Nazorat uchun savollar?
1. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi.
2. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni.
3. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uni oshirish bo‘yicha konsultatsiyalar.
14-M AV Z U: Biznes reja tuzish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish
REJA:
1. Biznes-reja tushunchasi, korxona faoliyatini rejalashtirish turlari.
2. Biznes-reja tuzish bosqichlari, tartibi va asosiy shartlari.
3. Biznes-reja tuzishda balans, normativ va ko‘p variantli hisob-kitob usullaridan foydalanish bo‘yicha maslahatlar.
4. Biznes rejaning tarkibiy qismlari
Tayanch iboralar: biznes reja,korxona,norma, balans, moliya, dehqon xo‘jaligi, bank,tannarx
1–савол
Biznes-reja tushunchasi, korxona faoliyatini rejalashtirish turlari.
Bugungi kunda respublikamiz hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan axborot-konsalting markazlarining asosiy qismi uchta katta yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatmoqda.34
Birinchi yo‘nalishda turli xil yo‘nalishlarda fermer va dexdon xo‘jaliklari va boshqa agrar tadbirkorlik sub’yektlariga masla- hatlar berish bilan shugullanayotgan markazlar. Jumladan, agronomiya va tuproq unumdorligi, o‘simliklarni himoya qilish, ilgor agrotexnologiyalar, naslchilik ishlari, irrigatsiya va melioratsiya bo‘yicha va boshqalar.
Ikkinchi yo‘nalishda biznes- rejalar tayyorlab berish, bankdan kredit olish uchun hujjatlar tayyorlab berish, moliyaviy, buxgalteriya va hududiy hujjatlarni tayyorlab berish hamda ular talabnomalari asosida xizmat ko‘rsatish va mahsulot topshirish shartnomalari bo‘yicha to‘lovlar va tushumlarni undirishga amaliy yordam ko‘rsatishyo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan markazlar.
Uchinchi yo‘nalishda esa qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruv- chilarini va boshqa iste’molchilarni turli xildagi ma’lumotlar va axborotlar bilan ta’minlash. Jumladan, qishloq xo‘jaligi mah- sulotlari va moddiy-texnika resurslari narxlari, yangi texnika vositalari va ilg‘or texnologiya va biostimulyatorlar, shuningdek, ob-havo va iqlim to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqalar.
Qishloq xo‘jaligida biznes-rejaning ikki tomonlama ahamiyati bo‘lib, bu ichki va tashqi zaruriyatlardan kelib chiqadi. Chunki, u birinchidan tadbirkorlikning o‘z ichki imkoniyatlarni baholay bilishga, faoliyatning ma’qul usullarini belgilashga yordam beradi va u shu bilan birga faqat tadbirkorlikgina emas, balki qishloq ho‘jalik korxonasidagi barcha ishlovchilardan to‘la ishonch tug‘dirishga, ikkinchidan, tashqi aloqalar o‘rnatishga ham yordam beradi. Materiallar energiya va xom ashyo yetkazib beruvchilar va bank bilan iqtisodiy aloqada bo‘lish uchun, avvalo, real haqiqatdan kelib chiqib tuzilgan biznes reja bo‘lishi kerak.
Har qanday korxonani tashkil etishi sohasidagi faoliyat hayotiy amaliyotni o‘zida aks ettirgan, barcha ish turlarini bajarishni rejali ta’minlay oladigan biznes-reja tuzishdan boshlanishi kerak. Biznes-reja imkoniyatlar asosida real ish rejasidir. Bu esa qat’iylikni inkor etadi va ish jarayonida o‘zgartirilishi va doimiy aniqliklar kiritib borilishi mumkin bo‘lgan, tadbirkorning boshqarish mahoratini doimiy ishga soluvchi rejadir.
Biznes reja korxonaning faoliyat xajmi, shu bilan birga, ish ko‘radigan soha xususiyatlariga to‘la bog‘liq holda tuziladi. Shunga ko‘ra qishloq xo‘jaligi korxonasining katta kichikligi, kengayishi mumkinligi va qaysi tarmoqqa taalluqliligi bu rejada o‘z aksini topish kerak. Chunki faoliyatdagi barcha tomonlar ish hajmi va sohasiga bog‘liqdir. Faoliyat asosi bo‘lgan mahsulot xili, turi belgilovchi omil sifatida yuzaga chiqadi. Ishlab chiqarishda yoki savdoda ish ko‘rish boshqa-boshqa texnologiya va tashkilotchilikni talab etadi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi tarmoqlarini oladigan bo‘lsak, ularning xususiyatlari turlichadir. Shuning uchun ham ularning biznes-rejalari bir xil bo‘lmaydi.
Mahsulot murakkabligi ham biznes rejaga ta’sir etadi. Uning darajasi yuqori bo‘lsa, korxonalarning ichki va tashqi aloqalarining murakkabligi oshadi va ancha keng bo‘ladi, ish turlari hajmi ham yuqori bo‘ladi va hakozo. Bularning barchasi biznes-rejada albatta o‘z aksini topish kerak.
Rejalashtirish uchun talab etiladigan dastlabki ma’lumotlar hamda istiqbol, joriy, operativ va biznes-rejalarni ishlab chiqish - rejalashtirish tizimini tashkil etadi.
Qo‘yilgan maqsad va vazifalarning mazmunidan kelib chiqib rejalarning quyidagi shakllarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
rejalashtirilayotgan davrning davomiyligidan kelib chiqib – qisqa muddatli (joriy, operativ), o‘rta muddatli va uzoq muddatli (istiqbolli) rejalar;
korxona faoliyatining yo‘nalishi jihatidan – tashkiliy reja, ishlab chiqarish rejasi, marketing rejasi, moddiy ta’minot rejasi va moliyaviy rejalar.
Joriy yoki yillik rejalar korxonani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yillik ishlab chiqarish-moliyaviy biznes-rejasidan, bo‘lim, ferma va ishlab chiqarish bo‘linmalarining (brigada, ferma, oila pudrati) yillik ishlab chiqarish rejalari va topshiriqlaridan iborat bo‘ladi.
Operativ yoki ish rejalari – yillik rejalarni yanada detallashtirish maqsadida tuziladi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
ayrim ish davrlari (yer haydash, ekish, ekinlarga ishlov berish, hosilni yig‘ib-terib olish, qo‘zilatish, chorva mollarini semirtirish va x.k.) uchun texnologik kartalar asosida tuzilgan ishchi rejalar;
chorvachilik tarmog‘i, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarda haftalik, oylik va choraklik rejalar;
ayrim ishlarni bajarish uchun berilgan qisqa muddatli reja-naryadlar.
Istiqbol rejalar kelgusi bir necha yilda korxonani ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, sur’atlari va ko‘lamini belgilab beradi. Istiqbol rejalar ko‘pincha prognoz xarakteriga ega bo‘ladi. Prognozlar joriy rejalardan farq qilib direktiv xarakterga ega emas, balki ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning asosiy yo‘nalishlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Qo‘yilgan vazifani bajarish muddatiga ko‘ra, istiqbol rejalar uzoq muddatli (5-15 yil) va o‘rta muddatli (2-5 yil) rejalarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |