INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE
«ACTUAL ISSUES OF THE DEVELOPMENT OF THE SOCIAL SECTOR OF THE
ECONOMY: DOMESTIC AND FOREIGN EXPERIENCE»
ANDIJAN, UZBEKISTAN, MAY
2020
319
«Иқтисодиётнинг ижтимоий секторини ривожлантиришнинг долзарб масалалари: миллий ва хорижий тажриба»
«
Актуальные вопросы развития социального сектора экономики: отечественный и зарубежный опыт
»
2.
Baho siyosati va baho belgilash;
“Pan- Amerika” aviakompaniyasining muvaffaqiyatli baho siyosati “Delta”
kompaniyasidan о‘zib ketishga imkon berdi. Baho bо‘yicha asosli ravishda “Tayota”
qisqa vaqt ichida AQSH avtomobillar bozoriga kirib, qaror topib olishga yо‘l ochdi.
Baho strategiyasi asosan firma rahbariyati doirasida amalga oshiriladi, ammo uni
tegishli marketing mutaxassislari bozor, raqiblar va iste’molchilarni tekshirish
asosida ishlab chiqadilar va asoslab beradilar. Tovarlarga baho belgilash – bu juda
mushkul vazifa, tovarning bahosi uning ishonchliligi va foydaliligi bilan
kafolatlanishi kerak.
1.
Sotuv va servis hizmati.
Tovar satadigan filiallar tarmog‘i chet ellarda kengayib borioqda. Masalan,
“Ford motor”-27, “Jeneral motors”-24, “Ay-bi-em”-14, mamlakda о‘zining ishlab
chiqaruvchi va ish olib borayotgan filiallariga: “Fiat” firmasining “Someko” filiali,
“Toyota Motor Seylz”, “Toyota Doyland GMBX” filialilari, “Nissan Motor
Korporeyshn” firmasining “Nissan motor Korp” AQSH filiali va boshqalar.
Bularning samarali ishlab borayotgani nafaqat savdo sotiqni yaxshi yо‘lga qо‘yilgani,
balki faollik bilan tadqiqod ishlarini olib borilayotkanligi, ishonchli zarur axborotni
yig‘ib borilayotganligi bilan ham izohlanadi.
Endi servis xizmati haqida. “Folksvagen” firmasi texnika asbob uskuna
sotilgandan keyin xizmat kо‘rsatib turishni nazarda tutib “Bizning buyumimizni sotib
olib ishlataversangiz bas, qolganini hammasini bizning о‘zimiz qilamiz” deb kafolat
berar ekan. Jahonda “Tayota Motor korporeyshn”, “Panosonik”, “Xitichi”, “Ay-bi-
em”, “Jeneral Motorz”, “Mazda”, “San’o”, “Kodak”, “Polaroid” va boshqalar eng
uzoq muddat bilan о‘z mahsulotlariga kafolat beradilar va ishonchli hizmat
tarmog‘ini yaratganlar.
2.
Marketing faoliyatining tahlil va nazorat qilish.
Zamonaviy marketingning eng muhim vazifasi bozorning rivojlanish
tendentsiyalarini, iste’molchilarni nimalarni afzal kо‘rishlarini о‘z vaqtida payqab
olish, shuningdek zamonaviy bozor sharoitiga qarab faoliyatni tez о‘zgartirishdan
iborat. Bir necha yillardan beri AQSH bilan Yaponiya firmalari о‘rtasida
chinakamiga iqtisodiy urush ketayapti. Bu ayniqsa, raqobat kurashining bosh
qahramonlari avtomobilsozlarga tegishli.
Yaponlarning marketing maktabi, agar samarali marketing sistemasi о‘z
tovarining iste’molchi oldida barqaror bо‘lib qolishini istasa, u samarali ishlab
chiqarish sistemasini kо‘zda tutati, deb о‘rgatadi. “Toyota” sistemasi, “Nissan” dagi
yapon shovvozlarining sistemasi ratsional ishlab chiqarish sistemasidir, chunki ular
ishlab chiqarish jarayonining keraksiz elementlarini butunlay tugatishga imkon
beradi. Asosan ular F.Taylor (Ishlab chiqarishni ilmiy asosda boshqarish) bilan
G.Ford sistemasi (yalpi ishlab chiqarishda konveyr liniyasida yig‘ishni tashkil etish)
dan oqilona foydalana biladilar. “Toyota” ning asosiy shiori “Avtomobil eng
tejamkor, eng arzon va eng sifatli bо‘lsin” degan shiordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |