1. Yer haydashga ta’rif bering.
2. Pluglarning vazifalari nimalardan iborat?
1.3. QISHLOQ XO‘JALIGI MASHINALARI
Urug‘ va ko‘chat ekish usullari, me’yori, muddatlari.
Urug‘larni bir tekis undirib olish tadbirlari
Erta hosil olish uchun ko‘pchilik sabzavot va manzarali
gullarning urug‘lari sovuq tushishidan oldin kuzda ekiladi.
Qishga sabzi, petrushka, ukrop, seldr, kashnich urug‘lari, sa-
rimsoqpiyoz, lola piyozi ekiladi. Bu o‘simliklarning maysalari
yer muzlashiga ham chidamli bo‘ladi. Ekin ekilganda har bir
ekin uchun qatorlar orasida va qatorda qancha masofa oralab
urug‘ qadash, ko‘chat ekish, qanday chuqurlikda ko‘mish
hisobga olinadi. Har bir ekin uchun belgilangan urug‘ va
ko‘chat ekish sxemasi mavjud. Ekin ekishda turli usullardan
foydalaniladi: qatorli, tor qatorli, keng qatorli, tasmali, uyali,
kvadrat-uyachali va boshqalar (11-rasm). Ekish usuli ekin tu-
riga, qaysi maqsadda ekilishiga (don uchun, ko‘kat, silos va
h.k.), tuproq unumdorligiga qarab turlicha bo‘ladi.
Ko‘pgina donli, dukkakli va ba’zi texnika ekinlari asosan
umumiy qatorlarga qatorlar oralig‘i 15 sm kenglikda ekiladi.
Ba’zan qatorlar oralig‘i 7,5 sm gacha bo‘lishi mumkin. Bun-
day ekish tor qatorli ekish deb ataladi. Shunday ekinlar bor-
ki, ularning qator oralig‘i 45 sm va undan kengroq bo‘lishi
mumkin. Bunday ekish keng qatorli ekish deyiladi. Ekiladigan
ekin ekish usuliga bog‘liq holda seyalkalar 2 turga: qatorli va
qatorsizga bo‘linadi. Turli ekinlarning urug‘larini ekish uni-
14 – Mehnat ta’limi, 5-sinf
210
versal deyiladi. Misol uchun,
donli, dukkakli va ko‘katlar,
maxsus ekin urug‘larini so-
nini olish mumkin bo‘lgan
(qand lavlagi, makkajo‘xori)
yoki ekinlar soni cheklangan
bo‘lishi mumkin. Universal
don seyalkasi donli va duk-
kakli ekinlarni ekish bilan
bir vaqtda donali mineral
o‘g‘itlarni ham solish vazifa-
sini bajaradi. Seyalka 15 km
soat tezlikda ishlaydi, 3,6 m
kenglikni qamrab oladi.
Urug‘larning bir tekis unib chiqishi ko‘p jihatdan urug‘
sifatiga bog‘liq. Urug‘ sifati deyilganda uning tozaligi,
unuvchanligi, yirikligi, to‘qligi, kasallanmaganligi va zarar-
lanmaganligi nazarda tutiladi.
Urug‘larga begona o‘tlar urug‘lari aralashmagan bo‘lishi
zarur. Shuning uchun urug‘larni ekishdan oldin begona o‘t
urug‘lari, xas-cho‘plari va boshqa aralashmalardan tozalana-
di. Urug‘lar qancha tez, to‘liq unib chiqsa, shunchalik sifat-
li hisoblanadi. Agar ekin urug‘lari bir qismi unib chiqmasa
o‘simliklar siyrak bo‘lib qoladi va hosildorlik keskin kama-
yib ketadi. Shuning uchun urug‘larni ekishdan oldin undirib
ko‘riladi. Agar uni bir qismi unib chiqmasa, u holda urug‘lar
mo‘ljallanganga nisbatan ko‘proq ekiladi. Urug‘ yirik va to‘q
bo‘lsa, undan baquvvat va yirik nihollar o‘sib chiqadi va yax-
shi rivojlanadi. Begona o‘tlar siqib qo‘ymaydi hamda hosil-
dorlik yuqori bo‘ladi. Shuning uchun yirik va to‘q urug‘larni
saralab ekish tavsiya etiladi.
11-rasm. Qishloq xo‘jalik ekinla-
rini ekish sxеmasi: 1– qatorli; 2–
tor qatorli; 3–uyachali; 4–kvadrat-
uyachali; 5–shaxmatli; 6–oralab.
1
2
3
6
5
4
a
a
a
a
a a
a
a
a
a a
a
a
a
a
211
Do'stlaringiz bilan baham: |