175
Petlya chok qaviqlari chapdan o‘ngga
tomon gazlama ziyiga perpendikular
joy
lashtirib tikiladi. Bu choklar gardish-
siz tikiladi. Chok qaviqlarining yirikligi
bir xil bo‘lishi kerak.
Popop chok (53-rasm). Chok bir-bi-
rining ichidan chiqib keladigan uzluk-
siz qator petlyalardan iborat bo‘ladi. Bu
chokni gardishda va gardishsiz tikish
mumkin. Ikkala holda ham ignani o‘zi
tomon yuritib qaviq tushiriladi. Kashtani gardishsiz tikayot-
ganda gazlama tortilib qolmasligini, chok petlyalari yumaloq
shaklda bo‘lishini kuzatib borish kerak. Popop chokni siniq
chiziq tarzida tikish ham mumkin. Bunday chokning teska-
ri tomonidan qaviqlari va o‘ng tomonidagi petlyalari chok-
ning o‘rta chizig‘idan navbatma-navbat bir chapga, bir o‘ngga
joylashgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: