sana26.02.2022
Hajmi7,21 Mb.
#467559
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   398
Bog'liq
Тайёр Миллий корпус тўплам 17.05

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY 
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY 
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021) 
52 
kompyuter texnologiyalarining o‘rnini aniqlash vazifalari belgilanadi. Korpus lingvistikasi korpuslarni 
yaratish va ular asosida lingvistik tadqiqotlarni amalga oshirish, lisoniy tizimlarni obyektiv va lingvistik 
yo‘nalishlar: leksikografik tadqiqotlar, tilning leksik qatlami tavsifi, til lug‘at boyligidagi so‘zlarning 
qo‘llanish nisbati, tildagi leksik-semantik, struktur o‘zgarishlar, tabiiy tillar grammatikasining 
o‘rganilishi, til tizimi mohiyati va uning qo‘llanish tavsifi bilan shug‘ullanadi [Xolmanova, 2019:75].
O‘zbek kompyuter lingvistikasi XX asrning oxirlari XX asr boshlarida shakllandi. Tabiiy tilni qayta 
ishlash g‘oyasi amaliyotga tatbiq etila boshladi. “Kompyuter lingvistikasi” yuzasidan o‘quv 
qo‘llanmalari, darsliklar e’on qilindi. Bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari amalga 
oshrildi. Kompyuter lingvistikasi laboratoriyalari tashkil etildi. Doktorlik dissertatsiyalarining mavzulari
belgilandi. O‘zbek tilining axborot uslubini shakllantirish masalasi kun tartibiga qo‘yildi. 
Korpus lingvistikasi, dastavval, “Kompyuter lingvistikasi”ning bir yo‘nalishi bo‘lib, keyinchalik alohida 
soha sifatida rivojlana boshladi.
Korpus
(korpus) lotincha «tana» degan ma’noni bildiradi. “Korpus so‘z, so‘z birikmasi, grammatik 
shakllarni, so‘z ma’nosini muayyan qidiruv tizimi orqali topishni anglatuvchi elektron ko‘rinishdagi 
matnlar jamlanmasidir” [http://rusorpora.ru].
Korpus
tushunchasi bilan yonma-yon “matnlar korpusi” atamasi ishlatilmoqda.
Matnlar korpusi
elektron 
holda saqlanadigan fonema, grafema, morfemalar, leksema, gap va matnlardan tashkil topishi mumkin 
bo‘lgan yaxlit butunlikdir. Korpuslar aslida ma’lumotlar bazasi sifatida shakllantiriladigan, tilshunoslik 
masalalarini hal etish maqsadida va turli yo‘nalishdagi tadqiqotlarni amalga oshirish uchun material 
sifatida xizmat qiladigan jamlanmadir [Baranov,2001:61]. 
Jahon tilshunosligida korpusga doir ilk ma’lumotlar XX asrning 40-yillarida qayd etilgan. Korpuslar 
tarixi haqida so‘z borar ekan, birinchi navbatda 1961 – 1964 yillarda yaratilgan Braun korpusi tilga 
olinadi. Bu korpus Braun universitetida yaratilgan, har biri 2000 so‘zli 500 ta matn fragmentini o‘z 
ichiga oladi. 
O‘zbek tilshunosligida kompyuter lingvistikasi, tabiiy tilni qayta ishlash, statistik tahlil 
masalalariga doir izlanishlarda korpus lingvistikasiga ham to‘xtalib o‘tilgan [Po‘latov,2008]. Kompyuter 
lingvistikasi 
yo‘nalishlari 
monografik 
tadqiqot 
obyekti 
sifatida 
o‘rganila 
boshladi 
[Abdurahmonova,2018; Abjalova,2019]. Kompyuter lingvistikasining yo‘nalishi sifatida shakllangan, 
hozirda o‘z taraqqiyot yo‘nalishiga ega bo‘lgan alohida soha hisoblanuvchi korpus lingvistikasi 
masalalari keyingi yillarda monografik planda tadqiq etilmoqda[Hamroyeva,2018]. Tezauruslarning 
ma'lumotlar bazasi sifatidagi qiymatlari yoritilgan tadqiqotlar ham korpuslar haqida muayyan tasavvur 
berishga xizmat qiladi

Tezauruslarning tuzilishi, ishlash tamoyillari, kompyuter bazasi sifatidagi 
imkoniyatlari, WordNet tezaurus bazasi haqidagi ma’lumotlar ham ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. 
Korpusning shakllanish davri dunyo miqyosida XX asrning o‘rtalari deb belgilangan. O‘zbek korpus 
lingvistikasi hali shakllanib ulgurgani yo‘q. Biz jahon tillarida yaratilgan korpuslarni o‘rganish, ularning 
mohiyatini yoritish, amaliy ahamiyatini ko‘rsatish jarayonidamiz. Soha shakllanib ulgurishi uchun esa 
tadqiqotlar tizimi kerak bo‘ladi. Bizda korpusga doir tadqiqotlar yaqin davrlardan boshlab amalga 
oshirilmoqda. Bunday tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, har bir korpus turi, yo‘nalishlari kesimida 
izlanishlar tizimini yaratish soha shakllanishi va rivojlanishini ta’minlaydi.
Shuni ta’kidlamoqchimizki, korpus o‘zbek tili, adabiyoti, madaniyati uchun yangilik emas. Korpuslar, 
garchi elektron ko‘rinishda bo‘lmasa-da, o‘zbek tili tarixida yaratilgan, ulardan amalda foydalanilgan.
Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”asari qadimgi turkiy til, eski turkiy til so‘zlari va shu 
so‘zlar ishtirokidagi turli hajmdagi matnlarni qamrab olgan korpus hisoblanadi. 
Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy yaratgan fors-tojik tilidagi “Xamsa”lar bilan 
Alisher Navoiyning turkiy tildagi “Xamsa”si parallel matnlar korpusining yaqqol namunasidir. 
“Xamsa” dostonlarining har biri alohida matnlar korpusidir. Masalan, “Saddi Iskandariy” dostonini 7315 
baytli yirik matn korpusi, deyish mumkin. 
Ajdodlarimiz gipertekst texnologiyasidan foydalanib, qoliplash san’atini qo‘llaganlar. Qoliplash san’ati 
“hikoya ichida hikoya”ning kelishi yoki matn ichida uni izohlovchi, to‘ldiruvchi qo‘shimcha matn 
berilishidir. Biz bugun bu yondashuvlarni “intertekstuallik”, “pretsedent birliklar” tarzida g‘arb 
adabiyotiga havola qilib, ularning fikriga tayanib kelyapmiz. “Hayrat ul-abror”, “Layli va Majnun” ichida 
hikoyatlar keltirilgan. “Sabba’i sayyor” dostoni matnida yettita qo‘shimcha matn keltirilgan. Bu matnlar 
ijodkorning g‘oyasini, qarashlarini yoritishda dalil vazifasini bajargan. 
Gulxaniyning “Zarbulmasal”i ham gipertekst texnologiyasining yorqin misolidir. 



Download 7,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish