Afin koordinatalar sistemasi



Download 185,67 Kb.
bet1/20
Sana14.06.2023
Hajmi185,67 Kb.
#951196
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Afin koordinatalar sistemasi


10-mavzu.Afin koordinatalar sistemasi.
Reja.
1.Tekislikda umumiy dekart koordinatalar sistemasi.
2. Fazoda qutb koordinatalar sistemalari.
3.Sferik koordinatalar sistemasi.
4.Koordinata sistemalari orasida bog`lanish.

Tekislikdagi umumiy dekart(yoki afin) koordinatalar sistemasi deb har bittasi uchun koordinatalar boshi deb ataluvchi O nuqtada kesishuvchi tartiblangan ikkita o`qqa aytiladi.


Masshtab bu o`qlarda har xil bo`lishi mumkin. Birinchi o`q Ox o`qi yoki absissa o`qi, ikkinchi o`q esa Oy o`qi ya`ni ordinate o`qi deyiladi.
M tekislikning ixtiyoriy nuqtasi bo`lsin. P nuqta M nuqtaning Oy o`qqa parallel bo`lgan proeksiyasi, x esa P nuqtaning Ox o`qdagi koordinatasi; Q nuqta M nuqtaning Ox o`qqa parallel bo`lgan Oy o`qdagi proeksiyasi bo`lsin, y esa Q nuqtaning Oy o`qdagi koordinatasi .
x,y sonlar M nuqtaning umumiy dekart (yoki afin) koordinatalari deyiladi.
Fazoda qutb koordinatalar sistemalari.Qutb va sferik koordinatalar.
Fazoda П yo`nalgan tekislikni qaraymiz. Oz –o`q bu П tekislikka perpendikulyar va O nuqtada kesib o`tsin Ox- esa П tekislikda yotuvchi va O nuqtadan chiqubchi nur bo`lsin. Masshtab birligini tanlaymiz.
Yo`nalgan П tekislik ekvatorial, Oz – senit o`qi, Ox nur esa qutb o`qi, O nuqta esa qutb nuqta deyiladi.
Bu elementlar to`plami fazodagi qutb koordinatalar sistemasi deyiladi.
Zenit o`qida yotmaydigam M nuqtaning silindirik kootdinatalari deb ,, z tartiblangan uchlikka aytiladi. Bunda , M nuqtaning ekvatorial tekislikdagi P ortogonal proeksiyasini qutb koordinatalari. z esa M nuqtani Oz zenit o`qidagi proeksiyasi Q ning koordinatasi. Zenit o`qining nuqtalari uchun  = 0 va  - ixtiyoriy son.
Zenit o`qida yotmaydigan M nuqtaning sferik koordinatasi deb tatiblangan, r,  ,  uchta songa aytiladi. Bunda r OM kesmaning uzunligi.  - Ox o`qidan OP nurgacha bo`lgan burchak( P – M nuqtaning ekvatorial tekislikdagi proeksiyasi). - esa OP va OM nurlar orasidagi burchak bo`lib, oraliqda o`zgaradi. Ekvatorial tekislikda yotadigan M nuqtalar uchun  = 0 deb olinadi, agar  > 0 bo`lsa OM nur zenit o`qi bilan o`tkir burchak hosil qiladi, agar  < 0 bo`lsa OM nur zenit o`qi bilan o`tmas burchar hosil qiladi.
Agar M nuqta zenith o`qida yotib O nuqta bilan ustma-ust tushmasa, u holda  - ixtiyoriy son , OM nurni zenith o`qi bilan bir xil yoki qarama-qarshi yo`nalganligiga qarab yoki deb olinadi.Qutb nuqta uchun r = 0 ,  va  - ixtiyoriy sonlar . Sferik koordinatalar bilan fazoni barcha nuqtalari va tartiblangan haqiqiy sonlarni uchliklari to`plami orasida o`zaro bir qiymatli moslik o`rnatilmaydi.
Fazoda qutb koordinatalar sistemasi kiritilgan bo`lsin.Bu fazoda yana to`g`ri burchakli dekart koordinatalar sistemasini shunday kiritamizki: qutb o`qini Ox o`qning musbat yo`nalishi sifatida,Oy o`q sifatida Ox o`qni ekvatorial tekislikda qutb nuqtasi atrofida + 90 burchakka burish natijasida hosil bo`lgan o`qni va Oz sifatida zenith o`qni olamiz. P nuqta M nuqtaning ekvatorial tekislikdagi proeksiyasi bo`lsin.OP kesmaning uzunligini  orqali belgilaymiz, u holda
x =  cos , y =  sin .
Ikkinchi tomondan,  = cos , demak,
x = r coscos, y = r cos sin. (1)
bundan tashqari, ravshanki
z = r sin.
(1) formula M nuqta zenith o`qida yotgan vaqtda va qutb nuqtasi bilan ustma-usht tushganda ham o`rinli.
(1) formula yordamida M nuqtaning sferik koordinatalari ma`lum bo`lsa, uning to`g`ri burchakli dekart koordinatalari hisoblanadi.
(1) formuladan

kelib chiqadi, bundan
,
demak,
, , , . (2)
Bu formulalar bo`yicha zenith o`qida yotmaydigan to`g`ri burchakli dekart sistemasida koordinatalari x,y,z bo`lgan M nuqtasining sferik r,, koordinatalari hisoblanadi.
Tayanch iboralar.Afin koordinatalar sistemasi,qutb koordinatalar sistemasi,sferik koordinatalar sistemasi,zenit o`q.
Savollar.
1.Tekislikda umumiy dekart koordinatalar sistemasini kiriting.
2. Fazoda qutb koordinatalar sistemasini kiriting.
3.Sferik koordinatalar sistemasi kiriting.
4.Koordinata sistemalari orasida bog`lanishni aniqlang.
11-mavzu. Vektorlar algebrasi.
Reja.
1.Vektorlar.
2. Vektorning tekislikdagi va fazodagi koordinatalari.
3.Vektorlar yig`indisi.
4. Vektorni songa ko`paytmasi.

Vektorlar.


Bu mavzuda vektorlarga uch o`lchovli evklid fazosida ta`rif beriladi (tekislikda va tog`ri chiziqda vektor tushunchasi bu ta`rifning xususiy holidir).Bir qator qo`shimcha ta`riflar beramiz.
Ikkita maxsus bo`lmagan yo`naltirilgan va kesmalar kollinear deyiladi, agarda AB va CD to`g`ri chiziqlar parallel yoki ustma-ust tushsa.
Paralel to`g`ri chiziqlarda yotuvchi ikkita maxsus bo`lmagan yo`naltirilgan va kesmalar bir xil yo`nalishga ega deyiladi agarda B va D nuqtalar AC to`g`ri chiziqdan bir tomonga yotsa. Agar B va D nuqtalar AC to`g`ri chiziqdan har xil tomonda yotsa , u holda yo`naltirilgan va kesmalar qarama-qarshi yo`nalishga ega deymiz. Agar yo`naltirilgan va kesmalar collinear bo`lsa, u holda uni deb yozamiz. Ikkita yo`naltirilgan va kesmalar teng = deyiladi,agarda quyidagi shartlar bajarilsa:

  1. AB va CD kesmalar teng;

  2. Yo`naltirilgan va kesmalar kollinear;

  3. Yo`naltirilgan va kesmalar bir xil yo`nalishga ega;

Ozod (erkin) a vector deb barcha bir biriga teng bo`lgan yo`nalterilgan kesmalar sinfiga aytiladi.Nol vector debbarcha maxsus yo`naltirilgan kesmalar sinfiga aytiladi.
Ozod a vector ko`p hollarda ushbu vektorni ifodalovchi sinfdagi ixtiyoriy yo`naltirilgan kesma orqali ifodalanadi va belgilanadi.
Bundan keyin vector deganda “ozoq vector”ni tushunamiz.
Yo`naltirilgan kesma , a vektorni ifodalovchi yo`naltirilgan kesmalar sinfidagi kesma bo`lsin, u holda bu vektorning uzunligi yoki moduli deb AB kesmaga aytiladi va AB yoki adeb belgilanadi.
Vektor tusgunchasi fizika va mexanikada tezlik,tezlanish tushinchalarni qarash natijasida yozaga keldi.
Vektorning tekislikdagi va fazodagi koordinatalari.
vektorning proeksiyasi deb vektorgaaytiladi, bunda A` va B` - A va B nuqtalarning proeksiyalari.
vektorning tekislikda berilgan umumiy dekart koordinatalar sistemasidagi koordinatasi deb x,y sonlarga aytiladi.Bunda x – Ox o`qdagi vektorning koordinatasi, y esa Oy o`qdagi vektorning koordinatasi.
vektorning fazoda berilgan umumiy dekart koordinatalar sistemasidagi koordinatalari ham shunga o`xshash aniqlanadi.
Agar a vectorning (tekislikdagi) koordinatalari x,y yoki (fazodagi) koordinatalari x,y,z bo`lsa, u holda mos ravishda a = {x,y}yoki
a = {x,y,z} deb yoziladi.
1-tasdiq. Agar vector o`zining boshlang`ich nuqtasi (uchi) A(x1,y1,z1) va oxiri B(x2,y2,z2) nuqtada joylashgan bo`lsa, uning fazodago koordinatalari
x = x2-x1, y = y2-y1, z = z2-z1 .
formulalar bilan hisoblanadi.
2-tasdiq. vektorning l o`qdagi orthogonal proeksiyasining koordinatasi , bu vektorning AB uzunligini vector bilan l o`q orasidagi  burchak kosinusi kopaytmasiga teng.
Pr.l = AB cos.
Vektorlarning yig`indisi.

Download 185,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish