A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 6,84 Mb.
bet57/150
Sana01.06.2022
Hajmi6,84 Mb.
#626029
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   150
Bog'liq
2 5188671791828047660

Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Mustaqil O‘zbekiston tarixining dastlabki sahifalari. - Toshkent, 2000.
2. Mustaqil O‘zbekiston taraqiyotining g‘oyaviy asoslari. - Toshkent, 2001.
Axborot manbaalari
43. www. lex.uz.
44. www.ziyonet.uz.
45. www.edu.uz.
46. www.google.uz.
47. www.gov.uz.
11-MAVZU. MUSTAQILLIK YILLARIDA
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
Mavzuning maqsadi: Qoraqolpogiston Respublikasining tashkil topishi, Qoraqalpog‘iston respublikasining iqtisodiyva ijtimoiy taraqqiyoti, Qoraqalpog‘iston respublikasida xalq ta’limi, fan va madaniyat, 2016-2020 yillarda Qoraqlpog`iston Respublikasi taraqqiyoti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qoraqalpog‘iston milliy davlatchiligi, Ustyurt-Orolbo‘yi mintaqasi, Qoraqalpoq yozuvchi va shoirlarining asarlari, Orolbo‘yi hududini rivojlantirish haqida ma’lumot berish mavzuni maqsadini ifodalaydi.
Kalit so‘zlar: Arxeologik davrlashtirish, paleolit, neolit, bronza, ahomoniylar, salavkiylar, kushon, tarixiy xronologik, o‘zbek xalqi, davlat boshqaruvi, ibtidoiy-jamoa, feodal, demokratik, ellinistik davr, sak, eron, eftalit, turk, Xarakatlar strategiyasi, dialektik jarayon, milliy tafakkur xalq tarixi.
Asosiy masalalar (Reja):

  1. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar.

  2. Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlar.

  3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy ta’lim tizimi va undagi islohotlar.

  4. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik ahvol. Orol fojiasi va ekologik holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati.



1.Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar.
XX asraing boshlarida Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy, iqtiso­diy, ijtimoiy va madaniy hayotida katta o'zgarishlar yuz berdi. 1924-yili Turkiston ASSRning Amudaryo viloyati va Xiva xonligining Xo'jayli hamda Qo'ng'irot tumanlari hududida Qozog'iston ASSR larkibida Qoraqalpog'iston Avtonom viloyati tashkil etildi. U 1930-yildan RSFSR tarkibiga kirdi. 1932-yilda Qoraqalpog'iston Avtonom Respublikasiga aylantirildi.
Qoraqalpoqlar tarixida 1936-yil muhim siyosiy voqealar yili sifatida abadiy qoladi. Chunki, shu yili ular o'z taqdirlarini O'zbe­kiston SSR tarkibiga kirish bilan belgiladi va o'z tanlagan yo'lining istiqbolli ekanligini ko'rsata oldi.
SSSR tarqalib ketganidan so'ng mustaqil O'zbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpog'iston Respublikasi maqomini oldi.
Qadimiy turkiy qavmning ikki shajarasi yillar mobaynida haqiqiy og'a-inichilik fazilatlarini ko'rsatdilar, o'zaro munosabatlarni chuqurlashtirdilar. Bu ikki qavm ma'naviy-ruhiy yaqinligini belgilaydigan asosiy omil va madaniyatlar mushtarakligi, ularning o'zaro vaqinligi edi.
O'zbekiston tarkibida o'tgan 60 yillik tarix qoraqalpoq xalqi uchun jiddiy o'zgarishlar davri bo'ldi. SSSR davrida milliy masaladagi yuzaki yondashuvlar, balahdparvoz shiorlar, asossiz chaqiriqlar faqat «ulug' og'a»lar manfaatiga xizmat qilardi, xolos. Bu shiorlar milliy ravnaq, kichik xalqlarning milliy taraqqiyoti, ittifoqdosh respublikalar xalqlarining milliy ehtiyojlarini qondirishdan uzoq edi. Totalitar davlatchilik paytida birinchi rahbar biron marta ham Qoraqalpog'istondan bo'lmagan, uning xalqi hayoti bilan tanishmagan, unga yaqindan yordam bermagan edi.
1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog'iston Oliy Kengashi o'zining IV sessiyasida «O'zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat suverenteti to'g'risidagi» Deklaratsiyani qabul qildi. Mazkur Deklaratsiyasai 31-avgustda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi divlat mustaqilligi asoslari to'g'risida»gi Qonunda o'zining huquqiy maqomiga ega bo'ldi. O'zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasining (70-75-moddalar) o'z aksini topdi. Natijada ikkitomonlama littifoq asosida qoraqalpoq xalqining o'z taqdirini o'zi belgilash, inustaqil taraqqiyot hamda milliy davlatchilikni mustahkamlashdagi ioli oshdi.
Konstitutsiyaning 21-moddasiga asosan Qoraqalpog'iston Respoblikasi fuqarosi ayni paytda O'zbekiston Respublikasi fuqarosi lusoblanadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasi O'zbekiston Res­publikasi Konstitutsiyasiga hech qanday monelik qilmaydi, aksincha uni bosh huquqiy asos sifatida biladi va Qoraqalpog'iston hududida to'la amal qilishini ta'minlaydi. O'zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog'istonning butun hududida majburiy ekanligi e'tirof etilgan.
Qoraqalpoq milliy davlatchiligi o'z taraqqiyoti tarixida birinchi marta ana shunday insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo'ldi. Ayni paytda u suveren respublikaning barcha atributlariga ega. Jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy Majlisining 1992-yil 14-dekabrda bo'lib o'tgan XI sessiyasida Qoraqalpog'iston Davlat bayrog'i, 1993-yil 9-aprelda bo'lib o'tgan XII sessiyasida Davlat tamg'asi, 1993-yil 4-dekabrda bo'lib o'tgan XIV sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan 1994-yil 25-dekabrda Oliy Kengashning 86 deputatdan iborat yangi tarkibi muqobillik asosida saylandi. Ayni paytda parlament Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qarg'i Kengesi deb ataladi. Jo'qarg'i Kengesning 1995 yil 11 yanvarda, Nukus shahrida bo'lib o'tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Jo'qarg'i Kenges Raisi, uning o'rinbosarlari, mandat komissiyasi, 8-qo'mita raislari va uning a'zolarini sayladi. Ayni paytda deputatlar qo'mitalar raislari rahbarligida respublika qonunchilik tizimini yaratishda faol ishtirok etmoqdalar.
Qoraqalpog'iston Respublikasi ijroiya organi Ministrlar Kenga­shi hisoblanadi. Uning tarkibiga rais, ikkita birinchi o'rinbosar va 4 ta tarmoq o'rinbosarlari kiradi. Shuningdek, ijroiya hokimiyat tarkibini Vazirliklar va qator tarmoq qo'mitalari rahbarlari tashkil etadi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Ministrlar Kengashi Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida o'zining ish olib boruvchi doimiy vakiliga ega.
1997-yil 17-iyul kuni Nukusda bo'lgan Qoraqalpog'iston Res­publikasi Jo'qarg'i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasi qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyati faoliyatlarida davom etib kelayotgan kamchiliklarni chuqur tahlil qildi. Xususan, qabul qilingan qo­nun va qarorlarni hayotga to'la tatbiq qilinishida, ijroiya intizomini qtror topdirishda hali jiddiy kamchiliklar borligi qayd qilindi.
1991-2008-yillar, aytish mumkinki, Qoraqalpog'iston davlatchiligi shakllanish davri bo'ldi. Ayni paytda bu o'lkada hozirgi zamon davlatchiligi ilg'or tajribalari asosida, O'zbekiston davlatining ko'magi va yordami bilan amaldagi konstitutsiyalar doirasida bar tomonlama rivojlanmoqda. Fuqarolik jamiyati tamoyillari tobora chu-qurlashmoqda.

Download 6,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish