Qalpoqlar trikotajli bosh kiyim bo„lib, jins va yosh belgisiga ko„ra
ayollar, erkaklar va bolalar qalpoqchalariga bo„linadi. Kattalar
qalpoqchalari 53-64, bolalarniki 46-52 razmerlarda chiqariladi.
Telpaklar - eng ko„p tarqalgan bosh kiyimlaridan biri. Ular gazlama,
fetr, tabiiy va sun‟iy mo„yna hamda charmlar va boshqa materiallardan
tikiladi. Telpaklar yaxlit mo„ynali, qurama, fasonlari bo„yicha o„zlarining
raqamlariga ega bo„ladi: quloqchin, «Gogol», «Moskovskaya»,
«Olimpiyskaya» va boshqalar.
Shapkalar - soyabonli, yassi tagli, qattiq keng gardishli erkaklar va
bolalar bosh kiyimi. Ular paxta yoki jun gazlamasi hamda charmlardan
267
tayyorlanadi.
Kepkalar- soyabonli yumshoq bosh kiyim. Kepkalar qalpoq (usti),
soyabon, peshonabog„ yoki yarim peshonabog„ va astardan iborat. Ular
maxsus kepkali yoki kiyimli gazlama, charmlardan tikiladi. Kiyilishi
bo„yicha qishki, yozgi va mavsumiy boiadi.
Shlemlar - boshga mahkam kiyilib, quloqni berkitib turadigan va
tomoq tagidan bog„lanadigan bosh kiyim.
Do‗ppi - aylana shakldagi to„rt qirrali telpakchaga o„xshash bosh
kiyim. Ular fetr yoki shoyi gazlamalardan har xil gulli qilib tikiladi.
Quloqchinli qalpoq (kapor)lar - boshga jips kiyiladigan, iyak tagidan
mahkamlanadigan ayollar va qizlar uchun mo„ljallangan bo„ladi.
Beret- chekkasi ichiga qayrilgan shlyapaning boshqa bir ko„rinishi.
Ular fetr, gazlama, charm, trikotaj va mo„ynadan tikilishi mumkin.
Shlyapalar assortimentdagi eng ko„p hissani egallaydi va shakli,
fasoni, material bo„yicha bir-biridan farq qiladi. Shakli bo„yicha yassi,
bo„rtma, aylana shaklida, konusga o„xshash, baland, past, buklamli; ishlab
chiqarilishi bo„yicha - yaxlit shakl berilgan hamda tikilgan bo„lishi
mumkin. Ular fetr, gazlama, mo„yna, somon, charm va boshqa mate rial la
rdan tayyorlanadi.
Fetrli shlyapalarning xomashyosi junli, tivitli, pardozi silliq va patli
bo„ladi.
Gazlamadan
tikilgan
shlyapalarga
panamalar
kiradi.
Panamalarning qalpoqchasi (boshi) to„rtta pannoga o„xshash bo„lakdan
tikiladi; ikki qavat soyaboni qoplamasi bilan birgalikda parallel choklar
asosida baxyalanadi va qalpoqchasiga tikiladi. Ular oqartirilgan zig„ir va
paxta gazlamalaridan, kamroq yarim oq va xom zig„ir hamda yarim zig„ir
gazlamalaridan tayyorlanadi.
Trikotajli ro„mollar ishlatish mavsumi bo„yicha qishki va yozgi
bo„ladi. Xomashyo turi, ip va kalavaning qalinligi, to„qilishi buyumning
qaysi mavsumda ishlatilishiga qarab tanlanadi. Ro„mollar paxta, jun,
qurama, yuqori hajmli va viskoza iplardan hamda echki tiviti yoki paxta
aralashtirilgan quyon tivitlaridan qo„lda, aylana, fang, vertel va reshel
mashinalarida tayyorlanadi. Tivitlardan qo„lda yoki mashinalarda to„qilgan
ro„mollar Orenburg va Penza tivitli ro„mollari deb ataladi.
268
Yozgi ro„mollar viskoza va sintetik iplardan o„rib to„qish
mashinalarida gulli to„qilish yo„li bilan tayyorlanadi.
Ro„mollar pardoz xususiyati bo„yicha oqartirilgan, sidirg„a bo„yalgan
va olachipor halqalangan bo„ladi. Ular quyidagi o„lchamlarda bo„ladi
(sm.da): 70x70; 85x85; 95x95; 100x100; 130x130.
Trikotajli bo„yinbog„lar paxta, jun, qurama, yuqori hajmli, sun‟iy va
sintetik ipaklardan tayyorlanadi. Ular bir va ikki yoqlama, pardozi esa
turlicha bo„ladi.
Bo„yinbog„lar quyidagi o„lchamlarda chiqariladi (sm.da): 95x16;
100x25; 120x20; 130x25; 180x70; 150x50; 160x60; 180x50. 180x70 sm
o„lchamdagi bo„yinbog„lar palantin deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |