12. Xo‘jalikning yalpi daromadi – mahsulot sotishdan olinadigan yalpi pul tushumidan farq qiladi. Rejalashtirilgan yalpi daromad tarkibiga xo‘jalik a’zolari iste’moliga yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlar ham kiritiladi.
13. Yordamchi, qo‘shimcha va xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarning ishlab chiqarish dasturi – ishlab chiqarish quvvatlari, xom ashyo va materiallarga bo‘lgan talab, mahsulotlarni taqsimlash va h.k.
14. Moliyaviy natijalarning kutilayotgan rejasi - pul kirimlari va ularni taqsimlanish, kapital sarflar, ularning manbalari va yo‘nalishlari, maxsus fondlar, ularni tashkil qilish va foydalanish, foyda va sof daromadning taqsimlanishi, aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish masalalarini o‘z ichiga oladi.
4–савол
Biznes rejaning tarkibiy qismlari
Taklif etilayotgan loyiha turiga qarab (qanday mahsulot ish- lab chiqarish yoki xizmat turlariga qarab), biznes-rejaning bo‘limlari ham turlicha bo‘lishi mumkin. Lekin, bunday xujjatning mazmuni ozmi-ko‘pmi namunaviy bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Rezyume (xulosa). Bu biznes-rejaning boshlanuvchi va eng qisqa bo‘limi bo‘lib, u o‘zidan keyin keladigan barcha bo‘limlarning xulosasini o‘zida jamlaydi. Ko‘pgina sarmoya ajratuvchi investorlar, bankirlar (chunki ularning aksariyati, eng avvalo tadbirkorlardir) bir yoki ikki varaqli biznes-rejaning ushbu qisqa mazmunli bo‘limini o‘qishni yaxshi ko‘radilar. Chunki ular bu orqali loyihaning eng kerakli xususiyatlarini va afzal tomonlarini payqay oladilar. Shuning uchun bu bo‘limni tayyorlash juda mushkul ish va u biznes-rejani tayyorlovchi xodimlardan katta mahorat hamda bilimlarni talab qiladi.
Bu ishni faqatgina biznes-rejaning barcha bo‘limlari ishlab chiqilgandan so‘nggina yuqori saviyada bajarish mumkin. Shuni yodda tutish lozimki, rezyume (xulosa) - bu birinchi material bo‘lib, sarmoya ajratuvchi investor, bankir, uning mazmunidan loyiha haqida hukm chiqaradi.
Rezyumeda (xulosada) juda qisqa tarzda quyidagilar yoritiladi:
loyihaning mazmuni: uning maqsadi va imkoniyat darajasidagi samaradorligi;
ma’lum bir aniq bozor sharoitida loyihani amalga oshirish mumkinligi;
loyihani kim va qanday amalga oshiradi;
loyihani moliyalashtirish manbalari;
loyihani investitsiyalashdan keladigan, kutilgan foydalar: sotuv hajmi, ishlab chiqarish va sotish xarajatlari, foyda normasi, investitsiya mablag‘larini qaytarish hamda xarajatlarni qoplash vaqti.
2. Korxona (firma) haqida ma’lumotlar keltiriladi. Unda quyidagilar yoritiladi:
korxonaning (firmaning) tashkil etilgan vaqti;
ro‘yxatdan o‘tganligi;
korxona sarmoyasining tarkibi;
korxonaga xizmat ko‘rsatayotgan bank;
korxona rahbariyati haqida ma’lumot;
korxonaning tashkiliy-boshqaruv tuzilishi;
korxonaning imidji (ya’ni - xaridorlarning korxona haqidagi fikri, korxonaning boshqa xuddi shunday shakldagi firmalardan afzallik tomonlari, kimlar uning tovaridan yoki xizmatidan foydalanadi, korxonaning savdo belgisi qayerlarda ma’lum va asosiy xaridorlari kimlardan iboratligi ko‘rsatiladi).
korxona harakat qilayotgan ichki va tashqi bozor tahlil qilinadi.
3. Tovar mahsulot (xizmat turlari) tavsifi:
ishlab chiqarishga taklif etilayotgan mahsulot yoki xizmat qanday ehtiyojlarni qondiradi;
bozordagi hozirgi kunda mavjud bo‘lgan xuddi shu turdagi mahsulot yoki xizmatdan sizning mahsulotingiz yoki xizmatingiz qaysi afzal tomonlari bo‘yicha ajralib turadi;
taklif etilayotgan mahsulot yoki xizmat qanday mualliflik hujjatlari bilan himoya qilingan;
taklif etilayotgan mahsulot va xizmatning narxlari qanday bo‘lishi mumkin hamda qanchalik raqobatga bardosh beradi;
mahsulot yoki xizmatni sotish natijasida qanchalik foyda normasiga erishish mumkin.
4. Sotuv bozori:
mahsulot yoki xizmatning asosiy xaridorlari kimlar bo‘ladi;
hozirgi vaqtda hamda kelajakda sotuv hajmi qanday bo‘lishi mumkin;
asosiy - raqobatchilar kimlar, ularning sotuv xajmi qancha, marketing strategiyasi va daromadlari qanday;
raqobatchilarning mahsuloti qanday: asosiy tavsifnomasi hamda sifat darajasi qanday;
raqobatchilar mahsulotlari yoki xizmatlarini qaysi narx- larda sotmoqdalar, ularning narx siyosatlari qanday.
5. Marketing strategiyasi:
ichki va tashqi bozorlarda mahsulot yoki xizmatni taklif etayotgan taqsimot hamda sotuv tizimi;
sotuv narxi va narxni tashkil etish tizimi;
reklama bo‘yicha kerakli chora-tadbirlar, taklif etilayotgan reklama vositalari hamda ularga ketadigan xarajatlar tarkibi;
sotishga ko‘maklashadigan chora-tadbirlar (pablik re- leyshnz), xaridorlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar, sotuvdan so‘nggi xizmat ko‘rsatish va xrkazolar.
6. Ishlab chiqarish dasturi:
mahsulot ishlab chiqarish qayerda tashkil etiladi;
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish lozimmi;
yoki harakatdagi korxona quvvatlaridan (qayta qurollanti- rib) foydalanish mumkinmi;
rejalashtirilayotgan korxonada ishlab chiqarishni maqsadga muvofiq hajmi qanday bo‘lishi kerak;
me’yordagi quvvatlarga erishish uchun qanday investitsiyalar zarur;
korxona xom-ashyo mahsulotlari hamda boshqa ishlab chiqarish omillari bilan qanday ta’minlanadi;
qanday texnologiya va vositalardan foydalaniladi;
korxona boshqa korxona bilan ish jarayonini takomillashtirish ustida ishlaydimi.
7. Ishlab chiqarishni tashkil etish:
rejalashtirilayotgan korxonaning tashkiliy tuzilmasi qanday bo‘ladi;
korxona kadrlar bilan qanchalik ta’minlangan, mavjud mutaxassislarning ro‘yxati, ularning malakasi hamda ish tajri- basi;
-turli xil kategoriyadagi ishlovchilarni, sotsial imtiyozlarni qo‘shgan holda, ish haqi shakllari hamda darajasi qanday bo‘ladi;
korxonaning texnologik tuzilmasi qanday bo‘ladi.
8. Korxonaning tashkiliy shakli:
rejalashtirilayotgan korxonaning mulk shakli hamda huquqiy statusi qanday (xususiy korxona, hissadorlik jamiyati, fermer xo‘jaligi, ijara korxonasi, ko‘shma korxona va hokazolar);
mavjud homiylar yoki investorlar uchun qanday huquqlar berilgan (boshqarish, moliyaviy nazorat);
ushbu mulk shaklidagi korxona qanday yuridik huquqlarga ega (korxonaning huquqiy statusini tartibga soladigan qonun nor- malarini qisqacha yoriting), potensial investor, unga beriladigan huquqlarga ega bo‘lishi uchun, qanday yuridik holatlarni amalga oshirish kerak (birgalikda egalik qilish, homiy, hissador) va bu esa mahalliy hamda joydagi qonunlar bo‘yicha qanday huquqiy ja- vobgarlikka olib keladi.
9. Moliyaviy reja:
korxonani tashkil etish uchun qancha miqdordagi umumiy investsiya hajmi kerak;
moliyalashtirish manbalari qanday (aksiyalar sotish, qimmatbaho qog‘ozlar chiqarish, bank kreditini olish, korxonani tashkil etayotganlarning o‘z mablagi);
moliyalashtirish manbalari va valyuta turlari bo‘yicha tar- kibi qanday bo‘lishi kerak (agarda xorijiy valyutalarda investi- siyalar rejalashtirilayotgan bo‘lsa, u xolda qaysi ayriboshlash kurslarida ularni jalb etishmoqchi);
uzoq muddatli investitsiyalarga va aylanma vositalarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish uchun qanday shartlar asosida moliya mablag‘lari jalb etiladi.
10. Loyihaning rentabelligi (foydaliligi):
-korxonani tashkil etish bo‘yicha investitsiya xarajatlarining
umumiy hajmi hamda mahsulot birligiga to‘g‘ri kelishi qanday (asosiy va aylanma vositalarga, infrastrukturaga va xokazolar uchun investitsiyalar);
rejalashtirilayotgan korxonani ishlatish, mahsulotini coram yoki xizmatni tashkil etish qanchaga tushadi;
maxsulotni sotishdan yoki xizmatdan keladigan umumiy daromadlar hajmi qancha bo‘lishi mumkin;
rejalashtirilayotgan korxona qanday turdagi soliqlarni to‘lashi kerak;
ijaraga olingan mablaglarni qaysi muddatlarda va qanday hajmlarda qaytarish rejalashtirilayapti;
rejalashtirilayotgan korxonaning umumiy foyda hajmi va normasi qancha bo‘lishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan biznes-rejaning bo‘limlaridan tashqari, yana qo‘shimcha ravishda quyidagi axborotlarni keltirish mumkin, ya’ni moliyaviy mablag‘lar hamda majburiyatlar, foyda va zararlar hisoboti, moddalari bo‘yicha xarajatlar va hokazolar.
Xulosa qilib aytganda, muvaffaqiyatli tuzilgan biznes-reja korxonaning holatini chuqur tahlil qiladi hamda uning kelajakdagi rivojlanishiga xolisona va ob’yektiv baho beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |