Asbob va moslamalar: masshtabli va 50 sm li chizg‘ichlar,
burchakli chizg‘ich, turli lekalolar, qalam – TM va 2M,
o‘chirg‘ich, albom, qaychi.
Masshtab 1 : 4 da chizilgan chizma asosida o‘z o‘lchamiga
fartuk va bog‘ichli qalpoqcha chizmasi chiziladi. Fartukning
va qoplama cho‘ntakning etak qismlari aylana shakliga kel-
tirilib modellashtiriladi. Asos chizmasi va modellashtirilgan
chiziqlar bo‘ylab fartuk va qalpoq
cha chizmalari qirqiladi va
andazani bichishga tayyorlanadi, ya’ni:
1. Kiyim nomini andazaga yozib qo‘yish – ko‘krakpech
qismi yaxlit bo‘lgan fartuk.
2. Andazaga kiyim o‘lchamini yozib chiqish – 38-o‘lcham.
3. Andaza detallarining sonini ko‘rsatish – 1 dona.
4. Andazada gazlamaning bo‘ylama ip yo‘nalishini aniqlash.
5. Andazada gazlamadan qoldirib bichiladigan chok haqi-
ning miqdorini yozib chiqish – yon qirqimida 1 sm.
Do'stlaringiz bilan baham: |