«Adabiyot» sinflar uchun sinf sinf mavzu: Ma’naviyat xazinasi


) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi



Download 0,72 Mb.
bet92/142
Sana19.02.2022
Hajmi0,72 Mb.
#459036
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   142
Bog'liq
6- sinf Adabiyot 2017

2) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Abay Qo‘nonboyev qozoq mumtoz adabiyotining asoschilarida biri, buyuk shoir va ma’rifatparvar hisoblanadi. Shoirning asl ismi Ibrohim bo‘lib, Abay uning taxallusidir. Shoir 1845-yil 10-avgustda Qozog‘istonning Yettisuv viloyati Chingiztog‘ (hozirgi Abay) tumanida chorvador boy oilasida tug‘ildi. Avval Yettisuvdagi Ahmad Rizo madrasasida o‘qidi. Keyinchalik rus maktabiga qatnab rus tili va adabiyotini o‘rgandi. Bo‘lajak shoir bir tomondan Sharq allomalari - Firdavsiy, Nizomiy, Navoiy, Fuzuliy ijodidan bahramand bo‘lgan bo‘lsa, rus tili orqali rus va g‘arb adabiyoti vakillarining ijodi bilan yaqindan tanishdi.
Shoirning ijodi yoshlik chog‘laridan she’r yozish va o‘lan aytishdan boshlandi. Abay o‘zigacha og‘zaki kuylab kelingan o‘lanlarni yozma adabiyotga olib kirgan shoirdir. Shoir o‘lanlarni yozma yaratishdan tashqari ularga kuy bastalab, mahorat bilan kuylagan. U bastalagan 17 ta o‘lan kuyi hozirgacha oqinlar tomonidan sevib ijro etilyapti.
Abay ma’rifatparvar shoir edi. U o‘z she’rlarida tarqoq qozoq qabilalarini birlashishga, hamjihatlikka chaqirdi, ilmli va ma’rifatli bo‘lishga undadi. Shoir bir o‘lanida:

O‘zi bilan yovlashgan yurtim, tingla!


O‘zi bilan dovlashgan yurtim, tingla!
Dardingga davo bo‘lsin o‘lanlarim,
Bir-birini ovlashgan yurtim, tingla! –

deya iztirob chekadi. Abayning «Sho‘rlik qozog‘im», «Boy bolasi bilan kambag‘al bolasi», «Ilm o‘rgan», «O‘lan» kabi she’rlarida ham ilg‘or millatlardan o‘rnak olib qoloqlikdan chiqish, chidam va mashaqqat bilan ilm-fanni egallashga da’vat yaqqol sezilib turadi. Shoir yirik voqeaband asarlar ham yaratgan. Uning «Iskandar», «Mas’ud», «Azim rivoyati» kabi dostonlari hozirgacha el orasida mashhur. Bu teran falsafiylik bilan yo‘g‘rilgan, ezgulik va yaxshilikka da’vat qiluvchi asarlarni sevimli shoirlarimiz Mirtemir va Uyg‘un o‘zbek tiliga tarjima qilishgan.


Abay ijodiy merosining salmoqli qismini xalqni ilm-ma’rifatga, madaniyatga da’vat qiluvchi «Naqliya so‘zlar» majmuasi tashkil etadi. Hassos adib va shoir ushbu asarida inson hayotida muhim o‘rin tutadigan aql, ilm-ziyo, insof va adolat, yaxshi xulq, muomala madaniyati, din, e’tiqod, davlatni idora qilish, xalqlar, elatlarning ahil, do‘stona munosabatda bo'lishlari haqida mulohaza yuritadi. Asar 44 bo‘limdan iborat. Buyuk oqin Abay qalamiga mansub ushbu «so‘z»larning har biri yoshlar uchun ezgulikka da’vat, yomon xulqlardan ogoh bo‘lishga chorlovchi chaqiriqlar sifatida yangraydi. «Naqliya so‘zlar» asari o‘zbek tilida «Nasihatlar» nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan. Bu asarni sevimli bolalar yozuvchisi Nosir Fozilov o‘zbekchaga tarjima qilgan. Quyida «Nasihatlar» kitobidan ayrim o‘gitlar bilan tanishasiz. Qadrli bolajonlar, ushbu pandnoma asarni to‘liq o‘qib chiqing. Undagi koni foyda nasihatlar sizga abadiy yo‘ldosh bo‘lishiga aminmiz.



Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish