Tovarlarga qo‗yiladigan talablar- bu tovarlar mos kelishi
lozim bo„lgan shart va talablar yig„indisidir.
Tovarlarni tasniflash (klassifikatsiya)- bu ularni biror bir
umumiy belgilariga bog„liq holda kategoriyalarga, darajalarga
taqsimlab chiqishning mantiqiy jarayonidir. Tasniflash inson
faoliyatining barcha sohalarida muhim ahamiyatga egadir. Fanda u
tadqiqotlar natijalarini umumlashtiradi va tartibga soladi hamda ilmiy
izlanuvchanlikning muhim vositasi hisoblanadi.
Tovarning iste‘mol qiymati uning foydali imkoniyatini
ifodalaydi. Tovarning foydaliligi deganda, uni nominal sharoitda
iste‟mol qilishdan olinadigan samara nazarda tutiladi. Tovarning
iste‟mol qiymati uni iste‟mol qilish paytida potentsial shakldan real
shaklga aylanadi.
323
Do'stlaringiz bilan baham: |