Iroqisimon chok (51-rasm). Gazlamadan sug‘urib chiqaril-
gan ikkita ip izi bo‘ylab yoki ixtiyoriy konturli kashta guli-
ning chizig‘idan tikiladi. Bunda kashta gulining goh u, goh
bu tomoniga navbatma-navbat igna sanchib, qaviqlar chapdan
o‘ngga tomon joylashtirib boriladi. Gazlamaga igna sanchil-
gan joylar oralig‘i bir xil bo‘lishi kerak.
Yo‘lning o‘rtasi bo‘ylab qaviqlar chali-
shib boradi. Har bir yangi qaviq oldingi
qaviq ustiga tushadi.
Yo‘rma chok (52-rasm). Ba’zan ziy
chok ham deyiladi, chunki bu chok bilan
gazlamaning chetlari tikiladi. Gazlamani
teskari tomoniga 3–4 sm bukib, gazla-
ma rangidagi ip bilan ko‘klab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |