Fotokalorimetriya va spektrometriya usuli moddaning nurni
o„ziga tanlab singdirish qobiliyatiga asoslangandir. Bu usul bilan
rangli eritmalardagi rang beruvchi moddalarning miqdorini aniqlash
mumkin. Tajribaxonalarda FEK-M, FEK-52, FEK-64, FEK-56 va
boshqa markali fotoelektrokalorimetrlar ishlatiladi. Spektrometriya
usulida esa bir muncha murakkab tuzilgan SF-4, SF-4A, SF-10 va
boshqa markali spektrofotometrlar ishlatiladi. shuningdek, bu usullar
bilan uzum vinolari va uzum tarkibidagi antotsionlar miqdori, choy
va kofeda kofein, kakaoda teobramin, meva va sabzavotlarda esa
rang beruvchi moddalarning miqdorini aniqlash mumkin.
Gazlama- to„qish jarayonida tanda va ko„ndalang (arqoq)
iplarining o„zaro to„qilishidan hosil bo„lgan buyum.
Do'stlaringiz bilan baham: |