Mavzu: “Non qadri”
O`quvchilarni nonni isrof qilmaslikka, barcha uchun aziz bo`lgan ne`matni
e`zozlashga,bobodehqonlarimiz, ota-onalarimiz mehnatini qadrlashga o`rgatish.
Nonning kelib chiqishi, bunda zahmatkash insonlar mehnati juda katta ekanini
bolalarga atroflicha tushuntirish.
Nonni isrof qilmaslikka, tejamkorlikka da`vat etish.
Non turlari, bug`doy boshog`i, «Nonni isrof qilmang»
plakati, bobodehqonlar mehnati aks etgan rasmlardan namunalar
O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
O`qituvchi:
O`g`lim, nonni yerga tashlama,
Hurmati zo`r, qadri zo`r nonning.
Zamirida tog`dek beqiyos,
Mehnati bor bobodehqonning.
Aziz bolajonlar, non to`qliq, farovonlik ramzidir. Bugun biz barcha uchun qadrli bo`lgan
aziz ne`mat - nonning paydo bo`lishida insonlar mehnati, uni isrof qilmaslikka
bag`ishlangan «Non aziz» mavzusidagi tarbiyaviy mashg`ulotimizni o`tamiz.
Xalq mehnati mahsuli nondir. U hayotning asosi, inson aqlu zakovati va
ijodkorligining samarasi va odamlar uchun kundalik oziq, mamlakat boyligi, tinchlik –
farovonlik ramzi hisoblanadi.
Non.. . Shu uch harfdan iborat bo`lgan so`zda qanchalar ma`no bor. Non bu - hayot, non bu –
mo`l- ko`lchilikdir. U barcha ne`matlar ichida eng kerakli mahsulotdir.
Non haqida gapirsam,
So`zim tamom bo`lmaydi.
Siz ham o`ylang, bolalar,
Lekin yomon bo`lmaydi.
Har kun har yerda,
Insonga do`st qadrdon.
Non qadrini bilamiz,
Hammamiz ham yoshlikdan.
Non - tinch turmush, mo`llik,
To`yu-u, havas non bilan.
Non haqida so`z borsa,
Eshitaman jon bilan.
O`qituvchi: Kimki mehnat qilmasa nonning qadrini bilmasa, o`z xalqining chin
farzandi bo`lа olmaydi. Peshona teri va charchashni his qilmagan kishi o`zgalar mehnati
qadriga yetmaydi. Chunki barcha mahsulotlar kabi non ham zahmatkash dehqonlar
jasorati va minglarcha ishchilarning mahorati tufayli bunyod boladi.
Nonni tayyorlashda eng avvalo unni elash, xamir qorish ishlari bajariladi. Unga tuz,
xamirturush, sut, shakar solib xamir qoriladi. Mana shu ishlar maxsus mashinalar yoki
munis onalarimiz tomonidan bajariladi.
Aholiga mazali non yetkazish uchun qanchalik bilim, kuch, quvvat, vaqt va mehnat
talab qilinadi.
Non bizning dasturxonimizga yetib kelguncha qanchadan-qancha mehnatkashlar
qo`lidan o`tmaydi, deysiz. Shuning uchun ham u shunchalar shirin va tabarrukdir.
Mehnat lazzatini surmoqda vatan,
To`kiniik ramzi deb yozib dasturxon.
Ota-bobolarning odatin qilib,
Hatto ushog`ini e`zozlaylik har on.
III.Yakuniy qism:
Keling sizlar bilan nonning non bo`lguniga qadar zanjirini tuzib ko`ramiz.
Davom ettirishga harakat qiling
E`tibor bering. Dastlab urug`lik bug`doy saralanadi, quritiladi, haydalgan yerga urug`
maxsus mashinalar yordamida sepiladi. Dehqonlarimiz tinmay mehnat qiladilar.
Bug`doy o`sa boshlaydi. Keyin boshoq tugadi va donlar oltin kabi yetiladi. Pishib
yetilgan bug`doy kombaynlarda o`rib olinadi va doni ajratiladi. Ular tegirmonda
yanchilib, un qilinadi va qoplanib, novvoyxonalarga yuboriladi. Novvoylar tomonidan non
pishirilib, biz hali shirin uyquda yotgan paytimizdayoq mashinalarda kerakli manzillarga
yetkaziladi.
Mana, qaranglar qancha mehnat sarflanar ekan. Siz yaxshi niyat bilan juda ko`p zahmat
evaziga tayyorlangan nonlarning isrof bo`lib, partalar ostida, hatto yerda uvol bo`lib
yotishga qanday qaraysiz?
Bunga kim sababchi? Ha, albatta, o`zimiz sababchimiz.
Qadoq qo`lli dehqonlar,
Terlar to`kib ekishgan.
Shu sababdan har boshoq,
Oltin bo`lib yetishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |