Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 7,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/398
Sana26.02.2022
Hajmi7,21 Mb.
#467559
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   398
Bog'liq
Тайёр Миллий корпус тўплам 17.05

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY 
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY 
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021) 
39 
Sinonimayzerlarning ishlash prinsipi.
Sinonimayzerlar avtomatik va yarimavtomat boʻlinishi mumkin. Yarimavtomat sinonimayzerlar 
foydalanuvchiga u belgilab olgan soʻzga mos sinonimlar roʻyxatidan muvofigʻini tanlab olishni taklif 
qiladi. Toʻliq avtomatik sinonimayzerlar matndagi soʻzlarni foydalanuvchi ishtirokisiz ularning 
ma’nodoshlari bilan avtomatik tarzda almashtiradi. 
Avtomatik sinonimizatorlarga xos matn almashtirishlarning ikki turi mavjud: nomorfologik 
(qatorli) va morfologik (lugʻatli) [2]. 
Nomorfologik (qatorli) almashtirish matndagi belgilangan soʻzning dastur backendi, ya’ni 
ma’lumotlar bazasida ikkala tomonida harfiy simvollar hisoblanmagan belgilar boʻlgan soʻzga uning 
oʻsha shakliga mos ma’nodoshiga almashtirilish jarayoni e’tiborga [3] olinadi. Aniqroq tushuntirilganda, 
bu jarayonda faqat sinonimlarning izohli lugʻati [4, 6] va yordamchi lugʻatlar [5,7,8]ga tayaniladi. 
Soʻzshakli e’tiborga olinmaydi. Masalan, agar soʻziga uning mabodo [f-t], magar [f-t], basharti [f-
t+a], bordiyu kabi ma’nodoshlari taqdim etiladi (1-rasm). 
1-rasm 
Ammo oʻrin-payt kelishigi affiksini qoʻshib agarda tarzida soʻzshakli qidiruv satriga yozib, 
qidiruvga berilsa ma’lumot taqdim etilmaydi (2-rasm) 
2-rasm 
Morfologik
(lugʻatli) almashtirishlar soʻzning grammatik shaklini ham hisobga oladi va har qanday 
soʻzshakli oʻzining muvofiq shaklida ma’nodoshi bilan almashtiriladi. Ba’zi dasturlar nafaqat soʻzlarni, 
balki tarkibi oʻnta soʻzgacha boʻlgan soʻz birikmalari yoxud iboralarni ham oʻzgartirishi mumkin. 
Baʻzi sinonimizatorlar almashtirishning ikkala turini ham amalga oshirishi mumkin. Agar dastur 
morfologiyani tushunish imkoniyatiga ega boʻlmasa, unda ma’lumotlar bazasi qoʻlda yoki turli xil 
yordamchi dastur (utilit)lar yordamida har xil soʻzshakllarini lemmalash yoki stemlash imkoniyati 
natijasida soʻzshakllarga ham sinonimlarni taqdim etish yoxud ma’nodoshlariga almashtirish imkoniyati 
yuzaga keladi. Bunday dasturlar “turlovchi/tuslovchilar” deb ham nomlanadi. 
Oʻzbek tili Milliy korpusida sinonimayzerning nomorfologik turi ishga tushirilgan (3-rasm) boʻlib, 
bu oʻzbek tili uchun yaratilgan 1-sinonimayzer hisoblanadi. Kelajakda uning morfologik turi boʻyicha 
soʻzshakllarni ularning mos shakliga almashtirish imkoniyatini yaratish uchun ma’lumotlar bazasini 
mukammallashtirilishi ustida ish olib borilmoqda. 3-rasmda Oʻzbek tili Milliy korpusining “Lugʻatlar” 
rukni qidiruv satriga kiritilgan katta soʻziga korpus sinonimayzeri tomonidan uning ma’nodoshlari va, 
hatto, zid ma’nolari (antonimlari) taqdim etildi. 



Download 7,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish