Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universiteti
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021)
20
O‘ZBEK TILINING MILLIY KORPUSUNI YARATISHDA
TRANSKRIPSIYA VA IMLO MASALASI
IN THE CREATION OF THE NATIONAL CORPORATION OF THE UZBEK LANGUAGE
THE PROBLEM OF DESCRIPTION AND SPECIFICATION
Temur Xo‘jao‘g‘li
*
8
Annotatsiya:
Ushbu maqola o‘zbek tili borasidagi ilmiy ishlarda ishlatiladigan ilmiy
transkriptsiya alifbosi umumturkologiyaga hamda o‘zbek tilining maxsus xususiyatlariga mos bo‘lishi
kerakligiga bag‘ishlangan. Muallif tomonidan o‘zbek tili ilmiy transkripsiyasi bo‘yicha ko‘rsatmalar
berilgan.
Kalit so‘zlar:
alifbo, transkriptsiya, harf, tovush, lotin yozuvi.
Annotation:
This article is devoted to the fact that the alphabet of scientific transcription used in
scientific works on the Uzbek language should correspond to the general Turkology and the peculiarities
of the Uzbek language. The author gives instructions on the scientific transcription of the Uzbek
language.
Keywords:
alphabet, transcription, letter, sound, Latin script.
O‘zbek tili borasidagi ilmiy ishlarda ishlatiladigan ilmiy transkriptsiya alifbosi ham
umumturkologiyaga hamda o‘zbek tilining maxsus xususiyatlariga mos bo‘lishi kerakdir.
O‘zbek yozuv tilida 1923-yildan bugungacha ko‘p sonda yirik alifbo o‘zgarishlar yuz berdi. Bu
yirik alifbo o‘zgarishlari o‘zbek tili talaffuzi hamda imlosida turli ijobiy va salbiy o‘zgarishlarga ham
sabab bo‘ldi. Bu o‘zgarishlarning mohiyatini izoh qilish orqali nima uchun o‘zbek tili va adabiyoti uchun
maxsus bir transkriptsiya alifbosi kerakligi aniqlanadi.
11-asrdan 20-asr boshlarigacha Islomiy davr Turkiy adabiy asarlarida uzoq muddat arab alifbosi
ishlatilgan: Qoroxoniy va Chig‘atoy adabiyotida Turkiy tildagi 9 ta unli tovushni bu an’anaviy arab
alifbosida yozish mumkin emas edi. Shu sababdan 1923-1928-yillar orasida isloh etilgan «Yangalif»
nomli yangi bir arab alifbasi va undan keyin 1928-1934-orasidagi o‘zbek lotin alifbosida o‘zbek tilidagi
9 ta unli tovush uchun 9 ta harf kiritilgan edi. Lekin, 1934-yilda o‘sha lotin alifbosidan 4 ta harf, ular
ichida yo‘g‘on ı (ь), ingichka ö (ϴ), ingichka ü (Υ) kabi uchta unli tovushga tegishli uchta harf olib
tashlandi. 1940-yilda o‘zbek kirilitsa alifbosiga o‘tilganida ham bu uchta unli tovush uchun harf
kiritilmadi. Keyin 1995-yilda ma’qullangan o‘zbek lotin alifbosida ham bu 3 ta unli tovush uchun 3 ta
harf qo‘shilmadi. Kelajakdagi o‘zbek lotin alifbosi qanday bo‘lib chiqishidan qat’iy nazar, o‘zbek tili
korpusi uchun bitta ilmiy transkriptsiya alifbosi ustida kelishish kerak, u ham lotin yozuviga asoslangan
bir alifbo bo‘lishi zarur.
O‘zbek tili ilmiy transkripsiyasida ayniqsa 9 ta unli tovush uchun 9
ta harf bo‘lishi zaruırdir:
Yo‘g‘on unli tavuşlar uchun shu 4 ta harf kerak
: a
- o - u - ı. Ingichka unli tavushlar
shu 5 ta harf kerak
: ä - ö - ü - i
- e. Unsiz (undosh) tavushlar uchun shu harflar: b, c, ç, j, d, f,
g, ğ, h, x, k, q, l, m, n, ŋ, p, r, s, ş, t, v, y, z.
Misol
: Cho‘lponing 1922-yilda arab yozuvidagi «Küz» she’rini bu
ilmiy trantskripsiya bilan shunday yozish mumkin:
KÜZ / Kömkök ekän sarğaydılar yapraqlar / Ağrıq, mağlub tutqun şarqnıñ
yüzidek; / Boranlarnıñ közläri kim, oynaqlar / Ğalib ğarbnıñ qanğa tolğan
közidek.
Qara bulut tödäsi kim köklärni / Şarqnı yapqan pärdä yañlığ
yapmışdır; / Küz qoşunı ağu toluğ oqlarnı / Yaz bağrığa heç sanaqsız
atmışdır!
Bäla yañlığ qatar-qatar çizilib, / Kök yüzidän qarğalar häm ötälär; / Şarqdek içdän yaşırınginä
ezilib, / Köb canlılar soñğı tinni kütälär.
Bütün barlıq – çağlıq öçiş aldıda / Savuq qara qışğa köçiş aldıda /
1921 yıl, noyabr 4, Buxara
8
Michigan State University, professor, doktor
Do'stlaringiz bilan baham: |