Gazlamalar assortimenti qo„llaniladigan tola va iplar sonining
kengligi, tuzilishi hamda pardozining xilma-xilligi sababli juda ko„p
va turli-tuman. Assortimenti yangi xomashyo va materiallar
qo„llanilishi hisobiga har yili yangilanib kelinmoqda.
Gazlamalar sifati u yoki bu xususiyat ko„rsatkichlarining
yig„indisi bo„yicha baholanadi. Bu xususiyatlar ularning ishlatilishi,
sharoiti, tola tarkibi, tuzilishi bo„yicha katta yoki kichik bo„lishi
mumkin. Masalan, sochiqbop gazlamalar uchun suv shimishlik
xususiyati plashbop gazlamalarga nisbatan katta ahamiyatga ega.
Shuning uchun gazlamalarga qo„yiladigan talablar har xil.
Do'stlaringiz bilan baham: |