Abdurauf Fitrastrreplа



Download 147,47 Kb.
bet3/5
Sana29.11.2022
Hajmi147,47 Kb.
#874933
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abdurauf Fitrat

«CHIN SEVISH» HAQIDA
Yaqinda o‘zbek sahnasi ulug‘ va ulug‘ligi qadar yuksak va go‘zal bir tomosha (pyesa) ko‘rdi.
Men o‘zum iqror qilarg‘a teyishmankim, uning o‘zini va o‘ynalishini tegishincha tanqid va yo taqriz qiluvni men bajara olmayman. Biroq bu yo‘li va to‘g‘rida yozmoqlik vazifasi menga tushkanlikdan ko‘b chuqur bo‘lmag‘on qarashimni yozib ketamen.
Voqea Hindistondadir. Hindiston o‘zgarishchilaridan bo‘lg‘on Karimbaxshxonning o‘qimishli va go‘zal qizi Zulayhog‘a ikki kishi birdan oshiqdir, biri o‘zgarishchi, yurtchi shoir Nuriddinxon. Ikkinchisi — egri yurakli, anglizparast — Rahmatulloxon. Qizning otasi o‘zgarishchi va hindning buyuk shoiri bo‘lgan Nuriddinni suyar va qizini unga bermak istar, qizning onasi esa, uydan, armondan ko‘ra kiyim va qiyofatka ko‘z solg‘onlig‘idan yomon kiyinguvchi va darvesh kabi yurguvchi Nuriddinga emas, yaxshi kiyinuvchi va soddalarni alday oluvchi Rahmatulloxonga bermakchi.
Cho‘lpon. «Adabiyot nadir», 73-bet.
Nuriddinning ta’sirida Zulayho ham ixtilochiga aylanadi. 5-ko‘rinishda Karimbaxshxonning uyida majlis chog‘ida politsiyachilar bostirib keladi, otishmada Nuriddin nobud bo‘ladi, shunda Zulayho Rahmatulloning sotqinligini anglaydi, politsiyachilar, do‘stiga xiyonat qilgan bizga ham el bo‘lmas, deya Rahmatulloni ham otib tashlaydilar.
«Chin sevish» peysasi ilk bor 1920-yili M.Uyg‘ur tomonidan sahnaga qo‘yilgan, Nuriddin va Zulayho rollarini M.Uyg‘ur va M.Qoriyeva ijro etganlar.
Ushbu pyesaning birinchi pardasidan lavhalar berildi.
CHIN SEVISH
Birinchi pardadan parcha
Erta bilan. Uchmoq ko‘rinishli bir boqcha. O‘rtada uzun bir masa (stol), masaning tegrasida o‘runduqlar qo‘yilgan. Og‘och taginda qo‘yilgan bir o‘rundiqqa Zulayho qizil ipakli bir ko‘ylak bilan o‘tirgan, qo‘linda kichkina bir bitik (kitob).
Zulayho. Ko‘p qiziq hollari bor shu Nuriddinning!.. Nadir tangrim, boyoqish yigit tushunchadan ayrilmaydir. O‘ylaydir, o‘ylaydir!.. Nechun o‘ylaydir?.. Boshqalar kabi nechun kulib o‘ynamaydir? Dardi nima?.. Nima istaydir? Bularni tangridan boshqa kim bilardi?
Onam esli bir xotindir. Bir kishini ko‘rdimi, yuragingda yashirin butun tushunchalaring onglab olar. Biroq Nuriddinga kelgach, odamdag‘i shoshib qoldi. Onamning aytishiga qaraganda, Nuriddin bir kishini sevgan emish.
Shuning xayolinga berilgan emish. Kimni? Mana shunisini onam dag‘i anglayolmay qolmish...
Yigit biznikiga keladir... Nechun? Marhum otasining qalin o‘rtog‘i bo‘lgan dadamni ko‘rmak uchun kelaturg‘andir?! Biroq, otamga salom berib, onamning qo‘lini o‘pgandan keyin bir yerda o‘tiradir... O‘tiradir... O‘tiradir. Otam; «Qalaysan, o‘g‘lim?» degach, kuch bilan «Tangriga shukur», deya oladir. Onam bu holni ko‘rib; «o‘g‘lim Nuriddin, biroz gapirsang-chi, nechun muncha qayg‘urib turasan?» dedimi ish bitdi. Ikki ko‘zi ikki buloq kabi anjillab yosh chiqaradir. So‘ngkim bizga bildirmoq uchun devorga qaraydir. Yog‘lig‘ini chiqarib, ko‘zlarini artgandan keyin ota, onamning qo‘llarini o‘pib, chiqib ketadir...
Bu holdan onamning yuragi erib qoladir. Otamga qarab mungli bir tovush bilan ; «Bechora yigit, dardi yomon», dedimi, otam yig‘lar (kitobni yuragiga bosib). Oh, Nuriddin, kimga aytsam buni, sen yig‘lar ekansan, kim kulsin? Yo‘q, yanglishasan, xon!.. Sen yig‘lar ekan, butun dunyo yig‘lar...
Uzoqdan, og‘ochlar orasidan bir kishining kelganini ko‘rib, kitobni masaga qo‘yar.
Birozdan so‘ng Rahmatulloxon ovro‘pocha kiyingan holda kelar. Zulayhoga tugal bir qulliq qilgandan so‘ng kelib ko‘rishar.
Rahmatulloxon. Xonim, qanday bir yaxshi holingiz bor...
Zulayho. Shundaymi?
Rahmatulloxon. Uchmoq kabi bir boqchada, yashil yaproqlarning ingichka ko‘lkalari ostinda yaproqlardan o‘tib tushgan quyosh yorug‘i kabi o‘tirishingiz dunyodagi eng yaxshi ko‘rinishlarning birinchisidir. Shuncha gul tuslari bilan, bulbul o‘qishlariga boqmay, kitob mutolaasiga berilishingizni ko‘rganlar, turishingizni tasvir etmak uchun tangridan shoirlik istaylar.
Zulayho. Ha... yanami shoirligingiz tutdi, xon.
Rahmatulloxon. Kechirasiz, sizning shu turuvingizni tasvir etib, butun dunyo kishilariga bildira olmoq uchun shoir bo‘lishim kerak emish, shoir bo‘lg‘onim uchun tangriga shukur qilaman.
Zulayho. Ko‘p yaxshi, shoirlik buyuk hunardir.
Rahmatulloxon. Biroq, shoirlarning-da eng buyugi o‘z she’rlarini siz kabilarga o‘qita olgani bo‘lsa kerak.
Zulayho. Chin shoirlarning bulbul o‘qishlari kabi yurakdan qo‘pg‘on she’rlarini kim o‘qimas?!
Rahmatulloxon. Shu erta bilan sizning quyoshdan burun chiqib, shu boqchada o‘tirishingizni ko‘rgan gullar, og‘ochlar va yaproqlarning har biri dag‘i bir shoir bo‘lgan va har birining yuragidan turli she’rlar qo‘pgo‘n bo‘lsa kerak. Biroq ishonamankim, bularning she’rlarini o‘zingizdan boshqa kimsa anglamagandir.
Zulayho. Biror muhim xizmatmi bor?
Zulayhoning bo‘yla munosabatsiz so‘zidan Raqmatulloning kayfi qochgan kabi bo‘lsa ham yana eski yo‘lda yuritmoqchi bo‘lur.
Rahmatulloxon. Bilasizki, erta bilan boqqa gul termoq uchun kelarlar.
Zulayho. Afv etasiz, xon sohib, otamni ko‘rarga kelgan bo‘lsangiz, uydadirlar.
Rahmatulloxon (o‘zini yig‘ishtirib). Bormi? Men ham u kishini ko‘rmoqchi edim.
Zulayho. Buyuring, Zaynabga bildiring, xabar bersin.
Rahmatulloxon. Bosh ustina. Hay, xonim! (Uyga kirib ketar.)
Zulayho (Rahmatulloning ketidan qaragandan keyin). Qiziq ishlari bor shu yigitlarning. Sovuqmi, sovuq! Nuriddinning bu kitobi, mana shunday yigitlarning sovuq ishlariga kulmak uchun yozilgan emish. To‘g‘ridir, bular go‘zal kiyinmak, yaxshi gapurmoq uchun ko‘p tirishalar. Lekin bu ishlarining birortasi ham yaxshi bir tushuncha uchun emas. Bo‘yovg‘a aldanur qizlardan birini aldamoq uchundir. Shu kitobdagi hikoyatda shunday bir ishni ko‘rsatadir. Mana shunday maymun qiliqli bir yigit ongsiz bir qizni yolg‘on so‘zlari bilan ovlab olgandan keyin uni qo‘yib, boshqasiga tuzoq qurgan emish.

Download 147,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish