Tikilayotgan kiyim qismlarining sifatiga qo‘yiladigan
talablar:
1. Qo‘l choklari bir xil uzunlikda tikiladi.
2. Mashina choklari belgilangan joydan va chetidan bir xil
masofada o‘tishi, burchaklari tekis chiqishi kerak.
3. Salqi qaviqqator va to‘g‘nag‘ich, ko‘klangan qaviqqator-
dan ke
yin olib tashlanadi, bu ko‘klash choki esa baxyaqator-
dan keyin olib tashlanadi.
4. Hamma choklari va qismlari dazmollanadi.
Tayyor kiyimning sifatiga qo‘yiladigan talablar:
1. Tayyor kiyimning tashqi ko‘rinishi tanlangan moda bilan
bir xil bo‘lishi kerak.
2. Kiyimning o‘xshash qismlari o‘zaro teng va simmetrik
joylashgan bo‘lishi shart.
3. Tayyorlangan kiyim yaxshi dazmollanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |