2. Qurolli kuchlarni, davlat xavfsizligi xizmatini modernizatsiya qilish va qayta jihozlash.
O'zbekiston Qurolli Kuchlarining eng muhim vazifalari milliy harbiy mutaxassislarni tayyorlash va armiyani texnik jihatdan jihozlashdan iborat. Ana shulardan kelib chiqib, so'nggi paytlar-da O'zbekistonda Qurolli Kuchlar uchun yuksak malakali ofitser-lar tayyorlaydigan bir qancha harbiy o'quv yurtlari tashkil etildi.Armiyani texnik jihatdan jihozlashni mustahkamlash chora-tadbirlari ko'rilmoqda.Zotan, hukumat «Iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, bundan keyin ham harbiy salohiyatni ta'minlash uchun - zarur mablag' ajratishni davom ettiraveradi».
O'zbekiston Qurolli Kuchlari qat'iy, bosqichma-bosqich reja asosida, tasdiqlangan dasturga muvofiq shakllana bordi. U mamlaka-timiz davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini mustahkam himoya qilinishini ta'minlaydigan darajada kuch-qudratga ega.
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari o'z faoliyatini:
qonun ustunligi;
markazlashgan boshqaruv va yakkaboshchilik;
doimiy jangovar va safarbar holatdagi tayyorgarlik;
fuqarolarning umumiy harbiy majburiyati;
kollektiv xavfsizlik tizimini barpo qilish;
harbiy intizomga rioya qilish;
partiyasizlik;
harbiyxizmatchilarvaularningoilaa'zolariniijtimoiyvahuquqiyhimoyaqilishnita'minlashasosidatashkilqiladivaamalgaoshiradi.
UmumanO'zbekistonRespublikasiningQurolliKuchlari - buharbiytuzilmalar, harbiyo'quvyurtlarivaboshqaharbiyqismlardaniborat, davlattomonidantashkilqilinganvata'minlanganbo'lib, ularurushvaharbiymojarolaraingoldiniolish, O'zbekistonRespublikasiningdavlatmustaqilligini, hududiyyaxlitligini, aholiningtinchhayotkechirishinivaxavfsizliginita'minlashgaqaratilgandir.
O'zbekistonRespublikasiQurolliKuchlaridavlatnihimoyaqi-lishdabutunmudofaatiziminingasosinitashkiletuvchiyadrohisob-lanib, o'ztarkibigaquyidagilarnioladi:
Quruqlikdagi qo'shinlar;
harbiy-havo va havo hujumidan mudofaa qo'shinlari; -Maxsus qo'shinlar;
Milliy gvardiya brigadasi;
chegara va ichki qo'shinlar;
Milliy xavfsizlik xizmati;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa vazirliklarga, idora-larga qarashli harbiy qismlar.
Quruqlikdagi qo'shinlar Qurolli Kuchlarining eng ko'p sonli turi bo'lib, boshqa qo'shin turlarining birgalikdagi harakati bilan tajovuzni qaytarish, zarur bo'lganda esa dushmanni tor-mor qilishga mo'ljallangan.
Harbiy havo va havo hujumidan mudofaa qo'shinlari - Qurolli Kuchlarining manyovrli turlaridan biri. Ular quruqlikdagi jang may-donida bo'layotgan yirik operatsiyalarning borishi va yakuniga ta'sir qilish, mamlakat havo chegaralarini qo'riqlash, quruqlikdagi va ha-vodagi dushmanga zarba berish imkoniyatiga ega. Undan tashqari O'zbekiston Respublikasi hududini, uning havo chegaralarini, eng muhim davlat va sanoat obyektlarini hamda qo'shin guruhlarini havo hujumidan ishonchli mudofaa qilish vazifasi yuklatilgan.
Milliy gvardiya O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tarkibiy qismidir.Bu gvardiya O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-yanvardagi qaroriga binoan, respubli-ka Qurolli Kuchlari qismlari negizida tuzildi. Milliy gvardiyaning asosiy vazifasi O'zbekiston Respublikasining davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligi hamda fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini muhofaza etishdir. Gvardiya tarkibi fuqarolarni majbu-riy harbiy xizmatga chaqirish va armiya xizmatiga o'z ixtiyori bilan borishni birgalikda muvofiqlashtirish asosida to'planadi. Gvardiya zimmasiga bir qancha o'ziga xos vazifalar, jumladan, davlat tanta-na marosimlarida ishtirok etish yuklatilgan.Shu maqsadda gvardiya tarkibida faxriy qorovul rotasi tuzilgan.Shuningdek, gvardiya zimmasiga alohida muhim davlat obyektlarini qo'riqlash vazifalari ham yuklatilgan.
Maxsus qo'shinlar esa jangovar harakatlarni operativ ta'minlash masalalarini hal etish uchun mo'ljallangan.
1999-yilgacha chegara qo'shinlari Milliy xavfsizlik xizmati tarkibida bo'lishgan.1999-yil 13-yanvar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan O'zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo'mita tashkil etildi.
Ushbu Farmon asosida O'zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi Qo'mita davlat boshqaruvining markaziy organi hisoblanib, chegaraga doir siyosatni amalga oshirishni Davlat chegaralarini himoya qilish va qo'riqlashni tashkil etishni ta'minlashbelgilab berildi.
Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga mudofaani ta'minlash bo'yicha o'ziga bo'ysunadigan barcha tuzilmalar faoliyatiga rahbar-lik qilish, Qurolli Kuchlarni qurollar, harbiy texnika va boshqa mod-diy vositalar bilan ta'minlash, mudofaa va Qurolli Kuchlar ehtiyoji uchun moddiy texnika resurslari, oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa buyumlarning hajmini, harbiy va muqobil xizmatga chaqirilishi lozim bo'lgan respublika fuqarolarining soni hamda ularning harbiy va muqobil xizmatni o'tash tartibini belgilash, harbiy majburiyatli va harbiy xizmatga chaqirish hamda haqiqiy muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilami zaxiraga chiqarish, harbiy majburiyatlilar-ni yig'ilishga chaqirish, safarbarlik va harbiy xizmatdan bo'shatish to'g'risida qarorlar qabul qilish kabilar kiradi.
Mudofaa vazirligi Qurolli Kuchlar davlat boshqaruvining markaziy organi hisoblanadi. Vazirlik Qurolli Kuchlarining ahvo-li va kelgusidagi taraqqiyotiga, jangovar tayyorgarlik va intizom-ga to'liq javobgar. U mudofaa sohasi va harbiy qurilishda ishlab chiqilgan davlat siyosatining Qurolli Kuchlarda amalga oshirilishini ta'minlaydi. Mudofaa rejalari va konsepsiyasi loyihasi, Qurolli Kuchlarning qurilishi va taraqqiyoti, qurollar va harbiy texnika taraqqiyotining davlat dasturlari, mudofaa ehtiyojlari uchun ajratiladigan mablag'lar bo'yicha takliflarni ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga taqdim etadi. Mudofaa va harbiy qurilish sohalarida ilmiy tadqiqotlar tashkil qiladi va o'tkazadi, harbiy texnika va boshqa ashyolar yaratish, ishlab chiqarish va ta'mirlash uchun davlat buyurtmalarining bajarilishini nazorat qiladi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari harbiy islohot-ning ikkinchi bosqichini amalga oshirish ishlarini olib bormoqda. Harbiy islohotning birinchi bosqichida (1992-1996-yillarda) qism va bo'linmalar, harbiy o'quv yurtlari va muassasalarini isloh qilishning tartibi aniqlangan. Tegishli safarbar etuvchi rejalar, kerakli qonunlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Shuningdek, kadrlarni o'qitish va tarbiyalashning tugal tizimi yaratilgan.
Yosh suveren davlat bo'lmish O'zbekiston o'zining Mustaqillik yillari mobaynida tashqi siyosat, davlatlararo munosabatlar, urush va tinchlik muammolarining prinsipial yangi nuqtayi nazari va masala-lariga tayanadigan, milliy xavfsizlikning umumdavlat konsepsiyasi-ning tarkibiy qismi bo'lgan hamda mamlakatning mudofaa siyosatini asosini tashkil etgan harbiy Doktrinani ishlab chiqdi va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasida 1995-yil 30-avgustda qabul qilindi.
Harbiy Doktrina harbiy qurilishning asosi, harbiy sohani isloh qilish va harbiy-texnik siyosat istiqbollarini ishlab chiqish hamda harbiy bilim, harbiy san'at va ofitser kadrlarni tayyorlashni yanada rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini belgilab berdi.
Oldiga qo'yilgan vazifalarga ko'ra mamlakat harbiy Doktrinasi-ning mazmuni va strukturasi aniqlandi. U o'z ichiga umumiy qoidalar, siyosiy va harbiy-tasbkiliy aspektlar hamda harbiy doktrinaning huquqiy asoslarini oladi. Harbiy doktrinada davlatning o'z fuqarolari hayoti va qadr-qimmatini himoya qilish, mudofaa qilish huquqini amalga oshirish bo'yicha asosiy maqsad va vazifalari aniq tavsiflab berilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-mayda qabul qilingan qaroriga ko'ra, harbiy xizmatchilarning oylik maoshlari ikki barobar-ga, xizmatdan zaxiraga bo'shatilganda beriladigan nafaqa miqdori esa eng kam ish haqining sakkiz baravariga oshirilgan.
Shu o'rinda davlatimiz rahbarining 2005-yil 31-oktabrdagi qaro-ri ahamiyatini alohida ta'kidlamoq joiz.Unga ko'ra harbiy qism tav-siyanomasiga ega bo'lgan yigitlarimizga mamlakatimiz oliy o'quv yurtlariga o'qishga kirmoqchi bo'lsalar, test sinovlarida to'plagan ballarining 25 foizi miqdorida ball qo'shib beriladi.
Harbiy xizmatdan so'ng kontrakt asosida o'qishga qabul qilingan talabalar agar o'qish davrida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy haraka-tining boshlang'ich tashkilotlari faol a'zosi sifatida o'zlarini namo-yon etishsa, ularga kontrakt to'lovining 35 foizi miqdorida moddiy yordam ko'rsatiladi.
O'zbekiston Qurolli Kuchlari ayni paytda zamonaviy harbiy tajribalar asosida shakllanib bormoqda. Milliy xavfsizlik konsepsi-yasiga asoslanib, Markaziy Osiyo mintaqasida tez sur'atlar bilan o'zgarib borayotgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan hol-da, yuzaga kelayotgan tahdid va xatarlaraing har tomonlama chu-qur tahlili va Qurolli Kuchlarni barpo etishning mutlaqo yangi prin-siplari negizida armiyamizni isloh qilish bo'yicha uzoq muddatga mo'ljallangan Dastur yaratildi. Bundan bosh maqsad - ixcham, tezkor va harakatchan, zamonaviy qurol-yaroq va texnika bilan ta'minlangan, strategik va taktik vazifalarni samarali hal eta oladi-gan, sarhadlarimiz daxlsizligi, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni buzishga qaratilgan har qanday yovuz harakat va xurujlarni bartaraf etish va ularga munosib zarba berishga qodir bo'lgan kuchli armiya-ni yaratishdan iborat edi.
Qurolli Kuchlarimiz va ularning asosiy jangovar bo'linma-larining prinsipial nuqtayi nazardan mutlaqo yangicha tashkiliy-tarkibiy tuzilmasi joriy etildi. Bo'limlar, rotalar, polklar, yordam-chi boshqaruv punktlari va shu kabi yetarli samara bermaydigan bo'linmalar tugatildi. Bu o'zgarishlar o'z navbatida armiyamiz va uning qismlarining yuqoridan quyigacha bo'lgan qurilishini tubdan qayta tashkil etish, ularning harakatchanligi va tezkorligini, jangovar imkoniyatlarini kuchaytirish, eng muhimi, barcha darajadagi koman-dirlarning mustaqilligini ta'minlash va mas'uliyatini oshirish imko-nini beradi.
Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini keskin oshirish, armiyada sog'lom ma'naviy muhitni mustahkamlash, professional tayyorgarlik darajasini yuksaltirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan serjantlar tayyorlash maktablari afoetildi va ular zamonaviy jangovar-o'quv bazalari bilan ta'minlandi. Bugun serjantlar tarkibi armiyamizning torn ma'nodagi tayanch ustuniga askarlarning ustozi, ofitserlarning eng yaqin yordamchisiga aylanib bormoqda.
Mustaqillik yillarida barcha bo'g'indagi komandirlarning yuqori professional qobiliyati va malakasini ta'minlash, ularning intellektu-al saviyasini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan ofitser kadrlar tayyorlash tizimi yaratildi. Bu esa Qurolli Kuchlar tarkibini sifat ji-hatidan butunlay o'zgartirish va ularni bugungi kun talablariga javob beradigan, puxta tayyorgarlikka, zamonaviy fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan komandirlar bilan to'ldirish imkonini bermoqda.
Hozirgi kunda Qurolli Kuchlar saflarida xizmat qilish O'zbe-kistonning har bir fuqarosi uchun nafaqat konstitutsiyaviy burch, balki mamlakatimizda orzu qilishga sazovor kasbga aylandi.
Keyingi vaqtda, xususan 2005-2006-yillarda xorijiy mamlakat-lar, birinchi galda Rossiya Federatsiyasi bilan harbiy-texnik hamkor-lik sohasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Qo'shinlarimizning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, harbiy xizmatchilar va ular oila a'zolarining moddiy, ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash masalasi ham doimiy e'tiborimiz markazida bo'lib kelmoqda.
Ana shu yuksak vazifadan kelib chiqib Prezident, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni I. Karimov bu sohada ishning zarur bo'lgan masalalari haqida batafsil gapirdi:
- Biz bugun g'oyat murakkab va notinch zamonda yashamoq-damiz. Markaziy Osiyo mintaqasida hali-beri saqlanib qolayotgan qaltis vaziyat, butun dunyoda davom etayotgan nizo va qarama-qarshiliklar, tobora ko'lami kengayib borayotgan terrorizm, ekstre-mizm va narkoagressiya xavfi jiddiy tashvish uyg'otmasdan qolmay-di, albatta.
Bularning barchasi shu muqaddas zaminda yashayotgan, mamla-katimiz taqdiri va kelajagi uchun befarq bo'lmagan har bir insondan doimo hushyor va ogoh bo'lishni, Qurolli Kuchlarimizning jangovar tayyorgarligini mustahkamlashni, davlatimiz sarhadlarini qo'riqlash va himoyalashni kuchaytirishni, buning uchun mavjud bo'lgan bar-cha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar qilishni taqozo etadi, dedi va quyidagi vazifalarni belgilab berdi;
birinchidan, xavfsizlikka qarshi qaratilgan zamonaviy tahdid va xatarlarni tahlil qilish bo'yicha boshlangan tizimli ishlarimizni da-vom ettirish va chuqurlashtirish, mavjud xatarlaraing yaqin va uzoq muddatlarda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlarini aniqlash, Qurolli Kuchlarimizning mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligiga nisbatan bar qanday tahdidlarga munosib va samarali tarzda qarshi tura olish imkoniyatlarini baholashga tanqidiy nuqtayi nazardan yon-dashish;
ikkinchidan, qo'shinlarning zamonaviy qurol-yarog' va texni-ka, o'ta aniq ishlaydigan qurollar, boshqaruv va aloqaning elektron, kompyuterli tizimlari bilan, shuningdek, ishonchli anjom-aslaha va shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlanishini yanada yuksaltirish, pirovard natijada birlashma va qismlar, birinchi galda terrorizmga qarshi bo'linmalarning ta'minot darajasini, jangovar tayyorgarligi, harakatchanligi va tezkorligini oshirishga alohida e'tibor qaratish;
uchinchidan, shaxsiy tarkibning o'quv-jangovar va mashq tayyorgarligi tizimining samaradorligini kuchaytirish, harbiy xizmat-chilarning yuksak intizomini ta'minlash, ularga ishonib topshirilgan zamonaviy qurollar va texnikadan mohirona foydalanish bo'yicha amaliy ko'nikmalarni takomillashtirish. Harbiy xizmatchilarning shaxsiy va guruh tarkibidagi tayyorgarlik darajasi, intellektual sa-lohiyatini oshirishni ta'minlaydigan modellashtirish, simulatsiya va harbiy ta'limning boshqa zamonaviy usullarini keng joriy etish lo-zim.
Barcha bo'g'indagi komandirlarning eng muhim vazifasi - ar-miyadagi tarbiyaviy ishlarni yanada takomillashtirish, har qaysi harbiy xizmatchi ongida mamlakatimiz taqdiri uchun chuqur mas'uliyat tuyg'usini mustahkamlash, ularda yuksak ma'naviy va axloqiy fa-zilatlarni tarbiyalash, faol hayotiy pozitsiyani shakllantirish, vatan-parvarlik hissiyotini kuchaytirishdan iborat ekanini yaxshi anglab olishimiz zarur.
Harbiy tayyorgarlik darajasi va harbiy xizmatchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar sifatini oshirishda har yili o'tkaziladigan va an'anaga aylanib qolgan «Eng yaxshi serjant», «Eng yaxshi guruh komandiri», «Eng yaxshi vzvod komandiri», «Eng yaxshi batalyon komandiri» kabi yo'nalishlar bo'yicha tanlovlar, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |