Abdurauf Fitrastrreplа


Zaynab bir sufra o‘rtusini olib kelar. Zulayhoga salom berar. Kitobni masadan olib, o‘rtaga yoyg‘ondan so‘ng yana kitobni joyiga qo‘yar



Download 147,47 Kb.
bet4/5
Sana29.11.2022
Hajmi147,47 Kb.
#874933
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abdurauf Fitrat

Zaynab bir sufra o‘rtusini olib kelar. Zulayhoga salom berar. Kitobni masadan olib, o‘rtaga yoyg‘ondan so‘ng yana kitobni joyiga qo‘yar.


Z a y n a b.. Samovar qaynadi, xon sohib choyni boqchada ichmoqchi...
Zulayho. Kelgan mehmonni ko‘rdingmi, momo?!
Z a y n a b.. Rahmatulloxonnimi?
Zulayho. Ha.
Zaynab. Ko‘rdim. Xon sohib bilan-da ko‘rishdi. (Ketar.)
Zulayho. (o‘zi.) Demak, bu choy ziyorati uning uchun... (Zaynab choy asbobini kelturar.)
Zulayho. Momo, sen boshqa narsalarni keltur, men bunlarni tuzatayin.

Zaynab kelturganlarini qo‘yib ketar. Zulayho istakanlarni tuzib turar.

Zaynab samovarni keturib qo‘ya berar...


«Abulfayzxon» haqida
Pyesada akasini o‘ldirtirib taxtga chiqqan va keyin «Podshohlik qon bilan sug‘arilaturg‘an bir og‘ochdir» degan aqidaga amal qilib safdoshlarini qatag‘on qilib, oxiri o‘zi shu qilmishlarining qurboniga aylangan Abulfayzxonning fojiali tarixi hikoya qilingan.
Asar ilk bor 1926-yili rejissor Kamol 1 tomonidan sahnaga qo‘yilgan. Kamol 1 Abulfayzxon, A.Sulton Nodirshoh, B.Bahodirov Rahimbiy, Hojiqurbon Nazarov Xayol rollarini o‘ynagan.
1990-yili Qashqadaryo (rejissor B.Nazarov, Abulfayzxon —
H.Amirqulov, B.Rahimov, Nodirshoh — O.Beganjiyev), 1994-yili Milliy akademik drama teatr (rejissor M. Azimov, Abulfayzxon — E.Komilov)larida sahnalashtirilgan.
Asarning so‘nggi ikki sahnaviy talqini haqida mutaxassislar sharhi
Hamza nomidagi o‘zbek davlat akademik drama teatrining «Abulfayzxon» spektaklining premyerasi teatr san’atimizda e’tiborga arzigulik voqeadir... «Abulfayzxon» tarixiy fojia bo‘lib, undagi dramatik voqealarni Turkistonda XVIII asrda bo‘lib o‘tgan voqelik bilan chog‘ishtirsak, Fitrat asarining ilmiy va ijodiy ildizlari nihoyatda puxta ekanini, tarix va san’at uyg‘unlashib ketganini ko‘ramiz. Xullas, spektaklni sahnalashtiruvchi rejissor Marat Azimov va ijrochilar har qancha izlansalar arziydigan pyesaga duch keldilar.
Rejissor Fitrat pyesasiga nisbatan juda erkin va ijodiy munosabat bilan yondashgan. Pyesaning hajmi ancha-muncha qisqartirilgan, bir necha obrazlar tushirib qoldirilgan. Rejissor Fitrat pyesasi asosida o‘z badiiy tasavvurini amalga oshirgan. Spektakldagi voqealarning bir-biriga bog‘lanishlari, kompozitsiyasi ham pyesadan farqlanadi. Spektaklning jihoziy bezalishi ham, musiqiy yechimlari ham rejissorning badiiy rejasiga asoslangan. Rejissuradagi ayni shu fazilat spekatkl haqida jiddiy fikr yuritishga, ayrim muammolar yuzasidan bahslashishga undaydi. Gap shundaki, uzoq vaqtlardan beri otaxon teatrimizda jiddiy mulohazalar uyg‘otadigan spektakllar unut bo‘layozgan edi. Shekspirona voqealarga, murakkab serqirra obrazlarga boy «Abulfayzxon» pyesasini rejissorning o‘z dastxatini namoyon qilish istagi bilan sahnalashtirilishi teatr san’atimizning faol izlanishlarining belgisidir...
Toir Islomov, «Abulfayzxon va boshqalar» «Guliston» jurnali, 1994-yil, 3-son.
Fitrat uchun XVIII asr Buxorosida yuz bergan voqealar shunchaki ma’lumot uchun emas, ma’rifat uchun ham kerak edi. U zulm va zo‘rlik elyurt uchun faqat moddiy talafot, jismoniy azob-uqubat emas, o‘nglab bo‘lmas ma’naviy jarohat, keltirishini ko‘rsatib berdi. Shu tariqa adib inqilobiy voqealardan uzoq tuyulgan Abulfayzxon fojiasini zamonasiga xizmat ettira oldi. Uningcha, kishilar taqdiriga ijtimoiy turmushga daxldor har qanday ish ming o‘lchab bir kesilishi lozim. Inson manfaatiga doir har qanday xatti-harakat insoniy qonunlar, vositalar asosida amalga oshmog‘i kerak.
Chiroqlar o‘chadi. Sahnadan dardli, hazin «Cho‘li iroq» taraladi. Navoiy she’ri bilan aytiladigan mashhur qo‘shiq yangraydi. Kuy tinadi. Xonandalar g‘oyib bo‘ladilar. Sahna yorishib, shaxmat taxtasiga engashib, Ulfat Xo‘jasaro bilan Mir Vafo va Qozi Nizom ko‘zga tashlanadilar. Shu tariqa dastlabki sahnadanoq voqealarning qaynoq joyiga tushasiz.
«Abulfayzxon» dramasining Qashqadaryo viloyat teatrida qo‘yilishi madaniy hayotimizda hodisadir. Gap faqat jur’atda, asarning mamlakatimizda boshlangan qayta qurish tufayli birinchi bo‘lib sahnalashtirilganidagina emas. Gap tarixni idrok etishda, mumtoz adiblarimizdan bo‘lgan Fitrat ijodini anglashda. O‘tmish bilan bugunning ko‘rinmas iplarini topishda, ko‘rsatishda hamdir. Binobarin, asarni sahnaga qo‘ygan iste’dodli rejissor B. Nazarov va ijodiy jamoa xizmati tahsinga loyiqdir.
Begali Qosimov, filologiya fanlari doktori,
«Inson fojialari» «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi, 1990-yil, 6-aprel.
Quyida «Abulfayzxon» pyesasining beshinchi pardasidan lavha berildi.



Download 147,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish